Deb nomlangan kimyo kechasining ssenariysi



tải về 147.5 Kb.
trang5/5
Chuyển đổi dữ liệu27.04.2024
Kích147.5 Kb.
#57394
1   2   3   4   5
mendeleyev

2-boshlovchi: Mustaqil O`zbekistonning o`tmishi, bugungi kamoli, kelajagida organik kimyo sa`noatining salmoqli o`rni bor. O`nlab million tonna sulfat, nitrat, fosfat va boshqa kislotalar, ammiak, azotli o`g`itlar, karbamid, suniy va sintetik tolalar, plastmassalar, turli polimer materiallar ishlab chiqarilmoqda.
O`zbekiston zaminida mavjud bo`lgan boyliklarga ega bo`lgan davlatlar jahon xaritasida ko`p emas. Qulay iqlim sharoiti, hom-ashyo zahiralari, strategik materiallar va qishloq ho`jalik hom-ashyosining katta zahiralari haqli suratda O`zbekistonni mintaqa va dunyoning eng boy mamlakatlari qatoriga olib chiqdi.
O`zbekiston yer osti boyliklari bilan faxrlanadi, bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 27 mingdan ortiq turli foydali qazilma konlari mavjud. Ular 100 ga yaqin mineral homashyo turlarini o`z ichiga oladi.
1-boshlovchi: G’oyat muhim strategik manbalar neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan.Tabiiy gaz ko’pgina mineral xom-ashyo va qurulish materiallari xillarining g’oyat boy konlarini o’zlashtirishi Respublikaning kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini bermoqda. O’zbekiston organik kimyoning eng muhim xom-ashyolardan, noyob yonilg’i, resuslariga ega.
Qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kub metrga yaqin , ko’mir 2 milliard tonnadan ortiq, 160 dan ortiq neft konlari bor. Neft va gaz mavjud bo’lgan 5 ta asosiy mintaqani ko’rsatish mumkin. Bular Ustyurt, Buxoro, Xiva, janubiy-g’arbiy Xisor, Surxandaryo va Farg’ona mintaqalaridir.


2-boshlovchi: Eng yirik gaz konlari – janubiy-g’arbiy Xisor va Buxoro, Xiva neft va gaz mintaqalarida joylashgan bo’lib, bular Sho’rtan va Muborak guruhiga kiruvchi konlardir.
Qazib olinayotgan gazlar tarkibida bo’lgan etan, propan, butan va boshqa komponentlar bo’lib, ulardan polimer materiallar va polimetilin, polivinilxlorid kabi moddalar olinib, O’zbekistonda organik kimyoni gurkirab rivojlanishiga katta hissa qo’shmoqda.
1-boshlovchi: Kimyo fanidir ko'zimiz ochgan
Ilmga, samoga bizga yo'l ochgan
Ma'rifat olamin quyoshin sochgan,
Yosharar o'tsada zamonlar, bu fan.


2-boshlovchi: Biroz so’zamonlik qildik chamasi,
Azizlar, bizlarni tutgaysiz ma’zur,
Kimyoviy ilmlarni o’qing hammasin,
Ishonchimiz komil qilgaysiz huzur!


2 boshlovchi: Misol, she’r o’qishdan to’xtab nihoyat
Chin dildan etamiz sizlarga ta’zim,
Azizlar, shu bilan topdi nihoya,
Kimyoga atalgan tanatana bazm.


1-2 boshlovchi: Etiboringiz uchun rahmat!


tải về 147.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương