O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang26/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   266
1291054
Birinchi bosqich – “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun. 
Ushbu qonun MDH davlatlari ichida birinchi bo‘lib, 1992-yil
9-dekabrda (keyingi tahrirlar bilan) qabul qilingan va bu qonun 
Respublikadagi xo‘jalik huquqini tartibga soluvchi asosiy qonun 
hujjatlar qatoriga kiradi. Bu qonun auditorlik faoliyatini moliya - 
xo‘jalik faoliyatining ajralmas qismi sifatida ifodalaydi. Ushbu qonun 
29 moddadan iborat bo‘lib, unda auditorlik faoliyati va auditorning 
mohiyati, auditorning vazifasi va majburiyati, auditorlik firmasini 
tuzish tartibi, auditorlik firmalarining huquqlari, javobgarligi va 
majburiyatlari, auditorlik faoliyatini litsenziyalash masalalari bayon 
etilgan. 
Ikkinchi bosqich – barcha auditorlik subyektlar uchun 
majburiy bo‘lgan auditorlik faoliyatini tartibga solishning 
umumiy masalalarini belgilovchi qonunchilikka oid va me’yoriy 
hujjatlar. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
‒ “Auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi Nizom” O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi 615-son qarori bilan 
tasdiqlangan;
‒ “Auditorlarga malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi 
Nizom”. 
Uchinchi bosqich – Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqi-
layotgan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlanayotgan auditorlik faoliyatining milliy standartlari.
Ushbu 
standartlarda audit tekshiruvini rejalashtirish va hujjatlashtirish, 
muhimlik va audit riski, kompyuterlarda ishlangan ma’lumotlarning 
auditi, auditda tanlab tekshirish uslubi, audit dalillari, auditor hisoboti 
va xulosasi kabi masalalar yoritilgan. Auditor shu standartlar asosida 
tekshiruv ko‘lami va vaqtini, mos keluvchi tekshiruv uslubiyatini 
belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Standartlar, shuningdek, audit 
tekshiruvi sifatini baholash uchun asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi.
2021-yilga 
qadar 
Respublikamizda 
auditorlar 
tomonidan 
tekshiruv o‘tkazish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan auditorlik 
faoliyatining milliy standartlaridan foydalanilgan va ushbu standartlari 
2.1-jadvalda keltirilgan. 


42 
2.1- jadval 

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương