Algoritmlarni loyhalash



tải về 207.44 Kb.
trang1/4
Chuyển đổi dữ liệu25.05.2024
Kích207.44 Kb.
#57742
  1   2   3   4
03 Abduxamidov Mansurbek Algoritmlarni vaqt va hajmiy murakkabligini


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
Dasturiy injiniring fakulteti


Algoritmlarni loyhalash fanidan
Algoritmlarni vaqt bo’yicha va hajmiy murakkabligini baholash uchun tekis va logarifmik baholash mezonlari mavzusi bo’yicha


MUSTAQIL ISHI


Bajardi 651-22 gruruh talabasi
____________ Mansurbek Abduxamidov
Qabul qildi AT kafedrasi
_____________ prof. D.A.Xalilov


Farg’ona 2024


Algoritmlarni vaqt bo’yicha va hajmiy murakkabligini baholash uchun tekis va logarifmik baholash mezonlar.
Reja:
1. Samaradorlik ko’rsatkichlari
2. Algoritmlarni murakkabligini aniqlash
3. Hisoblash qobiliyati
4. Tekis solishtirma mezonlari
5. Logarifmik solishtirma mezonlari
Algoritmlarni tahlil qilishning asosiy vazifasi kirish ma'lumotlari hajmining oshib borishi bilan resurslarga bo'lgan talabni (vaqt va xotira xarajatlari) o'lchash usullarini aniqlashdir. Shundan so'ng, o'sish sur'ati qonuniyatlarini tavsiflash uchun zarur bo'lgan matematik mexanizm ishlab chiqiladi. Kirish ma'lumotlari hajmini oshirish bilan turli xil funktsiyalar; "bitta funktsiya boshqasiga qaraganda tezroq o'sadi" iborasi nimani anglatishini aniqlab olishga yordam beradi. Ba'zi hollarda, yaxshi bajarilish vaqtiga erishish yanada murakkab ma'lumotlar tuzilmalaridan foydalanishga bog'liq va bo'lim oxirida biz bunday ma'lumotlar strukturasining juda foydali misolini ko'rib chiqamiz: ustuvor navbatlar va ularni uyum(kucha, heap) asosida amalga oshirish.
Asosiy maqsad hisoblash muammolarining samarali algoritmlarini izlash. Algoritmni bajarilish qadami - bu ijrochi tomonidan bitta ko‘rsatmaning bajarilishidir. Bir masalani hal etuvchi ikkita algoritmdan kam qadam talab qilinayotgani samaraliroqdir. Samaradorlik o‘lchovi - bu bor-yo‘g‘i qadamlar sonidir. Lekin chuqurroq e’tibor berib qarasak, bu ta’rifdagi mujmal tomonlarni aniqlaymiz. Ba’zan avval uchragan algoritmlardagidan ko‘ra vaziyat murakkabroq bo’ladi. Algoritmlar murakkabligi bilan ham farqlanishi mumkin. Algoritmning murakkabligini uning matnidagi satrlar soni bilan o‘lchaymiz. Shu bilan birga quyidagi ikki satrni bir tuzilmaning ikki qismi bo‘lgani uchun bittaga hisoblaymiz
TAKRORLANSIN MARTA TAMOM
Mana, masalan, quyidagi algoritmda:
1 ni qo‘sh
TAKRORLANSIN 6 MARTA 2 ga ko‘paytir 1 ni qo‘sh
TAMOM
1 ni qo‘sh
TAKRORLANSIN 6 MARTA
TAMOM
2 ga ko‘paytir
1 ni qo‘sh
faqat 4 ta satr bor. Bu uning murakkabligi 4 ekanligini bildiradi.
Shuni aytib o‘tish joizki, hozir biz ko’rgan algoritm murakkabligi va samaradorligi o‘zaro tengdir. Masalan, bo‘ri, echki va karamni daryodan o‘tkazish algoritmi ham 7 satrdan iborat ham u 7 qadamda bajariladi. Bu yerda bizni kerakli vositamiz bor: bu TAKRORLANSIN - MARTA tuzilmasi. Shuning uchun oshiruvchi tomonidan 17 sonini hosil qilish algoritmi 3 satrdan iborat bo‘ladi (eslatma: tuzilma 1 ta satr deb hisoblanadi):

tải về 207.44 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương