Deb nomlangan kimyo kechasining ssenariysi



tải về 147.5 Kb.
trang2/5
Chuyển đổi dữ liệu27.04.2024
Kích147.5 Kb.
#57394
1   2   3   4   5
mendeleyev

1-o‘quvchi: Men hech qachon ilm - fanda izlanishdan tolmadim,
2-o‘quvchi: Echaoldim elementlar davriylik muammosin,
3-o‘quvchi: Navbat bilan elementlar sistemasin sozladim,
4-o‘quvchi: Dalilladim kritik qaynashning darajasin,
5-o‘quvchi: Echdim eritmalarning gidrat nazariyasini,
6-o‘quvchi: Lazzatlandim fizik-ximik degan shonli unvondan,
7-o‘quvchi: Engilmadim ob-havoning ilmiy jumboqlaridan,
8-o‘quvchi: Yenga oldim o‘lchov hamda tarozi pallasini,
9-o‘quvchi: Echdim neft hosil bo’lish anorganik nazariyasi,
10-o’quvchi: Vatanimning oldidagi hizmatni uddaladim”.
1-boshlovchi: O‘z ilmiy hayotidan qoldirib muhim noma,
Bizga ma’lum aylagan, ayting qaysi alloma?

Sahnadagi o‘quvchilar qo‘llaridagi harflarni ko‘tarib “MENDELEYEV” so‘zini hosil qiladilar va bir ovozdan “MENDELEYEV” degan so‘zni baland ovoz bilan aytadilar.


2-boshlovchi: A’lodir ularning yo’lidan yursak
Donolar so’zini bilsak, tinglasak,
Ular ekib ketgan har bitta nihol
Behisob mevalar bermish asal bol.


1-boshlovchi: Keling kimyo bog’iga biz ham kiraylik
Shirin mevasidan biz ham teraylik,
Kimyo mo’jizalar olamiga sayohat qilar
Barcha istar orzularni ijobat qilar.
2-boshlovchi: Alloma Dimitriy Ivanovich Mendeleyev 1869-yilda kashf etgan kimyoviy elementlarning davriy sistemasi mana bugun 150 yoshga to’ldi. Davriy sistema 7 ta davr, 8 ta guruhdan va 118 ta elementdan iborat.


1-boshlovchi: Shartli ravishda, davriy sistemani “Mendeleyev uyi” deb, elementlarni esa bu uyning “fuqorolari” deb ataymiz. Endi “Mendeleev uyi” va uning “fuqorolari” haqidagi quyidagi she’rni e’tiboringizga havola qilamiz:

MENDELEYEV UYI” HAQIDA


Ushbu bino Mendeleyev –
Tarhi - la bo‘ldi barpo,
Ming sakkiz yuz oltmish to‘qqiz –
Nomerli uy bo‘ldi paydo.

Etti qavat, sakkiz podezd,


Yuz o‘n sakkiz xona bor,
Xonalarning egalari
Yashar yakka, xona tor.

Umrbod shu xona ichra –


Turishga erur mahkum.
Ko‘ngil so‘rab ular boshqa –
Xonaga o‘tmas hech ham.

Yashamayman, deb bosh olib –


Ketishning yo‘q imkoni,
Binodagi qavatlarda,
Tengmas xonalar soni.
Ba’zi bir xonalar bo‘sh,
Yo‘qdir ichida “joni”.

Qavatlarda yashovchilar,


Tabiatan har xildir,
Qavatlarni almashtirish –
Juda ham nomaqbuldur.

Qavatlarda yashovchilar –


Soni hech ham bir xilmas.
Birda - ikki, ettinchida -
O‘ttiz ikki – hech jilmas.

Ikki-uchda sakkiztadan,


To‘rtu beshda – o‘n sakkiz,
Oltida ham etti kabi,
O‘ttiz ikkidir, shaksiz,
Lekin ettinchi qavatda,
Yigirma bir oila bor,
Qolgan o‘n bir xona esa –
Egasin kutadi zor.

Ellik etti xona, hamda


Sakson to‘qqiz xonadon –
Qardoshlari anchayin ko‘p,
Torlik qilar bunda joy.

Shu sababli, bu qardoshlar


Dala-hovlida yashar.
O‘z holicha bu qardoshlar –
“Mahallaga”ga yarashar.

Ushbu uyning “odamlar”i –


Hulq bo‘yicha – ko‘p turli,
Ba’zilari – havo kab,
Ba’zilari – zalvorli.

Ba’zilari – o‘ta hushfe’l,


Hech qachon toq turmaydi
Ba’zilari – o‘ta badfe’l,
Hech kimni yoqtirmaydi.

Ba’zilari – tajovuzkor,


Duch kelganni yemirar.
Ba’zilari – juda hamkor,
Undan ko‘plar semirar.

Ko‘p qo‘shnilar qo‘l ushlashsa –


Basharga naf kattadir.
Ba’zilari qo‘l tutishsa –
Basharga havf kattadir.

Xullas har bir “fuqaro”ning,


Bordir sir – sinoati,
Suhbat qurmoq bo‘lsang agar
O‘rgan ularning odatin.

Bu binoning “odamlarin” –


To‘la o‘rgansak agar,
Bashar juda olg‘a ketgay,
Hayot bo‘lgay jilvagar.



tải về 147.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương