I- bob. O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini sinovdan o’tkazish va baholash mezonlari


Bilimlarning natijalarini baholashda pedagogik testlarning roli



tải về 78.87 Kb.
trang6/21
Chuyển đổi dữ liệu17.02.2024
Kích78.87 Kb.
#56563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Unarova Gulzoda Faoliyat tuzilishi psixologik xususiyatlarini tadqiq etish.

Bilimlarning natijalarini baholashda pedagogik testlarning roli

Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati1. Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Bunga sabab talim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta’lim olganlik ajratib olinadi. Shuningdek, ta’lim olganlik tashxislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o’quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarning uning mahsuli bilan bog’liq holda o’z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.


Demak, tashxis ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma’no kasb etadi. Tashxis natijalarni ularga erishish yo’llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta’lim mahsulining shakllanish jarayonlari va bosqichlarni aniqlaydi. Tashxislash, nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlar to’plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni (an’analarni) aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o’z ichiga oladi.
Ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ta’limni baholashda ziddiyatli
1 Ushbu mavzu mohiyatini ochib berishda I.P.Podlaso’y qarashlaridan foydalanildi (Podlaso’y I.P. Pedagogika. V 2-x kn. 1. – Moskva, Vlados, 2001).
qarashlarning tug’ilishini buyuk pedagog YA.A.Komenskiy ham ta’kidlab o’tgan edi. U pedagoglarni o’zlari ega bo’lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta’lim oluvchilarga nisbatan nazoratning ob’ektiv bo’lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) nazorat bo’lmasligi lozim. Didaktik nazorat o’qitishning o’ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi yo’nalganlikka ega bo’lishi, o’z – o’zi bilan nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining o’zi uchun zarur va foydali bo’lishi lozim.
Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat qilishdan emas, balki baho yordamida o’qishga undashning eskirgan shakllaridan voz kechishni talab qiladi. Ta’lim oluvchilarning o’quv mehnatini rag’batlantirishning yangi usullarini izlash, ta’lim va tarbiya sohasida kuch to’plab borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi. Tashxislash tizimida baho rag’batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega bo’ladi. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo’llanishi mumkin bo’lgan tashxislash natijalari shaxsning o’z darajasini belgilashga ko’maklashadi, bu esa raqobatbardosh ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi. Ta’lim (shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o’tmishda ko’plab ta’lim oluvchilar uchun majburiy ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting – insonning jamiyatdagi mavqei ko’rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi.

tải về 78.87 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương