O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang41/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

4.10-jadval 
Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish chog’ida 
vujudga keladigan asosiy buzilishlar va xatolar
59
 
Tipik xatoliklar namunalari 
Buzilishlarning oqibatlari 
Dastlabki hisob hujjatlarini qabul qilingan tartibini ayrim buzishlar bilan 
rasmiylashtirish 
Hujjatlar blankalarida ko’rsatilgan barcha 
satrlar va grafalar to’ldirilmagan 
Xo’jalik operatsiyalari haqida to’la axborot 
yo’q, bu ularni hisobga olishda ma’lumotlar 
buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Hujjat to’g’riligini tasdiqlovchi zarur imzo 
yo’q. 
Hujjatlar va ular asosida amalga oshirilgan 
operatsiyalar xaqiqiy emas deb topilishi 
mumkin 
Bo’sh satrlar va grafalar chizib qo’yilmagan 
Hujjatga operatsiya mohiyatini o’zgartiruvchi 
yozuv kiritilishi mumkin. 
Hujjatlar 
tegishli 
shtamp 
bilan 
tasdiqlanmagan. 
Hujjatdan takror foydalanish mumkin, bu 
hujjatga asosan operatsiyalarini hisoblashda 
ma’lu-motlar buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Dastlabki hujjatlarni amaldagi qonunlar va yo’riqnomalar talablarini buzib rasmiylashtirilgan 
Ma’lum tusdagi moliya-xo’jalik faoliyatini 
amalga 
oshirish 
xuquqiga 
litsenziya, 
ruxsatnoma yo’q 
Xo’jalik operatsiyalari noqonuniy deb 
hisoblanishi mumkin 
Shartnoma tuzilgan, operatsiyalar esa uni 
rasmiylashtirish va mazmuniga doir boshqa 
qonun 
talablariga 
rioya 
qilmay 
amalga 
oshirilgan 
Shartnoma va operatsiyalar qonunga xilof 
deb topilishi, unda ishtirok etgan yuridik va 
jismoniy shaxslar javobgarlikka tortilishi 
mumkin 
Agar auditorda ayrim xodimlarning standartga ko’ra axborotni ataylab buzish 
deb tasnif qilishga haqli bo’lgan suyiste’molchiliklar to’g’risida asosli shubha 
paydo bo’lsa, bu haqda avvalo, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yuqori 
ma’muriyati vakillarini (agar bu vakillar suyiiste’molga arashlamagan bo’lsa) 
xabardor qilishi zarur.Tegishli xo’jalik operatsiyasining mohiyatini tekshirish, 
aniqlangan suyiiste’molliklarni batafsil to’xtatish, bu suyiiste’molliklarning 
oqibatlarini aniq miqdoriy baholash, shuningdek tegishli xulosa chiqarish 
auditorning vazifasiga kiradi. Bunday hollarda suiste’molliklar to’g’risidagi 
aniqlangan axborotlarni to’la-to’kis hujjatlashtirish zarur. Keyinchalik sudlashish 
59
Muallif tomonidan tayyorlandi 


114 
boshlansa, auditorning ish hujjatlari sudda isbotlovchi dalillarga aylanishi mumkin. 
Shubhali xo’jalik operatsiyalarini puxta tekshirish aslida yana auditor aniqlangan 
suyiste’molliklar auditning boshqa segmentlariga qanday ta’sir qilishini aniqlash 
uchun, hisob va hisobotga kiritilgan aniqlangan suyiste’molliklarning oqibatini 
bartaraf etadigan tuzatishlarning xarakterini aniqlash uchun talab qilinadi. Agar 
auditni amalga oshirish davri vaqt jihatidan audit qilinayotgan davrdan keyin 
bo’lsa (masalan, buxgalterya hisoboti soliq inspektsiyasiga topshirilgandan keyin) 
u holda ish tugagandan keyin taqdim etishi lozim bo’lgan auditorlik xulosasining 
shaklini ham belgilash zarur. 
Xulosa qilib aytganda, yuqorida sanab o’tilgan auditorlik dalillari moliyaviy 
hisobotning haqiqiyligini isbotlashda juda muhimdir. Auditor dalolat berish 
vazifasini bajarish bilan turli manbalardan olingan axborotni bir-biriga qiyoslaydi. 
Shu tariqa axborot xatarini kamaytiradi, uni eng maqbul darajagacha pasaytiradi. 
Natijada xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga berilgan xolisona 
xulosaning haqqoniyligi va ob’ektivligi oshishiga olib keladi.

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương