«Машина деталлари» курси бґйича маърузалар 13-маъруза. Валлар ва ўқлар. «Page Up» ва «Page Down» тугмаларидан фойдаланинг


Buralish bo‘yicha ruhsat etilgan kuchlanish



tải về 2.01 Mb.
trang3/5
Chuyển đổi dữ liệu21.03.2024
Kích2.01 Mb.
#56914
1   2   3   4   5
10. Vallar va oʼqlar
5323-Article Text-13191-1-10-20220315
Buralish bo‘yicha ruhsat etilgan kuchlanish:
[] = (20 30) MPa – transmission vallar uchun;
[] = (12 15) MPa – reduktor vallari, tezlik qutichalari va shunga o‘hshash vallar uchun.
Transmission vallar – oddiy sekinyurar uzun yoki mashina yuritmasining kam yuklangan vallari hamda mashinalarning bir- biri bilan bog‘laydigan vallardir. qishloq ho‘jaligida ko‘p ishlatiladi, misol uchun traktordan harakat oluvchi pohol tozalash mashina yuritmalari. Aviatsiya sanoatida ishlatiladigan ichi kovak vallar diametri:
(10.4)
bunda  – valning ichki diametrini tashqi diametriga nisbati; odatda  = (0,6  0,8).
Loyihalash hisobidan so‘ng valning tuzilmasi yaratiladi, buning uchun hisobiy diametr, valga joylashtirilgan detal o‘lchamlari va ular orasidagi masofadan foydalaniladi. Ko‘p hollarda vallar pog‘onali qilib tayyorlanadi, holbuki shunday ekan, pog‘onali vallarni loyihalashda to‘planib qoladigan kuchlanishlarni tarqatib yuborish uchun pog‘onali sirtlarning o‘tish yerlari radiusli yoki faska qilib tuzilishi lozim.

Vallarning tekshirish hisobi.


Vallarni hisoblashning bu usuli materiallar qarshiligi fanida o‘tilgan mahlumotlari asoslangan bo‘lib, valning haqiqiy tuzilmasi va ishlash sharoitini hisobiy shakl bilan almashtirish ko‘zda tutilgan. Bu holda yuklanishlar tayanchlar va valning ko‘rinishi shakllantirilgan holga keltiriladi.
10.3-rasmda bu o‘zgarishlar va hisoblash uchun zarur bo‘lgan kuchlanishlar epyurasi ko‘rsatilgan. Val 1 (10.3a-rasm) ikkita konussimon podshipnikda aylanadi va harakatni qiya tishli silindrsimon tishli g‘ildirakdan 2 dan yarim pallali mufta 3 ga uzatib beradi. Burovchi va eguvchi momentlar bilan yuklangan. Bunda muftaning yarim pallasi o‘qdosh joylashgan valni biriktirish uchun hizmat qiladi. 10.3b-rasm da bu tuzilmani hisobiy shakli keltirilgan.
Val 2 tayanchli ko‘ndalang kesimi do‘ng balka singari tasvirlangan, uning shu kesimdagi o‘lchami g‘ildirakning bo‘luvchi aylana radiusiga (d/2) ga teng bo‘lib, shu g‘ildirakni o‘qi bo‘ylab joylashgan valning podshipniklari sharnirli qo‘zg‘almas tayanchlar bilan almashtirilgan, amaliyotda esa, dumalash podshipniklar (rolikli konussimon ham), halqa va dumalash jismning elastik deformatsiyasini juda kam miqdorda qabul qiladi.
Ilashmani g‘ildirak gupchagi, podshipnik va muftani yarim pallasiga taqsimlangan haqiqiy yuklanish umumlashtirilgan kuchlar bilan, ilashmadagi yuklanish esa ilashish qutubidagi kuchlar bilan almashtiriladi.

tải về 2.01 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương