I- bob. O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini sinovdan o’tkazish va baholash mezonlari


Reyting tizimi va uning samaradorligi



tải về 78.87 Kb.
trang5/21
Chuyển đổi dữ liệu17.02.2024
Kích78.87 Kb.
#56563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Unarova Gulzoda Faoliyat tuzilishi psixologik xususiyatlarini tadqiq etish.

1.2.Reyting tizimi va uning samaradorligi.


O’qituvchi nazorati va ta’lim oluvchilar faoliyatini baholashning uyg’unligi O’zbekisiton Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’rsida”gi nizomda “Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil bo’lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;

  • talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;

  • fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o’zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;

  • talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini tahlil rivojlantirish, axborot resurslari manbalarida samarali foydalanishni tashkil etish;

  • talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;

  • talabalarning fanlar bo’yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;

  • o’quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish, deb ta’kidlanadi.

Yuqorida keltirilgan hujjatdagi asosiy maqsaddan va qator vazifalardan quyidagi talablar kelib chiqadi.


Ta’limning tarkibiy qismlari o’zaro bog’liq va aloqador bo’lib, u pedagogik jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning samaradorligi ko’p jihatdan tashkil etilgan ta’lim vositalari tizimiga bog’liqdir. Bu vositalar butun ta’lim tizimining tarkibiy qismi deb qaralgandagina o’z ahamiyatini yo’qotmaydi va ta’limning umumiy vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda yordam beradi.
Ma’lumki, ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o’ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. Ta’lim beruvchi nazorat va hisobga olishni to’g’ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun ta’lim beruvchi ta’lim oluvchining o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash esa tekshirish deb ataladi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida aloqani ta’minlash, ta’lim beruvchi tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashdir. Shuningdek, tekshirishning maqsadi nafaqat ta’lim oluvchining bilim darajasi va sifati, balki uning o’quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
Ta’lim oluvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko’rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib boriladi: ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash; mavzuni o’zlashtirishni joriy tekshirish; bilim, ko’nikma va malakalarni egallanganligining takroriy tekshirish; yaxlit bo’lib yoki kursning alohida mavzusi bo’yicha davriy tekshirish; ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko’nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olish.
Ma’lumki, ta’lim jarayonidagi natijalarni hisobga olish, tekshirish va bilimni nazorat qilish (monitoringga e’tibor berish) hamda baholash pedagogik faoliyatda muhim bosqichlardir. Jumladan, mazkur faoliyatda ta’lim oluvchining bilimini haqiqiy va adolatli baholash hamda natijalarni ularga muntazam ravishda ma’lum qilib borish katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholashni to’g’ri yo’lga qo’yish, ularda o’tilgan fanlarga nisbatan ijodiy yondashish, mustaqil fikrlash, o’z bilimini doimiy ravishda oshirish, adabiyotlardan keng foydalanishni yo’lga qo’yish
demakdir. Shu bilan birga ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi uzviy bog’lanishdagi faoliyat olib borishni yuzaga keltiradi, ya’ni o’qitishning o’zaro aloqador ikki vositasini yuzaga keltiradi. Bu ta’lim beruvchi faoliyati va ta’lim oluvchining mehnatga ongli munosabatini uzluksiz jarayon sifatida doimiy bo’lib turishini ta’minlaydi.
Bunda professor – o’qituvchilarning ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarga puxta tayyorgarlik ko’rishi, baholashga doir me’yor va mezonlarni, savolnomalar, test savollari va turli boshqotirmalar hamda tayanch tushunchalarni tuzishdagi mas’uliyatli yondashishi va tinimsiz mehnati yotadi.

tải về 78.87 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương