Psixologiya va yoshlar psixologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Temperament haqidagi tarixiy qarashlar



tải về 170.97 Kb.
trang30/37
Chuyển đổi dữ liệu05.12.2023
Kích170.97 Kb.
#55882
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Psixologiya va yoshlar psixologiyasi-fayllar.org

2.Temperament haqidagi tarixiy qarashlar.
Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning
temperament xususiyatlari jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi,
ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog‘liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to‘rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo‘lib, ular o‘t ѐki safro (yunoncha «chole»), qon (lotincha sanguis ѐki sanguinis), qora o‘t (yunoncha melas «qora», chole «o‘t»), balg‘am (yunoncha «phlegma») kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha:
1. O‘tning xususiyati - quruqlikdir, uning vazifasi-tana a’zolarida
quruqlikni saqlab turish ѐki badanni quruq tutishdir.
2. Qonning xususiyati-issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib
turishdir.
3. Qora o‘tning xususiyati-namlikdir, uning vazifasi badan
namligini saqlab turishdir.
4. Balg‘amning (shilimshiq moddaning) xususiyati-sovuqlikdir, uning
vazifasi badanni sovutib turishdan iboratdir. Gippokrat ta’limotiga muvofiq har bir insonda shu to‘rt xil suyuqlik mavjud bo‘lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha temperamentum)lardan qaysi biri salmoqliroq bo‘lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq o‘t, sangvinikda qon, flegmatikda balg‘am, melanxolikda qora o‘t ustun bo‘lishi ta’kidlanadi. Gippokratning to‘rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni temperament tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanilib kelinmoqda.
Mavzu: Temprament turlari.
Reja
1.Tеmpеramеntning psixologik tavsifi
2.Temperament turlari
3.Temperament xususiyatlari
Psixologiya fani tarixida temperament haqidagi ta'limotni birinchi bo'lib qadimgi grek olimi Gippokrat (e.a.460-356y) yaratdi. Gippokrat temperamentning mohiyati va temperament tiplarining nomlarini asoslashga harakat qilib, o'tkazgan tadqiqotlari asosida temperamentga xos xususiyatlarni tizimga solib, quyidagi turlarga ajratgan: xolerik, melanxolik, flegmatik, sangvinik. Ularning har biriga xos bo'lgan xususiyatlarni alohida-alohida tavsiflab bergan. Gretsiya faylasuflari to'rt element - havo, suv, olov va tuproq elementlariga muvofiq keladigan sifatlar: issiqlik, sovuqlik, quruqlik va namlik sifatlari to'g`risidagi gipotezalarga asoslangan holda, ular inson a'zosida bu elementlarga to'g`ri keladigan to'rtta asosiy suyuqlik bor, deb hisoblaydilar.Temperament tiplarining nomlari ham ana shu suyuqlik nomlari bilan bog`liq. Masalan, xolerik grekcha “hole” so'zidan olingan bo'lib - o't, sangvinik grekcha “sandus” so'zidan olingan bo'lib - qon, melanxolik grekcha “melanhole” so'zidan olingan bo'lib - qora o't, flegmatik grekcha “plegma” so'zidan olingan bo'lib - shilimshiq modda, degan ma'nolarni bildiradi. Gippokrat ta'limotiga ko'ra, har qaysi odamda yuqoridagi to'rt xil suyuqlikdan biri ko'proq bo'lib, inson a'zosida ustun turadi.Rus olimi I.P.Pavlov o'zining “Asab tizimining tiplari” nomli ta'limotini kashf etdi. Akademik I.P.Pavlov asab tizimining kuchli, muvozanatsiz - xolerik, kuchli, muvozanatli, epchil - sangvinik, kuchsiz, ta'sirchan - melanxolik, kuchli, muvozanatli, sust - flegmatik kabi to'rtta umumiy tiplarini aniqladi. Akademik I.P.Pavlov juda ko'p tajribalar natijasida asab tizimining kuchi hujayralardagi fiziologik moddalarning qolgan miqdori belgilanishi bilan isbotlaydi. Asab tizimining kuchi, qo'zg`alish, tormozlanish jarayoniga ham taalluqli bo'lib, kuchli qo'zg`ovchilarga bardosh bera olish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Asab tizimining genotipik omillari ko'proq ishtirok etgan holda organizmda paydo bo'ladigan alohida ruhiy xususiyatlarning nimalarga bog`liqligini ifodalab beradi. Bu asoslar I.P.Pavlov tomonidan ochib berilgan va keyinchalik ko'pgina psixofiziologlar tomonidan puxta tadqiq qilingan. Asab jarayonlarining kuchi, ularning vazminlik holati, harakatchanligi, shuningdek, faolligi ana shunday xususiyatlardandir. Odam asab tizimi qanchalik kuchga bardosh berishi mumkinligi qo'zg`alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga bog`liq bo'ladi. Demak, temperament - inson shaxsining alohida xususiyati bo'lib, shaxsning emocional qo'zg`aluvchanligi, psixik faoliyat tezligi, his-tuyg`ularning ifodalanishi, muloqotga kirishuvchanlikni ifadolovchi, nisbatan barqaror tug`ma xususiyat hisoblanadi. har bir insonda temperamentning o'z tipi, uning asosida yotgan asab tizimi xususiyatlari juda barqaror bo'ladi.Insonning temperamenti haqidagi tasavvur odatda shu shaxs uchun hos bo'lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi. Oliy asab faoliyatining temperament turlari xususiyati haqida quyidagicha ta'riflar beriladi.


tải về 170.97 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương