35
Moliyaviy Hisob Standartlari Qo‘mitasi (Finacial
Accounting
Standards Board) tomonidan qabul qilingan va moliyaviy
hisobotlarni tayyorlashda majburiy tusga ega bo‘lgan
talablar
majmuyi.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (National accounting
standards) – O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlangan va Respublikada moliyaviy hisob
tizimini birxillashtirish va takomillashtirishga
qaratilgan
talablar majmuyi.
Ijobiy auditorlik xulosasi (unqualified opinion) ‒
mijoz moliyaviy
hisobotlari korxona moliyaviy holati va operatsiyalarining
natijasini BXMSga mos ravishda aks ettirganiga ishonch hosil
qilganda mustaqil auditor tomonidan tayyorlanadigan hujjat.
Ichki nazorat tizimi (internal control structure) – korxona o‘z
oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarga, shu jumladan, ishonchli
moliyaviy
axborotni
tayyorlash
vazifasiga
erishishini
ta’minlash maqsadida korxona
tomonidan ishlab chiqilgan
barcha qonun-qoidalar, chora-tadbirlar majmuyi.
Mustaqillik tamoyili (independence principle) – mijoz korxonaga
nisbatan to‘liq mustaqil bo‘lmagan
holda audit tekshiruvini
olib borish va auditorlik xulosasini berishni taqiqlovchi eng
muhim standart.
Salbiy auditorlik xulosasi (adverse opinion) ‒ korxona
taqdim
etgan moliyaviy hisobot BXMS standartlarini to‘liq yoki
asosan buzib tayyorlangan hollarda tekshiruv o‘tkazgan auditor
tomonidan tayyorlanadigan hujjat. Bu holatda moliyaviy
hisobotlarda o‘ta muhim xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi va
bu hisobotlardan foydalanish tashqi
foydalanuvchilar uchun
mutlaqo asossiz hisoblanadi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: