O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Buxgalteriya balansining turlari va ularni tekshirish xususiyatlari



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang33/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

 
4.2. Buxgalteriya balansining turlari va ularni tekshirish xususiyatlari
Auditor auditni taxmin qilinayotgan ko’lami va o’tkazish tartibini bayon 
etgan holda, auditning umumiy rejasini ishlab chiqishi va rasmiylashtirishi lozim. 
Audit 
dasturini 
ishlab 
chiqishda 
qo’llanma 
bo’lib 
xizmat qilishi uchun, audit umumiy rejasining hujjatli aks ettirilishi 
etarli darajada batafsil bo’lishi kerak. Bunda uning aniq shakli va 
mazmuni 
sub’ekt 
kattaligi, 
auditning 
murakkabligi 
hamda 
auditor 
qo’llayotgan aniq uslubiyat va texnologiyaga bog’liq bo’ladi. 


95 
Auditorlar O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002 yil 27 
dekabrdagi 140-son buyrug’i bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllarini 
to’ldirish bo’yicha qoidalar»ga muvofiq moliyaviy hisobotning birinchi shakli 
buxgalteriya balansini mulkchilikning barcha shakllariga mansub, O’zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlariga ko’ra yuridik shaxs hisoblangan korxona va 
tashkilotlar (bundan sug’urta tashkilotlari va banklar mustasno), shuningdek 
mulkida, xo’jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo’lgan va o’z 
majburiyatlari bo’yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek 
mustaqil balans va hisob-kitob raqamiga ega bo’lgan, soliq qonunchiligiga 
muvofiq soliq to’lovchi hisoblanadigan alohida bo’linmalar taqdim etish 
kerakligini bilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunining 10-
moddasida ko’rsatilgan yuridik shaxslar soliq organlariga auditorlik tekshiruvi 
o’tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15 
mayidan kechiktirmay, moliyaviy hisobotning to’g’riligi to’g’risida auditorlik 
xulosasi nusxasini taqdim etadilar. Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar 
xo’jalik yurituvchi sub’ek ro’yxatdan o’tkazilgan vaqtda berilgan guvohnoma va 
nazarda tutilgan ko’rsatkichlar asosida xatolarsiz to’ldirilishi lozim.
Korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli 
biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, 
ustun) ustiga chizib qo’yiladi. Auditor buxgalteriya balansining manzil qismi 
quyidagi tartibda to’ldirilishiga e’tibor berishi kerak: 
a) “Korxona, tashkilot” rekviziti – korxonaning to’liq nomi (belgilangan tartibda 
ro’yxatdan o’tkazilgan ta’sis hujjatlariga muvofiq) va KTUT ga ko’ra uning kodi 
ko’rsatilganligiga; 
b) “Tarmoq” rekviziti – korxona tarmog’i va XXTUT ga ko’ra tarmoq kodi 
ko’rsatilganligiga; 
v) “Tashkiliy-huquqiy shakl” rekviziti – korxonaning tashkiliyhuquqiy shakli va 
THTga 
ko’ra 
tashkiliy-huquqiy 
shaklning 
kodi 
ko’rsatilganligiga; 


96 
g) “Mulkchilik shakli” rekviziti – korxonaning mulkchilik shakli va 
MShTga ko’ra mulkchilik shaklining kodi ko’rsatilganligiga; 
d) “Vazirliklar, idoralar va boshqalar” rekviziti – ixtiyorida korxona turgan (agar 
u mavjud bo’lsa) va unga moliyaviy hisobot yo’naltiriladigan organning nomi 
hamda DBPBT ga ko’ra ushbu organning kodi ko’rsatilganligiga; 
e) 
“Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami” rekviziti – STIR 
bo’yicha korxonaning identifikatsiya raqami ko’rsatilganligiga; 
j) “Hudud” rekviziti – MHOBT bo’yicha kod ko’rsatilganligiga; 
z) 
“Manzil” 
rekviziti 
– 
korxonaning 
to’liq 
yuridik 
manzili 
ko’rsatilganligiga. 
Moliyaviy 
hisobotni 
tuzish 
chog’ida O’zbekiston Respublikasining 
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga, shuningdek 
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari 
bo’yicha boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanish lozim. Korxona va 
tashkilotlar barcha alohida mustaqil balansga ajratilmagan bo’linmalarining 
faoliyat ko’rsatkichlari moliyaviy hisobot shakllarining ko’rsatkichlariga kiritilishi 
kerak.
Auditor buxgalteriya balansi auditini boshlar ekan, avvalambor u 
audit 
davomida 
foydalanadigan 
amallar 
ko’lamini, 
vaqt 
omilini 
belgilashda hamda auditorlik rejasi va dasturini tuzishda ichki nazorat 
tizimiga baho berishi lozim. Ichki nazorat tizimiga auditorlik standartlarida 
quyidagicha ta’rif berilgan: ichki nazorat tizimi – xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
rahbariyati tomonidan moliyaviy-xo’jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali 
yuritish, aktivlar va hisob hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik 
holatlarini oldini olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to’liqligi va 
o’z vaqtida ishonchli moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul 


97 
qilingan tashkiliy tadbirlar, usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig’indisi
49
.
Quyidagi 4.4-jadvalda buxgalteriya balansining belgilari va mazmuniga ko’ra 
turkumlanishi hamda turlari keltirilgan. 

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương