Moylash tizimi. Moylash tizimida uchraydigan asosiy nosozlik va buzilishlar



tải về 1.16 Mb.
trang2/9
Chuyển đổi dữ liệu25.03.2023
Kích1.16 Mb.
#54442
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DVEGATILNING MOYLASH TIZIMI VA MOY TURLARI
DVEGATILNING MOYLASH TIZIMI VA MOY TURLARI, FARZAND VA OTA-ONA O’RTASIDAGI NIZOLAR, Проза В.С. Маканина пограничная зона в реалистической прозе.
Mashinalarni tasniflanishibu ularni vazifasi, ta’sir xarakteri, energiya manbai bilan bog‘lanishi va undan foydalanishi bo‘yicha ajratilishi.Vazifasiga ko‘ra mashinalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: tuproqqa ishlov berish; ekish va ko‘chat o‘tqazish; o‘g‘itlash; o‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoyalash; o‘tlar va silos o‘simliklarni yig‘ish; donli, donli dukkakli, moy o‘simliklarini yig‘ish va yig‘ishdan keyin ishlov berish; makkajo‘xorini donga yig‘ish; ildiz-mevalilar va sabzavotlarni yig‘ish; meliorativ mashinalar. Har bir guruh bir nechta mashina turlaridan iborat. Mashinalar ta’sir prinsipiga asosan uzluksiz va davriy ta’sir qiladigan, energiya manbai bilan bog‘lanish bo‘yicha tirkama, yarimosma, o‘ziyurar va statsionarlarga, ishchi organini energiyadan foydalanish usuliga qarab passiv, faol (aktiv) va kombinatsiyalashgan ishchi organli mashinalarga ajratiladi.
Qishloq xo‘jalik mashinalari fanining rivojlanish tarixi.
Dehqonchilik qadimiy kasb bo‘lib, u bilan bog‘liq bo‘lgan qurollar ko‘p asrlik rivojlanish va takomillashish tarixiga ega. Ammo qishloq x o‘jalik mashinasi va qurollari to‘g‘risidagi fan nisbatan yaqinda paydo b o‘ldi. Bu ilmiy fanning yuzaga kelishi va rivojlanishi mashhur rus olimi akademik Vasiliy Proxorovich Goryachkin (1868-1935 yil) nomi bilan bog‘langan. V.P. Goryachkinga qadar qishloq xo‘jaligi mashinalari to‘g‘risidagi fan yarim hunarmandchilik zavodlaridan chiqariladigan mashinalarning tuzilishi va konstruktsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘lgan.
Akademik V.P.Goryachkinning asarlari hozirgacha o‘zining ulkan ahamiyatini yo‘qotgani y o‘q. V.P.Goryachkinning klassik asarlari, uning davomchilari akademiklar I.I.Artobolevskiy, V.A. Jeligovskiy, N.D.Luchinskiy,
I.F.Vasilenko, P.M.Vasilenko, A.N.Karpenko, M.V.Sablikov, G.YE.Listopad, professorlar A.N.Gudkov, N.I.Klenin, V.A.Sakun va boshqalarning ilmiy ishlari tufayli qishloq xo‘jalik mashinalari bo‘yicha mantiqiy fan yuzaga keldi. Bu fanning rivojlanishiga O‘zbekiston olimlari ham o‘z hissalarini qo‘shdi. Ular qatoriga akademiklar M.V.Sablikov, G.M.Rudakov, A.X.Xajiyev, A.D.Glushenko, R.M.Matchanov, professorlar M.S.G‘aniyev, R.I.Baymetov, A.S.Sadriddinov, A.A.Rizayev, M.T.Tashboltayev, N.X.Kulametov, A.Tuxtaqo‘ziyev, M.Murodov, I.T.Ergashev va boshqalarni kiritish mumkin. Bir qator qishloq xo‘jaligi mashinalari: ikki yarusli pluglar, paxta terish, chekanka qilish, g‘o‘zapoya yig‘ish va ko‘sak terish mashinalari, pushtaolgich, paxta tozalagich, paxta seyalkalari, kultivatorlar va boshqa mashinalar respublikamiz olimlari va konstruktorlari tomonidan yaratilgan.
Shu nuqtai nazardan agrosanoat korxonalari uchun qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali bakalavr kadrlarni tayyorlashga e’tibor kuchaymoqda. Bakalavrlarni qishloq x o‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash bo‘yicha amaliy vazifalarni yechishda tutgan o‘rni o‘ta muhim.
Fanning vazifasi. Qishloq xo‘jaligida muhandislik-texnik xizmatni va mashinalardan samarali foydalanishni to‘g‘ri va maqbul tashkil qilish uchun bakalavrlarga qishloq xo‘jaligi mashinalari konstruktsiyasi va ish jarayonlari nazariyasi bo‘yicha chuqur bilim, ishlov beriladigan materialni o‘zgarib turadigan xossalari va holatiga bog‘liq ravishda bu mashinalarni optimal ish tartibiga sozlash bo‘yicha mahorat kerak. Shuning uchun «Qishloq xo‘jalik mashinalari» fanining vazifasi qishloq xo‘jaligi mashinalarining tuzilishi va ish jarayonlari hamda ularni nazariyasi va texnologik hisoblari bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni berishdan iborat. Mashinalarni takomillashishi tufayli rusumlarini tez o‘zgarib turishi, ammo ularning ta’sir prinsiplari ko‘p yillar davomida jiddiy o‘zgarishlarsiz qolishini hisobga olgan holda darslikda rusumlar bo‘yicha mashinalarning konstruktsiyasini tavsifi keltirilmagan va asosan eng istiqbollilarining tayanch modellari keltirilib, ular texnologik jarayonlari bo‘yicha tartibga solingan. Ushbu fanni bakalavrlar o‘rganishi uchun ularga agronomiya asoslari, tuproqshunoslik, chizma geometriya, nazariy mexanika, mexanizm va mashinalar nazariyasi, materiallar qarshiligi, mashina detallari, metallar texnologiyasi kabi fanlardan bilim talab qilinadi.




  1. tải về 1.16 Mb.

    Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương