O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang32/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Aktiv 
Passiv 
Xo’jalik 
mablag’lari 
Summa 
Mablag’lar 
manbalari 
Summa 
Uzoq muddatli aktivlar 

O’z mablag’larining manbalari 
α 
Joriy aktivlar 

Majburiyatlar 
β 
Jami 
x+y=∑ 
Jami 
α+β=∑ 
47
Shartli manbalar asosida muallif tomonidan tayyorlandi
48
Muallif tomonidan tayyorlandi 


89 
Buxgalteriya balansining rasm ko’rinishi quyidagi shaklga ega. Balansning 
aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo’lib ko’rsatiladi (4.3-jadval): 
Balans ko’rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlab olish 
mumkin. Aktivlar aylanma va uzoq muddatli kapitallari yig’indisiga teng. Xo’jalik 
yurituvchi subektning o’z mablag’lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga 
teng. Balans ma’lumotlarida ishlab chiqarishni uzluksiz olib borish uchun zarur 
bo’lgan va hisobot tuzish davriga qiymat shaklidagi mol-mulki hamda uni 
qoplashga jalb qilingan manbalari o’z aksini topadi. Bu ko’rsatkichlar mol-mulk 
hajmi, tarkibi va qiymatini qay darajadaligini ifodalaydi. Shuningdek, mol-
mulkning moliyalashtirish manbalari, ya’ni o’ziga tegishli manbalar va chetdan 
qarzga jalb qilingan manbalar holati ham passivda keltirilgan. Balansdagi har bir 
band va bo’lim korxonalarning moliyaviy holatiga bog’liq, shuning uchun ham uni 
chuqur o’rganish lozim. 
Buxgalteriya hisobida balans muhim ahamiyatga ega bo’lib, yillik hisobot 
tarkibida unda katta o’zgarishlar sodir bo’ladi, chunki xalqaro andazalar talablariga 
yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv 
moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish 
imkoniyatini beradi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun xo’jalik yurituvchi subekt 
faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor 
qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo’yicha qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar 
zarur. Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilganda, balans - korxona mablag’lari va 
qoplash manbalarining ma’lum davrdagi holatini ko’rsatadi. Hisob-kitob ishlarini 
xalqaro an’anaviy talablar bo’yicha yuritishga oz bo’lsada yaqinlashtirilishi hamda 
1997 yilda joriy qilingan va korxonalar tuzadigan yangi buxgalteriya balansi bozor 
iqtisodi sari qo’yilgan dastlabki qadam bo’lgan edi. Mazkur balans yillar davomida 
amaliyotda qo’llanildi va uni takomillashtirish va xalqaro standartlarga yanada 
moslashtirish zaruriyati tug’ildi. Shu sababli ham 2002 yilda yangi schyotlarga 
asoslangan moliyaviy hisobot shakllari, jumladan, buxgalteriya balansi ham qabul 
qilindi. Bugungi kunda mazkur balans amalda keng qo’llanilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdan 140-


90 
sonli buyrug’i bilan moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan. Shunga 
ko’ra buxgalteriya balansi 1-hisobot shakli hisoblanadi. Buxgalteriya balansi 
quyidagi belgilariga ko’ra tasniflanadi: 
1. Tuzish vaqtiga ko’ra: kirish balansi, joriy (davriy) balans, tugatish 
balansi,bo’lish balansi,birlashtirish balansi. 
2. Tuzish manbalariga ko’ra: inventar balanslari, daftar balansi, bosh balans. 
3. Axborot hajmiga ko’ra: yakka va yig’ma balanslarga bo’linadi.
4. Faoliyat xarakteri bo’yicha: asosiy balans va asosiy bo’lmagan balans. 
5. Mulkchilik shakliga ko’ra: davlat, kooperativ, o’z, aralash va qo’shma 
korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari. 
6. Aks ettirish ob’ektiga ko’ra: balanslar mustaqil va alohida balansga 
ajratiladi.
7. Tozalanish usuli bo’yicha: brutto va netto balanslarga bo’linadi.
“Brutto” atamasi italyancha «brutto» so’zidan olingan bo’lib, u dag’al, toza 
emas degani, «netto» atamasining ma’nosi toza demakdir. Sobiq ittifoq davrida 
ham balans-brutto, balans-netto keng foydalanilgan. Brutto-balans 1938 yilgacha 
bo’lgan, 1938-1952 yillarda birinchi netto-balansga o’tilgan, 1952-1992 yillarda 
yana brutto-balansga qaytilgan, 1993 yildan boshlab esa yana netto-balansga 
o’tildi. 
Balansga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
- balansning to’g’riligi;
- balansning realligi;
- balansning yaxlitligi;
- balansning izchilligi;
- balansning tushunarliligi,
Balansning to’g’riligi – balansni tuzishda asoslanilgan hujjatlarning to’laligi 
va sifati bilan ta’minlanadi. Balansning realligi – moddalar bahosining ob’ektiv 
voqelikka muvofiq kelishini anglatadi.
Balansning yaxlitligi – balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari 
bo’yicha tuzilishini, ya’ni korxonaning barcha tarkibiy bo’linmalarida va 


91 
tarmoqlarida buxgalteriya hisobi schyotlarining bir xildagi mazmuni, ularning 
korrespondensiyasi va shu kabilar qo’llanilishini anglatadi.
Balansning izchilligi – har bir keyingi balans oldingi balansdan kelib chiqishi 
lozimligida ifodalanadi. Balansning tushunarliligi – uning balansni tuzuvchilar va 
uni o’qiydigan hamda tahlil qiladiganlar tushunishi uchun qulayligidir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti tarkibini o’rganish va 
buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish esa murakkab jarayon 
bo’lib balans moddalaridagi o’zgarishlarga alohida e’tibor qaratishni talab etadi. 
Shuningdek, auditorlik tekshiruvi yuzasidan xulosa berishda auditorlar o’zlarining 
shaxsiy, haqqoniy va mutaxassisligi bo’yicha yuqori darajadagi bilimlariga 
tayanishlari lozim. Zero auditorlar tomonidan xo’jalik sub’ektining moliyaviy 
hisobotlari to’g’risida berilgan beg’araz xulosadan mulk egalari, investorlar, 
kreditorlar, banklar aktsiyalarni sotib olishda va sotishda, kreditlar va qarzlar 
berish to’g’risida qarorlar qabul qilishda foydalanadilar. 
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonunida
aktsiyadorlar va boshqa investorlar oldida ma’lum iqtisodiy ishonchga ega 
bo’lishni istagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z moliyaviy hisobotini auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazishlari shart qilib qo’yildi. 
Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish 
manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib umumlashtirib aks 
ettirish, iqtisodiy guruhlash usulidir. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning 
tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektning mulkiy va 
moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to’playdi hamda oshkor qiladi. 
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning muhim shakllaridan biri 
bo’lganligi bois, moliyaviy hisobotlar auditida ham muhim o’rin tutadi. Agar 
buxgalteriya balansida buzib ko’rsatishlar va xatolar mavjud bo’lsa bu moliyaviy 
hisobotlar auditiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazadi. 
Auditorlik tashkiloti buxgalteriya balansida aniqlangan buzib ko’rsatishlar 
to’g’risidagi ma’lumotlarni majburiy audit o’tkazishda moliyaviy hisobot 
to’g’risidagi auditorlik xulosasiga, turli maqsadlar yo’nalishida o’tkazilgan 


92 
tashabbusli audit o’tkazishda esa – auditorlik hisobotiga kiritishi lozim. 
Buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda bu tekshiruv 
moliyaviy hisobotning qolgan shakllarini tekshiruvi bilan bevosita bog’liqligini 
ko’ramiz. Buxgalteriya balansi sub’ektning resurslari (aktivlari), resurslarga 
bo’lgan da’volar (majburiyatlar) va mulk egasiga tegishli ulush (o’z) mablag’lari 
to’g’risidagi iqtisodiy axborot bo’lib hisoblanadi.
Buxgalteriya balansining chap tomonida mablag’lar turlari va ularning 
joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb 
nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va ularning qanday 
maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi.
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida 
ko’plab xo’jalik muomalarini sodir etadi. Bu xo’jalik muomalalarining har biri 
sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarni o’zgartirib 
yuboradi. Shu sababli buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda 
balansning xar bir moddasiga jiddiy e’tibor berish talab etiladi. 
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotlarning shakli hisoblanganligi uchun, 
buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda o’ziga xos maqsad va 
vazifalarni belgilab olishni talab etadi. Buxgalteriya balansini auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazishning asosiy maqsadi bo’lib – tekshirilayotgan davrda 
iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya balansini shakllanishi va undagi o’zgarishlar 
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga 
muvofiqligi haqida tasdiqnoma olish. Buning uchun buxgalteriya balansiga oid 
barcha O’zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ko’rib chiqish 
talab etiladi. 
Buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning vazifalarini 
quyidagicha keltirish mumkin: 
– 
ichki nazorat tizimini o’rganish; 
– 
uzoq muddatli aktivlar hisobini tekshirish; 
– 
joriy aktivlar hisobini tekshirish; 
– 
majburiyatlar hisobini tekshirish; 


93 
– 
xususiy kapitalni tekshirish; 
– 
buxgalteriya balansi ko’rsatkichlarini asosliligini va to’g’ri tuzilganligini 
tekshirish; 
– 
tekshiruvlar natijalarini umulashtirib xolisona auditorlik xulosasini 
berish.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini o’rganish nafaqat 
buxgalteriya balansini to’g’ri tuzilganligini, balki, buxgalteriya hisobini qanday 
yuritilayotganini baholash hamda auditorlik hulosasini berishda muhim o’rin 
tutadi. Shu sababli har qanday auditorlik tekshiruvida ichki nazorat tizimini 
o’rganish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab qo’yiladi.
Uzoq muddatli aktivlar hisobini tekshirish korxonaning uzoq muddatli 
aktivlarini to’liqligini, ularga eskirishni to’g’ri hisoblanganligini, aktivlarning 
rentabellik darajasini aniqlashda hamda mulk solig’ining to’g’ri to’langanligini 
tekshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Joriy aktivlar hisobini tekshirish esa 
xo’jalik yurituvchi subektning aylanma mablag’larini nazorat qilish hamda 
ko’paytirish imkonini beradi. 
Majburiyatlar 
hisobini 
tekshirish 
buxgalteriya 
balansini 
auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazishga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omildir. Majburiyatlar 
hisobini tekshirish davomida auditor koxonaning umumiy moliyaviy holati 
bo’yicha keng tasavvurga ega bo’ladi. Auditorlik tekshiruvida buxgalteriya 
balansining shakllanishi va to’g’ri hisoblanganlini tekshirish zarur hisoblanadi.
Buxgalteriya balansining shakllanishi va to’g’ri hisoblanganlini tekshirish 
uchun quyidagilardan foydalaniladi:
a) dastlabki hujjatlar;
b) hisob yuritishning jurnal-order usulida – jurnal-orderlar, o’zaro bog’liq 
hisoblashga tegishli tahliliy hisoblash vedomostlari (kartochkalari); 
v) kompyuterdan foydalanganda – sintetik schyotlarning mashinagramma-
vedomostlari; 
g) hisob yuritishning soddalashtirilgan shaklida xo’jalik operatsiyalarini 
hisoblash daftari, tahliliy hisobning kartochkalari (jurnal, daftar). 


94 
Ma’lumki, so’ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish 
bo’yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, 2000 yil 26 mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik 
faoliyati to’g’risida» gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish, 
auditorlik xulosalari soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga 
olinishini ta’minlash maqsadida 2000 yil 22 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va 
auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida» gi qarori va boshqa 
qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish 
huquqi uchun attestatsiya o’tkazish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 
litsenziya berish tartiblari belgilandi. 20 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy 
standartlari ishlab chiqildi. Shuningdek, 2000 yil 7 avgustda O’zbekiston hududida 
faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda 
birlashtiruvchi mustaqil jamoat tashkiloti – O’zbekiston auditorlar palatasi tashkil 
etildi. 
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunining 10-
bandida qayd etilgan sub’ektlar va tashkilotlar tarkibiga kiradigan xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar, shuningdek, kreditorlar, mol etkazib beruvchilar,
aktsiyadorlar va boshqa investorlar oldida ma’lum iqtisodiy ishonchga ega 
bo’lishni istagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z moliyaviy hisobotini auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazishlari shart qilib qo’yildi.

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương