O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang49/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
O‘yinning pedagogik ahamiyati. O‘yin o‘ynovchilarda sezgirlikni tez harakat 
qilishni, tezkorlikni, chaqonlikni, kuchni tarbiyalashga yordam beradi. Shuningdek 
o‘yinda harakatni o‘zaro mosligini, har bir o‘yin qatnashchisi komandaga oldiga 
qo‘ygan vazifani bajarish hissiyotini rivojlantiradi. O‘yinda o‘ziga xos harakat – 
tez yugurish va uloqni tezda olishdir. 
 
“KARVON” O‘YINI 


O‘yinga tayyorlanish. O‘yin bolalarning og‘zaki nutqi, topqirligi, diqqati 
tezkorligi va choqqonlik sifatlarini tarbiyalaydi. O‘yin shartiga ko‘ra o‘yinboshi 
ya’ni “karvonboshi” hamda “qaroqchi” belgilanadi. Diametri 15 m bo‘lgan doira 
chiziladi. 
O‘yin tavsifi. O‘ynovchilar bir qatorga turib, oldinda turganning belidan qo‘l bilan 
ushlaydilar. Ular doira bo‘ylab keng qadamlar bilan yugurib, misol tuya kabi 
harakatlanish kerak. O‘ynovchilardan biri doiraning bir chetida joylashib oladi. 
Ya’ni u yo‘ldan o‘tayotgan karvonni talab “qaroqchilik” qiladi. 
Qaroqchi so‘raydi: 
- Karvon qayoqqa borayapti? 
- “Hindistonga” ey xurmatli zot, deb javob berdi karvonboshi. 
- Sizlar, do‘stlar uchun nima olib kelasizlar, deydi qaroqchi. 
- Buyuring, oliy xazratlari- deydi karvonboshi. 
- Qaroqchi 5-8 ta buyumning nomini aytadi.
Karvon olg‘a qarab ketaveradi. Doira bo‘lab aylana kelgan karvon yana 
qaroqchining oldidan o‘tadi. Qaroqchi karvonboshidan so‘raydi. Sen menga nima 
olib kelishing kerak edi? Qaroqchi qanday buyurtma bergan bo‘lsa, karvonboshi 
hammasini takrorlashi kerak. Agar biror narsani esidan chiqargan bo‘lsa qaroqchi 
butun karvonni asirga oladi va navbat bilan biron narsa olib kelishiga majburlaydi. 
Mabodo karvonboshi hech narsa esidan chiqarmasdan takrorlasa undan qaroqchi 
so‘raydi: “Qani mening buyumlarim?” Karvonboshi o‘yinchilardan birini ko‘rsatib 
“Navbatdagi sandiqda”- deydi. Ko‘rsatilgan o‘ynovchi esa “Amudaryoni kechib 
o‘tayotganimizda siz...ning buyurtmangizni yo‘qotdik” deyishi bilan karvon 
tarqalib qochadi. Qaroqchi ulardan birini tutishi kerak. 
O‘yin qoidasi. 1. Har bir buyurtma ravon, chiroyli talaffuz etilishi lozim. 2. 
Qaroqchi o‘ynovchilarni doiradan chiqquncha ushlash mumkin. 3. O‘ynovchilar 
doira ichidan tez chiqib qaroqchiga tutqich bermasalar karvon qutqarilgan 
hisoblanadi.

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương