Elektron hisobot va uni jo’natish tartibi



tải về 51.63 Kb.
trang1/4
Chuyển đổi dữ liệu28.05.2024
Kích51.63 Kb.
#57770
  1   2   3   4
Elektron soliq hisoboti va uni jo’natish tartibi


Elektron hisobot va uni jo’natish tartibi
Reja:
1. Yuridik shaxslarning soliq hisobotlarini jo’natish tartibi.
2. Interaktiv xizmat ko’rsatuvchi organlar va xizmat ko’rsatish joylari hamda huquqiy asoslari.
3. Foydalaniladigan soliq va moliyaviy hisobot shakllari.
4. Interaktiv xizmat ko’rsatishning ichki idoraviy harakatlari.
5. Xorijiy mamlakatlar soliq tizimlaridagi axborot texnologiyalar.


Tayanch so'z va iboralar: yuridik shaxslarga oid amaliyotda qo'llanilayotgan dasturiy mahsullar, interaktiv xizmatlar, ma'lumotlar yagona axborot bazasi, yuridik shasxlarni soliqqa tortishga doir dasturiy mahsullar turlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, “Bir darcha” tamoyili, davlat xizmatlarining ahamiyati.
1. Yuridik shaxslarning soliq hisobotlarini jo’natish tartibi. Soliq to’lovchi yuridik shaxslarning soliq solishning umumbelgilangan tartibini qo’llagan yuridik shaxslarning soliq hisobotlarni, soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo’llagan yuridik shaxslarning soliq hisobotlarni, moliyaviy hisobotlarni, byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga ajratmalar bo’yicha soliq hisobotlarni davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmagan holda elektron ko’rinishda qabul qilish va qayta ishlash amalga oshiriladi.
Interaktiv davlat xizmatini ko’rsatish soliq to’lovchilarning sarf xarajatlarini kamaytirishga va soliq to’lovchilarning vaqtini tejashga olib keladi. Soliq to’lovchilarga ko’rsatiladigan axborot xizmatlari sifati oshadi. Bundan tashqari, soliq to’lovchi hamda davlat soliq xizmati organlarining o’zaro munosabatlarida sub’ektiv aralashuvlar cheklanadi. Soliq to’lovchilarning soliq va moliyaviy hisobotlarini avtomatik tarzda elektron ko’rinishda jo’natish tegishli ma’lumotlar bazasi shakllanadi va uni elektron arxivlashtirish yo’lga qo’yiladi.
2. Interaktiv xizmat ko’rsatuvchi organlar va xizmat ko’rsatish joylari hamda huquqiy asoslari. «Elektron soliq hisobotini qabul qilish va qayta ishlash, elektron soliq hisobotini jo’natish» interaktiv davlat xizmati davlat soliq xizmati organlari tomonidan Davlat soliq qo’mitasining rasmiy www.soliq.uz saytidagi «Soliq to’lovchi yuridik shaxsning shaxsiy kabineti» orqali ko’rsatiladi.
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to’g’risida»gi va «Elektron raqamli imzo to’g’risida»gi Qonunlari hamda Adliya vazirligida 2005 yil 29 iyulda 1500-son bilan ro’yxatga olingan «Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub’ektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to’lovlar va daromadlar to’g’risidagi deklaratsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida»gi Nizomga va 2008 yil 3 yanvarda 1756-son bilan ro’yxatga olingan «Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi to’g’risida»gi vaqtinchalik nizomi, Adliya vazirligida 2007 yil 13 avgustda 1702-son bilan ro’yxatga olingan «Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini elektron shaklda taqdim etishda axborot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari uchun Yo’riqnoma».
Davlat soliq inspektsiyasining hisobotlarni qabul qiluvchi bo’linmasiga soliq to’lovchilarning hisobotlari tushgandan so’ng, ularning olinganligi to’g’risida «Soliq to’lovchi yuridik shaxsning shaxsiy kabineti»da avtomatik ravishda ma’lumot tushgan sana.
«Elektron soliq hisobotlari» interaktiv xizmati on-layn rejimida, murojaat qilingandan keyin ko’rsatiladi.
Soliq to’lovchilarning hisobotlarini qayta ishlov berish kelib tushgan paytidan to hisobotning yoki mulohazalarning bir nusxasi soliq to’lovchiga berilishi paytigacha uch kundan oshmagan muddatda amalga oshirilishi lozim.
Agar yuqorida aytilgan muddatning tugash vaqti dam olish kuniga to’g’ri kelgan taqdirda, keyingi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
«Elektron soliq hisobotlari» interaktiv xizmati bilan foydalanishda to’lovchiga quyidagi ma’lumotlar:

  • taqdim etilgan hisobot qabul qilingan taqdirda, uni qabul qilgan davlat soliq inspektsiyasining nomi, qabul qilish vaqti va sanasi, unikal kodi, hisobot nomi, davri, hisobotni qabul qilgan mansabdor shaxsning mansabi, ismi, sharifi va hisobot qabul qilinganligi to’g’risida belgi;

  • taqdim etilgan hisobot belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda uni qayta ishlashga qaytargan davlat soliq inspektsiyasining nomi, vaqti va sanasi, unikal kodi, hisobot nomi, davri, hisobotni qaytargan mansabdor shaxsning mansabi, ismi, sharifi, hisobotga doir mulohazalar;

  • taqdim etiladi.

«Elektron soliq hisobotlari» interaktiv davlat xizmati to’g’risida soliq to’lovchilarni xabardor qilish O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining rasmiy www.soliq.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
«Elektron soliq hisobotlari» interaktiv davlat xizmati to’g’risida soliq to’lovchilarni so’rov asosida xabardor qilish Davlat soliq qo’mitasida Yuridik shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi va Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi, hududiy davlat soliq boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq xizmati organlari va ularning Soliq hisobotlarini kameral nazorat qilish bo’limlarning xizmat telefonlari orqali amalga oshiriladi. Aloqa telefon raqamlari Davlat soliq qo’mitasining rasmiy www.soliq.uz saytida «Sizning soliq xizmatingiz» bo’limida va «Soliq to’lovchi yuridik shaxsning shaxsiy kabineti»da joylashtiriladi.

tải về 51.63 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương