ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 14
Часть–5_ Февраль–2023
157
2181-3187
faxrlansinlar. Bolalarga vatan tuyg‘usini ota-bobolarimiz ibrati bilan singdirish.
Masalan, Jaloliddin Manguberdi Vatanni tashqi dushmandan himoya qilgan
va jonini fido etgan, Amir Temur o‘z xalqi, Vatanning osoyishtaligi, uning milliy
g‘ururi yo‘lida jang qilgan, Bobur o‘z Vatanidan yiroqda bo‘lishiga qaramay, o‘z
xalqini, Vatanini e’zozlab, ularni qumsab yashagan. Navoiy, Nodira, Uvaysiy kabi
mutafakkirlarimizning insoniyligi, buyukligi, Vatanga hurmati, mehr-muhabbatini
ifodalovchi qator rivoyatlar mavjud.
Xalq, haqiqat va nafosat o‘lmaydi, ularni ardoqlagan, kuylagan ulug‘lar ham mangudir.
Bobokalonlarimiz Navoiy va Bobur ham o‘z asarlari orqali barhayotdir. Ular quyosh
yang‘lig‘ so‘nmas sehrli badiiyat yaratdi. Bu ikki zamondosh shoir o‘z asarlarida yuksak
insoniy tuyg‘ularni tarannum etdi. Mana shunday o‘lmas tuyg‘ulardan biri — bu Vatan
tuyg‘usidir. Har ikki ijodkor lirik she’rlarida ham, epik asarlarida ham Vatan mavzusini
mahorat bilan ulug‘ladi. Hatto Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” singari
ilmiy asari ham yuksak vatanparvarlik ruhida yaratildi
“Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligini o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzishda
faqat shoirlarning tavallud kunlari emas, balki “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligi
davomida amalga oshiriladigan tadbirlar nazarda tutilishi lozim.Navoiy va Bobur
hayoti, ijodi va faoliyatini o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamdagi
ishlar reja asosida
muntazam yo‘lga qo‘yilishi kerak. Navoiy va Boburning nurli siymolari, hikmatli
so‘zlari, ularning ijodi va faoliyati bilan bog‘liq ko‘rgazmalar
tashkil qilinishi talab
etiladi
Bolalarni buyuk allomalar bilan tanishtirish.Bobolarimizni yaratgan asarlarini bizga
qoldirgan ma’naviy merosini qadrlashni o’rgatish va mazmun mohiyatini
tushuntirish.Buyuk allomalarimiz asarlaridagi odamiylik, vatanparvarlik, adolat,
muhabbat, do’stlik, vafo, halollik va mardlik kabi go’zal fazilatlarni bolajonlar ongiga
singdirish.Bolalarni zukkolik, tez fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirish,xotira va
tafakkurini rivojlantirish,buyuk allomalarimizga bo’lgan hurmatni oshirish.
Xulosa
Har bir maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari insonparvarlik
va vatanparvarlik
qoidalariga rioya qilgan holda, bu faoliyat insonni har
tomonlama himoya qilishga, uni ulug‘lashga, milliy g‘ururlanishga qaratilishi
lozim. Asl vatanparvar bo’lish uchun insonga juda katta mas’uliyatli
ma’naviy-axloqiy vazifalar yuklanadi.
Bolalarda kattalarga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ulari,
xalqning
boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar
tarbiyalanadi. Shu tuyg’ular bilan tarbiyalashda buyuk siymolarni tanishtirish, ular
qoldirgan merosni o’rganish ,ularning hayotini ibrat sifatida ko’rsatish
muhim
ahamiyat kasb etadi.Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni milliy ruhda, milliy
g‘urur
ruhida