O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang56/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
O‘yinning pedagogik ahamiyati. Bu o‘yin bolalarda diqqat-e’tiborini, sezgirlik 
va uloqtirish malakalarini tarbiyalaydi. O‘yinda bolalarni to‘g‘ri koordinatsiyasini, 
harakat tezligini, va aniq nishonga uloqtirishni rivojlantiradi. O‘yinni o‘ziga xos 
harakati-yapaloq toshni nishonga otish.
 
 
 
«BO‘Sh O‘RIN» O‘YINI 
. Boshqaruvchi o‘yinchidan boshqa hamma o‘yinchilar bir-biridan bir qadam
oraliqda aylana hosil qilib turadilar. Boshqaruvchi aylana atrofida yura turib 
o‘yinchilardan birini asta turtadi va u yoxud bu tomonga qarab yuguradi. Qo‘l 
tekkan o‘yinchi esa qarama-qarshi tomonga yugurib tezroq o‘z o‘rnini, ya’ni bo‘sh 
turgan joyni egallab olishga harakat qiladi. Aylana atrofiga yugurib kelib, bo‘sh 


joyni birinchi egallab olgan o‘yinchi o‘sha yerda turib qoladi. Yetib kela olmagan 
o‘yinchi boshqaruvchi bo‘lib qoladi. O‘yin yana davom ettiriladi. Yugurish 
musobaqasini oyoqda sakrash bilan ham almashtirish mumkin. 
 
 
«IKKI AYoZ» O‘YIN 
 
Zalning qarama-qarshi tomonlarida devordan 2-3 m berida chiziq bilan 
qishloq uchun joy ajratiladi. Biri bolalarning yashashi uchun, ikkinchisi esa o‘qishi 
uchun xizmat qiladi. Qishloqlar orasida dala joylashgan. Boshqaruvchi-ikki 
ayozdan boshqa hamma o‘yinchilar bir qishloq chizig‘i orqasida turadi. 
 
 
 
«MERGAN» O‘YINI 
 


O‘quvchilar ikki komandaga bo‘linib, yuzlari bir-biriga qaragan holda safga 
turadilar. O‘rtaga har bir komandadan 6-8 m narida bulava qo‘yilgan bo‘ladi. 
Signal berilishi bilan har qaysi qatordagi bolalar galma-galdan to‘pni bulavaga otib 
uni urib yiqitishga harakat qiladilar. Qaysi komanda bulavani ko‘proq urib 
tushirgan bo‘lsa, o‘sha komanda g‘olib hisoblanadi. 
KES-KES 
Bu o‘yin boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Kengligi 4 
qadamdan iborat doira chiziladi. Boshlovchi uchun chaqqon o‘quvchi tanlanadi. 
Boshlovchi doira ichida turadi. Qolgan o‘quvchilar doira tashqarisida turadilar. 
O‘qituvchi ”boshla” deyishi bilan o‘yinchilar doirani kesib o‘ta boshlaydilar.
O‘yinchilar har tomonda “kes”, “kes” deb yugurib o‘tadilar. Boshlovchi 
o‘yinchilarga qo‘l tekkizadi. Qo‘l tekkan o‘yinchi o‘yindan chiqib turadi. O‘yin 2-
3 daqiqa davom yetadi. O‘qituvchi o‘yinni to‘xtatib nechta o‘quvchi 
o‘ldirilganligini aniqlaydi. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương