O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov


 . Audit tekshiruvida kompyuter texnologiyalarining roli



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang18/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   266
1291054
6 . Audit tekshiruvida kompyuter texnologiyalarining roli. 
XX asr oxiriga kelib insoniyat tarixda taraqqiyotning yangi 
bosqichiga o‘tdi. Bunga sabab, bizning kundalik hayotimizga keng 
ko‘lamda kompyuter texnologiyalarining kirib kelishi bo‘ldi. 
Insoniyatning bu buyuk ixtirosi jamiyatning har bir qatlamiga, shu 
jumladan buxgalteriya va audit sohasiga ham o‘zining katta ijobiy 
ta’sirini o‘tkazdi. Kompyuter texnologiyalaridan keng ko‘lamda 
foydalanish buxgalteriya xodimlariga korxonalarda sodir etilayotgan 
ko‘plab operatsiyalarni qisqa vaqt ichida qayta ishlash, oraliq 
moliyaviy hisobotlarni tez va aniq tuzish imkonini bermoqda. 
Kompyuter texnologiyalarini audit tekshiruvi jarayonida qo‘llash 
natijasida, mijoz moliyaviy hisobotlarini, buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlarini qisqa vaqt ichida, samarali va ancha ishonchli tarzda 
tekshirish imkoniyati yuzaga keldi. Kompyuter texnologiyalarini 
audit amaliyotida qo‘llash auditorlik tekshiruvi samaradorligini 


30 
oshirish bilan bir qatorda, auditorlar zimmasiga muhim talablarni 
ham qo‘ydi. Ya’ni, endilikda auditorlar mijoz buxgalteriyasidagi 
hujjatlar tekshiruvi bilan bir qatorda buxgalteriya bo‘limi kompyuter 
vositalari va dasturlarining to‘g‘ri tuzilgani va o‘rnatilganini ham 
tekshirishlari zarur bo‘lib qoldi. Bu esa auditordan avvalo uning o‘zi 
kompyuter vositalari va dasturlaridan samarali foydalana olish 
ko‘nikmasiga ega bo‘lishni talab etadi.
Yuqoridagi ta’riflarni umumlashtirib aytishimiz mumkinki,
XX asrda audit sohasida quyidagi muhim o‘zgarish va yangiliklar 
yuz berdi: 
1. Moliyaviy hisobotlarda firibgarlikni aniqlashdan ularning 
xolisona tuzilganini o‘rganishga tomon burilish. 
2. Auditorlar xulosalaridan foydalanuvchilar qatoriga bank 
muassasalari va davlat idoralari bilan bir qatorda investorlarning 
ham kirishi. 
3. Auditorning uchinchi taraf oldidagi javobgarligining ortishi. 
Auditorlik etikasining yuzaga kelishi.
4. Korxonada sodir etilgan operatsiyalarni to‘liq tekshirish 
uslubi o‘rniga tanlab tekshirish uslubining qo‘llanilishi. 
5. Tekshiruv ko‘lami va vaqtini belgilash maqsadida ichki 
nazorat tizimi sifatini o‘rganish zaruriyati. 
6. Audit tekshiruvi jarayonida axborot texnologiyalarining keng 
ko‘lamda qo‘llanilishi.
Audit aniq dalillarga asoslangan soha bo‘lsada, uning ham 
o‘ziga xos cheklanishlari mavjud. Ular qatoriga quyidagilarni 
kiritishimiz mumkin: 
1. Audit tekshiruvining o‘tkazilishi korxona moliyaviy 
hisobotlarida hech qanday noto‘g‘ri ma’lumot keltirilmagan degani 
emas. Chunki, auditorlar o‘z tekshiruvlarini tanlab tekshirish uslubi 
asosida o‘tkazishlari sabab, qaysidir schyot va hujjatlarni o‘rganib, 
qaysidirlarini esa qoldirib ketishga majburlar. Shu qolib ketgan 
schyot va hujjatlarda esa qandaydir xatoliklar bo‘lishi, bu esa 
moliyaviy natijalarga o‘tib ketgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. 
Demak, moliyaviy hisobotlarda muhim xatoliklar yo‘qligini 
tasdiqlashning iloji yo‘q. Shu sababli, auditor xulosasi kafolat 


31 
dalolatnomasi deb emas, balki mustaqil auditorning professional 
fikri bayon etilgan hujjat deb qabul qilinishi lozim.
Shunday bo‘lsada, uzoq yillar davomida jamiyat tomonidan 
auditorlik xulosasi muhim hujjat deb qabul qilinayotgan ekan
mustaqil auditorning professional fikriga ishonish mumkin. 
2. Boshqa bir qator sohalar kabi, auditda ham inson omili 
mavjud, ya’ni inson tomonidan bilmagan holda yo‘l qo‘yilishi 
mumkin bo‘lgan xatoliklar (ushbu holda auditor tomonidan). Bu 
omil sababi auditorning jismoniy yoki ruhiy toliqishi, e’tiborsizligi 
bo‘lishi va buning natijasida auditor moliyaviy hisobotlar yuzasidan 
to‘g‘ri fikrga kela olmasligi mumkin.

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương