Фзбекистон республикаси олий ва фрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги



tải về 0.69 Mb.
Chế độ xem pdf
trang7/27
Chuyển đổi dữ liệu18.05.2022
Kích0.69 Mb.
#52001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tekshirish
20.maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni jismoniy tayyorlash vazifalari, DIPLOM OLDI AMALIYOTI UCHUN2.Maktabgacha ta\'lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma\'naviy-axloqiy tarbiyalash, maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasini organish va uni rivojlantirishning psixologik usullari
Tafakkur xususiyatlari. Aqli zaif bolalarda ko‟rgazmali harakat tafakkur 
rivojlanishi orqada qolish bilan tavsiflanadi. Maktabgacha bo‟lgan davrning 
oxiriga kelib barcha bolalar ham amaliy natijaga erishishga, ya'ni predmetning 
siljishiga, qo‟llanilishiga yoki o‟zgarishiga to‟g‟ridan-to‟g‟ri qaratilgan yoki qo‟l 
quroli bilan bajarilgan harakat bor amaliy vaziyatlarni bajara olmaydi. Shu bilan 
birga normal aql-idrokli bolalar bu vazifalarni kichik maktabgacha bo‟lgan yoshda 
bajaradi. 
Aqli zaif bolalar ko‟pincha muammoli vaziyatning borligini anglamaydi, 
umuman tushuncha bor hollarda esa yechimni qidirishni yordamchi vositalardan 
foydalanish zaruriyati bilan bog‟lamaydi. Garchi ularni bolalikdan yordamchi 
vosita yoki qurol sifatida inson bilan yaratilgan predmetlar o‟rab tursa ham, har 
doim ham bolalar bilan tushunilmaydigan vaziyatlar ularning egallanishi sodir 
bo`lmaydi. Aqli zaif bolalar kattalar yordamida bu vositalarni qo‟llaganida shaxsiy 
harakat tajribasini yetarli umumlashtirmaydi va uni, tajribani yangi vaziyatga 


26 
ko‟chirib bo‟lmaslikda ifodalanadigan yangi vazifalarni hal etish uchun ishlata 
olmaydi. 
Bolalar yechimni faol qidirmaydi, ular ko‟pincha vazifa o‟yinli bo‟lsa ham, 
natija va yechim jarayonida befarq bo‟lib qoladi. Topshiriqni bajarishga uringan 
bolalarda, odatda maqsadga erishish shartlarini hisobga olmay, faqatgina 
tushuniladi. 
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bola normal rivojlangan tengdoshlaridan 
farqli ravishda, makonda tushunishni bilmaydi, oldingi tajribadan foydalanmaydi, 
ob'ekt xususiyatlarini va ob'ektlar o‟rtasidagi munosabatni baholay olmaydi. 
Ko‟rgazmali-harakatli tafakkur vazifalarni yechish jarayonida bolaning 
shaxsiy nutqi muxim o‟ringa ega. Maktabgacha yoshdagi normal rivojlanayotgan 
bolalarning nutqida shaxsiy harakatlarning baholanishi, natijaning baholanishi, 
harakatlarning rejalashtirilishi, vazifa shartining baholanishidan kelib chiqib 
oldingi tajribaning jalb qilinishi kuzatiladi. Aqli zaif bola nutqida faqatgina 
harakatlar natijasining baholanishi namoyon bo‟ladi. 
Alohida ta'kidlash lozimki, normal rivojlangan bolalardan farqli ravishda, 
aqli zaif bolalarda ko‟rgazmali-harakatli tafakkur rivojlanishida sodir bo‟ladigan 
o‟zgarishlar maxsus o‟quvlarsiz ahamiyatga ega emas. Maktabgacha bo‟lgan 
davrining oxirigacha ularda ko‟rgazmali-obrazli tafakkur rivojlangan bo‟ladi. 
Shubhasiz, oligofren bolalarda so‟zli mantiqiy fikrlash belgilarining 
tiklanishi ham orqada bo‟ladi, sekin rivojlanadi. Meyorga qaraganda, ko‟rgazmali 
va so‟zli-mantiqiy tafakkurning o‟zaro bog‟liqligi boshqacha ravishda yuzaga 
keladi. 
Faoliyatining rivojlanishi maktabgacha bo‟lgan yoshda normal aql-idrokli 
bolada bir qancha faoliyat turlari rivojlanadi: o‟yinli, tasviriy, tuzilmaviy, mehnat 
faoliyat turlari. Maktabgacha bo‟lgan davr oxiriga kelib o‟quv faolliyati malakalari 
ham yuzaga kela boshlaydi. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning asosiy faoliyati bo‟lib syujet-rolli o‟yin 
hisoblansa ham, boshqa faoliyat turlari, ayniqsa, tasviriy va tuzulmaviy turlar 


27 
bolaning psixik rivojlanishida katta o‟rin egallaydi. Har bir faoliyat bola shaxsiga 
motorika, idrok qilish, fikrlash, nutq kabi muayyan vazifalarni qo‟yadi va ularning 
muayyan darajada rivojlanishini talab qiladi. 
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda o‟yin predmet faoliyatining davomi 
va rivojlanishini bildiradi, bola real predmetlar va ularni tasvirlovchi 
o‟yinchoqlarni aqliy vazifaga ko‟ra ishlatadi: qo‟g‟irchoq kiyimini yechish va 
kiydirishga, tugmachalarini yechish va taqishga, taroqdan foydalanishga, 
mashinaga kubiklarni ortishga, so‟ng esa oddiy qurilmalar qurishga, qoshiq, 
piyola, stol va stullardan foydalanishga o‟rganadi. Maktabgacha kichik yoshdagi 
bolalarda barcha bu harakatlar birdan-bir maqsad bo‟lib qolmaydi - ularni o‟z-
o‟zidan emas, balki, nima uchundir, muayyan maqsad yo`lida bajara boshlaydilar. 
Avvalo maktabgacha yoshdagi bolada protsessual harakatlarni kuzatishni bir 
necha bor takrorlash, masalan: hech qanday natija bilan tugamaydigan 
qo‟g‟irchoqni uzoq vaqt uxlatish: qo‟g‟irchoq uxlab qolmaydi, joyiga 
yotqizilmaydi va uyg‟onmaydi. Keyinchalik protsessual harakatlar, bir necha 
harakatlar, bola hayotida tez-tez takrorlanib turadigan odatiy vaziyatlar aks 
yetadigan mantiqiy ketma-ketligi bilan almashtiriladi. Bu yerda ham syujet yo‟q va 
odamlarning o‟zaro munosabati aks yetmagan. Masalan, qizcha qo‟g‟irchoqni 
yechintiradi, krovatidan ko‟rpasini oladi, qo‟g‟irchoqni o‟rniga yotqizadi va ko‟rpa 
bilan yopib qo‟yadi. Bunda qizcha ona, qo‟g‟irchoq esa qizi emas, qizcha hech 
qanday erkalash so‟zlarni ishlatishmaydi. Qizcha bor-yo‟g‟i unga yaxshi tanish 
bo‟lgan turmushdagi harakatlar ketma-ketligini takrorlaydi. 
Maktabgacha o‟rta yoshdagi bolalarda barchaga ma'lum bo‟lgan ona-bola, 
syujetli-rolli o‟yini yuzaga keladi, katta yoshda esa rivojlanadi va butun 
maktabgacha davrga kirib boradi. Bu yerda quyidagilar sodir bo‟ladi: birinchidan, 
bola diqqat e'tibori markazida bo‟lgan predmet va predmetli harakatlar uni 
qiziqtirmay qo‟yadi. Ikkinchidan, bola diqqat-e'tibori markazidan odamlar 
munosabati joy oladi. Biroq bola kuzatadigan odamlar munosabati har doim aniq 
predmetli harakatlar bilan bog‟liq. Binobarin aks etish xususiyati o‟zgaradi: real 


28 
predmet yoki o‟yinchoqlar har qanday to‟g‟ri keladigan predmetlar bilan 
almashtiriladi, bola kimningdir vazifasini o‟ziga ola boshlaydi. Masalan, qizcha 
«ona» bo‟lib qo‟g‟irchog‟ini («qizini») yuvintirmoqda. U rol o‟ynayapti, u qizini 
boshini sovun bilan yuvayotganida qo‟rqmaslikka, yig‟lamaslikka ko‟ndiryapti, 
tog‟ora vazifasini to‟nkarilgan stul bajarayotgani, sovun esa kubik ekanligi uni 
qiziqtirmaydi. 
O‟rinbosar predmetlarning yuzaga kelishi bola rivojlanishida rolni qabul 
qilish va inson munosabatlarining aks etishiga qaraganda muhim qadam, bu 
mavhumlashtirish va almashtirishga qo‟yilgan qadam, ya'ni inson fikrlashi va 
nutqning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‟ladi - avval o‟rinbosar predmet, keyin 
o‟rinbosar so‟z paydo bo‟ladi. So‟zning o‟zi bu yerda yangi xislatga ega bo‟ladi: u 
hozir sodir bo‟layotgan harakatni real bildirmaydi, u uning o‟rnini bosadi. 
Maktabgacha katta yoshda bunday o‟yin turi ustun bo‟lib qoladi. 
Syujetli-rolli o‟yin bir qancha bolalar ishtirokini talab qiladi, shuning 
uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning birinchi va asosiy birgalikdagi faoliyati 
hisoblanadi va ularning o‟zaro munosabati rivojlanishi, ular bilan axloqiy 
meyorlarning o‟zlashtirilishi, umuman bola shaxsi rivojlanishiga katta ta'sir 
ko‟rsatadi. Ayniqsa bunda bolalarda o‟yinda rollarni taqsimlashda, keyingi 
xarakatlarning, bahosini muvofiqlashtirishda, xulq-atvor qoidalarini muhokama 
qilishda yuzaga keladigan munosabatlar katta ahamiyatga ega. 
Aqli zaif bolada o‟yin rivojlanishining xususiyatlari maktabgacha bo‟lgan 
kichik yoshda o‟yinning rivojlanishi predmeti faoliyatining to‟g‟ridan-to‟g‟ri 
davomi hisoblanadi. Shu bilan birga, maktabgacha bo‟lgan yoshning boshida aqli 
zaif bolalarda deyarli umuman predmetli faoliyat yuzaga kelmaydi. Ularning 
predmetlar bilan bo‟lgan harakatlari ko‟p holda o‟ziga xos bo‟lmagan 
manipulyatsiya darajasida qoladi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar asosan 
ko‟rish harakatlanuvchi koordinatsiyaning shakllanishi va predmet xususiyati va 
munosabatini 
ajratish 
asosida 
bo‟lishi 
kerak 
bo‟lgan 
o‟ziga 
xos 
manipulyatsiyalarni egallaydi. Biroq o‟ziga xos manipulyatsiyalarni egallash 


29 
jarayoni maxsus o‟qitishsiz sekin kechadi, chunki bolalarda ularni o‟rab turgan 
predmetli dunyoga qiziqishi qisqa muddatli, sababi bu xil qiziqish faqatgina 
ularning tashqi ko‟rinishi bilan uyg‟onadi. 
O‟ziga hos bo‟lmagan manipulyatsiya bilan bir qatorda 4 yoshli bolalarda 
predmetlar bilan mos bo‟lmagan ko‟pgina harakatlar kuzatiladi. Ularning soni 
obektlar xususiyati va munosabatlarini tanishtirishiga olib keluvchi o‟ziga xos 
manipulyatsiyalarga o‟rin bo‟shatib, 6 yoshda keskin kamayadi. 
5 yoshdan keyin aqli zaif bolalarning o‟yinchoqlar bilan o‟yinida protsessual 
harakatlar katta o‟rin egallay boshlaydi. Biroq o‟yin yuzaga kelmaydi. 
Maktabgacha bo‟lgan davrning oxiriga kelib, aqli zaif bolaning maxsus ta'limsiz 
asosiy faoliyati o‟yindan emas, balki predmet bilan bo‟lgan faoliyatdan iborat 
bo‟lib chiqadi. O‟yinda harakatlarning bir xilligi, rasmiyligi, hatto syujet 
belgilarining yo‟qligi ham kuzatiladi. Bolalar o‟rinbosar predmetlardan 
foydalanmaydi, buning ustiga ular harakatlarni real predmetlar, harakatlar tasviri 
yoki nutq bilan almashtira olmaydi. Shunday qilib, bu bolalarni o‟yinda 
almashtirish vazifasi yuzaga kelmaydi. Aqli zaif bolada o‟yinda nutq ham 
rivojlanmaydi, ularda nafaqat rejalashtiradigan yoki qayd qiladigan, balki, odatda 
izohlaydigan nutq ham rivojlanmaydi. 
Aqli zaif o„quvchilar tafakkurini o„rganish va to„g„ri tashxis qo„yish 
uchun “Kesma rasmlar” metodikasi, “To„rtinchisi ortiqcha” metodikasi, 
“Klasifikatsiyalar” va “Yetishmaydigan qismlarni aniqlash” metodikalarini 
tavsiya etish mumkin. 

tải về 0.69 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương