O‘yinning pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda xushyorlik, sezgirlik, tezkorlik
malakalarini tarbiyalaydi. O‘yinda kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik
sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi. O‘yinning o‘ziga
xos harakati tez
yugurishdir.
«ChAVANDOZ» yoki «KIChIK ULOQ».
O‘yinga tayyorlanish. O‘yinning bu turi ko‘kalamzor maydonda yoki sport zalida
o‘tkaziladi. O‘yinda faqat o‘g‘il bolalar ishtirok etishlari mumkin. Ular soniga,
jismoniy baqquvvatligiga kamida to‘rt kishidan tashkil
topgan ikki komandaga
bo‘linadi. Bu maydonning bir chetiga 1,5 m doira chiziladi. Bu doira marra deb
atalib, «uloqni» tashlash uchun belgilanadi. O‘yin uchun oddiy qo‘y
yoki echki
terisidan bo‘yiga 40sm, eniga 15- 20 sm bo‘lgan bolishcha «uloq» tiqiladi. Teri
topilmagan holatda matodan yoki eski ko‘rpachadan yasasa ham bo‘ladi.
O‘yin tavsifi. O‘yin boshlashdan oldin jamoalar maydon chetida saflanib turadilar,
hakam yoki o‘qituvchining xushtagi chalinishi bilan «uloq» maydon o‘rtasiga
tashlanadi. O‘yinchilar kelishib, bir- birlarining orqasiga opichib olishadi va
maydonga qarab «uloq»ni olish uchun yugiradilar.
Haqiqiy kurash- tortishuv
maydonda bo‘lib qaysi bir «chavandoz» birinchi bo‘lib «uloq»ni marraga, ya’ni
doirachaga olib kelib tashlasa o‘sha jamoa g‘olib deb hisoblanadi. O‘yin davom
etadi bu gal ham o‘yin hakamning boshlashiga binoan hakamning boshlashiga
binoan ko‘rsatilgan tartibda o‘tadi. O‘yin tugallangandan so‘ng o‘yinchilar
ichida
ildam, chaqqon va kuchli «chavandoz»lar aniqlanib, g‘oliblar rag‘batlan-tiruvchi
mukofotlar bilan taqdirlanishi lozim.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: