O‘yinning pedagogik ahamiyati. O‘yinda bolalarni birday ahil bo‘lib
harakat
qilishga, chaqqonlikka, tezkorlik bilan harakat qilishga o‘rgatadi. O‘yinni o‘ziga
xos harakati aniq urish va yugurish hisoblanadi.
"BEKINMAChOQ" O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin bolalarda kuzatuvchanlik sezgirlik va topqirlik
sifatlarini tarbiyalaydi. Bu o‘yin uchun butazor yoki uylar bo‘lishi kerak. Marrada
qoladigan o‘ynovchi shunday aniqlanadi. Bir to‘da bolalar baravariga: -
Bekinmachoq oshga pichoq, kim oyni ko‘rdi? - deya solib qo‘llarini baland
ko‘taradilar. Kim ko‘tarishdan
orqada qolsa, o‘sha bola marrada qoladi.
O‘yin
tavsifi. O‘yinni boshlash navbati aniqlangan keyin, qolgan
bolalar yashirinishga
ketadilar. Qolgan o‘ynovchi yerga yotadi yoki yuzini devorga qilib turib baqiradi:
-Bo‘ldimi? Bo‘ldimi?- deydi va sanay boshlaydi. Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti,
yetti ketdim. Bo‘lsa ham bo‘ldi - bola ko‘zini ochadi, tevarak atorofni sinchiklab
kuzatadi va bolalarni esa topish uchun tomonni mo‘ljallab qidira boshlaydi.
Birinchi
bo‘lib topganning ismini aytadi:
-Ana, ana, Umidjonni topdim. Yoki berkingan bolalarni topsa:
-Bekinma, qoch, yuzingni och,to‘xta topdim va hokazo.
O‘yin qoidalari. 1. Yetti deb sanaguncha o‘ynovchilar yashirinib bo‘lishlari shart. 2.
Yashiringan bolani topsa u tutilgan hisoblanib marraga olib kelinadi. Z. Qolgan
o‘yinchilar bilintirmasdan marraga kelishlari mumkin. 4. Hamma o‘ynovchi yig‘ilib
bo‘lguncha o‘yin davom etadi, so‘ngra yangi tutuvchi aniqlanib o‘yin boshlanadi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: