Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi



tải về 315.58 Kb.
trang4/102
Chuyển đổi dữ liệu02.11.2023
Kích315.58 Kb.
#55524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
8-s-d-i-t

Yangi darsni rejasi.

1.Oksidlar. 2.Asoslar 3.Kislotalar. 4.Tuzlar




Yangi darsning bayoni.

Biri kislorod bo‘lgan ikki elementdan tarkib topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi.


Yani E2On bu yerda: E- element, n- elementning valentligi. Oksidning suv, asos va kislotalar bilan reaksiyaga kirishishiga qarab, bir nechta guruhga bo‘linadi:
1. Asosli oksidlar: Na2O, BaO, CuO . 2. Kislotali oksidlar: CO2, SO3, P2O5.
3. Amfoter oksidlar: ZnO, Al2O3, Sb2O3 va hokazo.
4. Betaraf oksidlar (yoki tuz hosil qilmaydigan): CO, NO, N2O va hokazo.
5. Peroksidlar: peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi –1 ga teng bo‘ladi, valentligi esa odatdagidek ikkiga Peroksidlar: peroksidlarda kislorodning oksidlanish
darajasi –1 ga teng bo‘ladi, valentligi esa odatdagidek ikkiga teng bo‘ladi: Na2O2, H2O2. .
Metall atomi va bir yoki bir necha gidroksid guruh (OH) dan iborat bo‘lgan murakkab
moddalar asoslar deyiladi.Asoslar suvda erishi va erimasligiga qarab ikkiga bo‘linadi.
1. Suvda eriydigan – asoslar: NaOH, Ca(OH)2, KOH, Ba(OH)2
2. Suvda erimaydigan – asoslar: Cu(OH)2, Fe(OH)2, Cr(OH)2
Ham kislota ham ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil
qiladigan asoslar amfoter asoslar deyiladi: Zn(OH)2, Al(OH)3,
Molekulasi tarkibida metallarga o‘z o‘rnini bera oladigan vodorod atomlari va kislota qoldig‘idan tarkib topgan murakkab moddalar kislotalar deyiladi. Kislotalar molekulasi tarkibida kislorod atomining bo‘lish yoki bo‘lmasligiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
a) kislorodli kislotalar: HNO3, H2CO3, H2SiO3 b) kislorodsiz kislotalar: H2S, HBr, HJ
Kislotalar tarkibidagi metalga o‘rnini beradigan vodorod atomlari soniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Bir negizli kislotalar: HCl, HBr, HNO3
2. Ikki negizli kislotalar: H2SO4, H2SO3, H2S 3. Uch negizli kislotalar: H3PO4
4. Tuzlar.Molekulasi metall atomi va kislota qoldig‘idan tashkil topgan murakkab moddalar
tuzlar deyiladi (Metall atomi o‘rnida NH4+ ioni ham kelishi mumkin. Bunday tuzlar
ammoniyli tuzlar deyiladi.) Tuzlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. O‘rta yoki normal tuzlar: NaCl, KCl, CaCl2, Ba(NO3)2, Al2(SO4)3, FeSO4
2. Nordon tuzlar: nordon tuzlarni ikki yoki uch negizli (ko‘p negizli) kislotalar hosil qiladi.
NaHCO3, Ca(HCO3)2, KHSO4, Ca(H2PO4)2
3. Asosli yoki gidroksi tuzlar: (CuOH)2CO3, Ca(OH)Cl, Mg(OH)NO3, Al(OH)2Cl
4. Qo‘shaloq tuzlar (qo‘sh tuzlar):
Ikki xil metall va bir kislota qoldig‘dan tashkil topgan tuzlar. Bunday tuzlar ichida amaliy
ahamiyatga ega bo‘lganlari achchiq toshlardir: KAl(SO4)2, NH4Al(SO4)2
5. Aralash tuzlar: bir xil metall va ikki xil kislota qoldig‘idan hosilbo‘lgan tuzlar aralash tuzlar
deyiladi: CaClOCl, (yoki CaOCl2) H2S. 3. Uch negizli kislotalar: H3PO4



tải về 315.58 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương