«Машина деталлари» курси бґйича маърузалар 13-маъруза. Валлар ва ўқлар. «Page Up» ва «Page Down» тугмаларидан фойдаланинг



tải về 2.01 Mb.
trang4/5
Chuyển đổi dữ liệu21.03.2024
Kích2.01 Mb.
#56914
1   2   3   4   5
10. Vallar va oʼqlar
5323-Article Text-13191-1-10-20220315
10.3-rasm.
Ft – aylana kuch, Fr – radial kuch va Fa – bo‘ylama kuch.
Burovchi moment T muftani yarim pallasiga ta’sir qiladi. Vallarni muqarrar o‘qdoshligi bo‘lmay qolganda, undan hosil bo‘lgan kuch mufta orqali valning ko‘ndalang kuchiga aylanadi.
10.3v-rasmda ko‘ndalang do‘ng chetiga ta’sir qilgan kuchlar Ft, Fr va Fa val o‘qiga keltirilgan (balka) bo‘lib, vertikal va gorizontal tekisliklarda ayrim-ayrim ko‘rsatilgan.
Radial Fr kuchni ko‘chirish hech qanday o‘zgartirish kiritmaydi. Bo‘ylama Fa kuchni ko‘chirish esa vertikal ko‘chirishda momentni Ma = 0,5Fad hosil qiladi. Aylana Ft kuchni ko‘chirish gorizontal tekislikda T = 0,5Ftd momentni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Kuch va momentlar ta’siridan tayanchlardagi reaksiyalarni aniqlaymiz. Bo‘ylama Fa kuch chap tomondagi podshipniknikda bo‘ylama reaksiyalarni Н1 keltiradi.
Egiluvchan momentlarning epyurasini qurish va kesish usuli bo‘yicha momentlar qiymatini aniqlash uchun har bir kuch va momentdan hosil bo‘lgan tayanch radial reaksiyalarning tashkil etuvchilarini aniqlash lozim.
Oldin vertikal tekislikni ko‘rib chiqamiz. Vertikal tekislik chap tomondagi tayanchni reaksiyasini (10.3v-rasm) tashkil etuvchilari: radial kuchdan esa moment ta’siridan hosil bo‘lgan reaksiyalarning yig‘indisidan iborat:
Tashkil etuvchilari ni statika shartiga ko‘ra topamiz: V nuqtaga nisbatan momentlar yig‘indisi 0 ga teng, odatda soat ko‘rsatkichi yo‘nalishiga teskari bo‘lsa moment musbat, soat ko‘rsatkichi bo‘yicha bo‘lsa – manfiy hisoblanadi (faqat kuchni hisobga olgan holda):
Bundan:
Radial kuchdan hosil bo‘lgan moment epyuralarining maksimal qiymatini (10.3g-rasm) yelka A ni reaksiyaga taʼsiridan topiladi:
Tashkil etuvchi А12 ham statikani shunday shartiga ko‘ra, faqat vertikal tekislikdagi Ma ni hisobga olgan holda topiladi:
Bundan:
Moment Ma (rasm 10.3g) ta’sirida hosil bo‘lgan epyuralarning maksimal musbat qiymati yelka A ni А12 reaksiyaga ta’siridan topiladi:
Moment Ma (10.3g-rasm) taʼsirida hosil bo‘lgan epyuralarning maksimal manfiy qiymati yelka A ni А12 reaksiyaga ta’sirida topiladi:
Gorizontal tekislikni chap tomonidagi tayanchi А2 reaksiyasi aylana kuch dan tashkil topgan А21 va ko‘ndalang kuch FM dan tashkil topgan А22 kuchlarni yig’indisian iborat:
Tashkil etuvchilari А21 ni statika shartiga ko‘ra topamiz: V nuqtaga nisbatan momentlar yig‘indisi 0 ga teng, odatda soat ko‘rsatkichi yo‘nalishiga teskari moment musbat, soat ko‘rsatkichi bo‘yicha bo‘lsa – manfiy (faqat kuchni hisobga olgan holda):
Bundan:
Aylana kuchdan hosil bo‘lgan (10.2d-rasm) moment epyurasining maksimal qiymati yelka a ni А21 reaksiyaga ta’siri orqali topiladi:
Ko‘ndalang kuchdan (10.2d-rasm) hosil bo‘lgan moment epyurasining maksimal qiymati yelka C ni FM kuchga ta’siri orqali topiladi:
10.3e-rasmda burovchi moment T epyurasi ko‘rsatilgan. Eguvchi moment epyuralari valning har bir kesimiga ta’sir etadigan momentlarning yig‘indisini aniqlashga imkon beradi.
Mustahkamlikka hisoblash uchun, maksimal yuklanishga ega bo‘lgan valning eng havfli kesimini eguvchi momentlari aniqlanishi lozim. Epyurani tuzilishiga qaraganda, valning havfli kesimlari I va II (10.3b-rasm) hisoblanadi.
I kesim uchun maksimal eguvchi momentni aniqlaymiz. Buning uchun 10.3g dagi eguvchi moment epyuralari vertikal tekislikda, 10.3d dagisi esa, gorizontal tekislikda ko‘rsatilganligi hisobga olinishi lozim.
I kesimdagi ko‘ndalang FM kuchdan hosil bo‘lgan momentni qiymati 10.3d da yaqqol ko‘rsatilgan moslikdan aniqlaniladi. Natijada, I – kesimni eguvchi moment yig‘indisi:
Burovchi momentni hisobga olgan holda I-kesimni ekvivalent eguvchi momenti aniqlanadi:
Undan keyin II – kesimni eguvchi moment yig‘indisi topiladi.
I va II – kesimdagi momentlar qiymati solishtiriladi, agar bu kesimda vallar diametri bir hil bo‘lsa, u holda keyingi hisoblashlardi maksimal moment inobatga olinadi. Agar diametrlar bir hil bo‘lsa, u holda keyingi hisoblashlar 2 havfli kesim uchun bajarilishi lozim.
I-kesimni eguvchi kuchlanish:
bunda W – I-kesimni o‘q bo‘ylab yo‘nalgan qarshilik momenti:
Mustahkamlik sharti formulasini yozishdan oldin, ekvivalent moment Nm da, val diametri mm ekanligi hisobga olib o‘lcham birliklari moslashtiriladi. Bundan tashqari /32=0,1 qabul qilinadi. U holda mustahkamlik sharti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Ruhsat etilgan eguvchi kuchlanish oquvchanlik chegarasiga yaqin qilib olinadi:
Konstruksion uglerodli va legirlangan po‘latlar uchun ruhsat etilgan kuchlanishni qiymati quyidagi oraliqda bo‘ladi:
Valning diametri va po‘latni turiga qarab, bu qiymatlar ma’lumotnomalaridan [4], [10] tanlab olinadi. Agar mustahkamlik sharti bajarilmasa, uning tuzilishiga zarur o‘zgartishlar kiritilib, mustahkamlik qayta hisoblanadi.

tải về 2.01 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương