Gender tenglikning asosiy tamoyillari
Gender lotincha genus (inglizchada gender) soʻzidan kelib chiqqan boʻlib,
oʻzbek tilida jins maʼnosini beradi. Fanga genderlik tadqiqotlari tushunchasi XX
asr oʻrtalarida kirib kela boshladi. Gender terminini 1952-yilda Yangi Zelandiyalik
ruhshunos olim Jon Mani (5) o’z ilmiy tadqiqotlarida birinchi qo’llagan.
Keyinchalik 1963-yilda Stokgolmda ruhshunoslarning xalqaro anjumanida
AQShlik olim Robert Stoller (6) jamiyatda ijtimoiy jinsning oʻz-oʻzini anglash
tushunchalari toʻgʻrisidagi maʼruzasi orqali gender terminini ilm ahliga taqdim etdi
hamda jinsni biologik va madaniy turlarga boʻlib oʻrganishni taklif qildi. R.Stoller,
biologik jinsni (inglizcha sex) biologiya va fiziologiya, madaniy jins (gender),
yaʼni genderni ruhshunoslik va jamiyatshunoslik sohalari tadqiqot obʼekti sifatida
oʻrganish maqsadga muvofiq deb hisoblagan. Shuningdek, 1972-yilda ingliz
sotsiologi Enn Oukli (4) ham “Jins, gender va jamiyat” nomli ilmiy ishida bu
terminni izohlab oʻtgan. Gender konsepsiyasi biologik jins bilan (inglizcha – sex)
ijtimoiy jins (inglizcha – gender) farqlanishiga hamda jinslar orasidagi ijtimoiy
munosabatlar faqat erkaklar va xotin-qizlarning biologik oʻziga xosligi bilan
belgilanmasligi, ular oʻrtasidagi ijtimoiy rollar fiziologik farqlardan sezilarli
ravishda kengligini anglashga qurilgan. Jins anatomik, fiziologik tushuncha, yaʼni
individning biologik jinsga oidligini belgilovchi biologik xususiyatlar birligidir (6).
Biroq odamlar oʻrtasida yana bir muhim – biologik farqlardan tashqari ijtimoiy
rollar, har xil faoliyat turlari, xatti- harakat va psixologik xarakteristika jihatidan
ham boʻlinish mavjud. Jinsdan farqli oʻlaroq, gender – psixologik, madaniy va
ijtimoiy vositalar bilan shakllanadi. Gender terminining fanga kiritilishi shuni
anglashga yordam beradiki, “jamiyatdagi erkaklar va xotin-qizlar rollari ijtimoiy
jihatdan tashkil topadi va belgilanadi”
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Gender, avvalo erkak va ayol, oʻgʻil va qiz bolalar munosabatlarining
ijtimoiypsixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi. Bu tushuncha
yangi ijtimoiy qarashlar va madaniyatga bogʻliq holda rivojlanib boradi. Tarixdagi
matriarxat yoki patriarxat tushunchalari ham bunga yaqqol misoldir. Taʼlim-tarbiya
yo’nalishida gender tushunchasi faqat qizlarga taalluqli emas, chunki u oʻz
xususiyatiga koʻra oʻgʻil va qiz bolalar orasidagi munosabatlarni tavsiflab
ta’riflaydi, yaʼni, ijtimoiy rollar, faoliyat shakllarining boʻlinganligi, xattiharakat
va individlarning psixologik xarakteristkalarida o’ziga xosliklar mavjudligini
o’rganadi. Ko’rinib turibdiki, olimlarning gender soʻzini termin sifatida
oʻrganishni taklif qilishlari nafaqat psixoanalitika yoki jamiyatshunoslik, balki turli
sohalar, jumladan pedagogika va tilshunoslikda ham keng qoʻllanishiga yoʻl ochib
berdi. Bugungi kunda bu yoʻnalishlar tarkibida gender pedagogikasi va
tilshunosligi shakllanib, gender munosabatlari, gendercha tahlil, gendercha tenglik
kabi mavzularda tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ma’lumki, biologik va ijtimoiy
xususiyatlardan tashqari gender omillarga madaniy xususiyatlar ham taʼsir
koʻrsatadi. Muayyan madaniyat insoniyat tomonidan dunyo haqidagi bilimlarni
anglash va tartibga solish davomida vujudga kelgan narsapredmet, voqeliklar
bo’lib, u milliy gender qarashlar shakllanishida muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Genderchilikda gender farqlarning tashkil topish jarayoni odatda
ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bogʻlanadi. Ijtimoiylashtirish – bu, individ
tomonidan jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi sifatida faoliyat yuritish imkonini
beruvchi bilim, meʼyor va qadriyatlarni oʻzlashtirish jarayonidir. Ijtimoiylashtirish
oʻz ichiga taʼsir etishning ijtimoiy nazorat qilish jarayonlarini qamrab oladi.
Masalan, taʼlim-tarbiya, yoki uning shakllanishiga taʼsir qiluvchi tabiiy jarayonlar.
Bugun ijtimoiylashtirishning muhim qismi bo’lgan gender munosabatlar
psixologiya,
sotsiologiya,
pedagogika
kabi
fanlar
tomonidan
jadal
oʻrganilayotganligi bu yo’nalishda qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’pligidan darak
beradi.
Genderning sotsiumdagi rollaridan kelib chiqadigan ijtimoiy tabaqalanish,
va ayni paytda nutq, uslub, kiyim va xatti-harakatlarda namoyon boʻluvchi jihatlar
ham bu yoʻnalishning muhim sifatlarini tashkil etadi. Gender rollar erkaklar va
ayollarning mehnati, vazifalariga doir qarashlarning boʻlinishida ham namoyon
boʻladi. Psixologik rivojlanish va pedagogik qarashlarda sohalar mutaxassislari
‘differensial ijtimoiylashuv’ atamasidan gender rollarini oʻrganish maqsadida
foydalanmoqdalar (9). Bunda differentsial ijtimoiylashuv jarayoni koʻpincha bola
tugʻilishidan avval vujudga keladi. Har bir jamiyatda bola tarbiyasi bosqichlarida,
keyinchalik butun umri davomida ‘erkaklarga xoslik’ va ‘ayollarga xoslik’ deb
nomlangan tushunchalarga xos meʼyor va stereotiplar mustahkamlanib boradi.
V.fon Humbold jinslararo farq toʻgʻrisida toʻxtalib, jumladan quyidagi fikrlarni
aytgan: “Erkaklik qiyofasida chiroy va jozibaga qaraganda qatʼiylik koʻproq
farqlanadi; erkaklik tushunchasi juda aniq va puxta, ular orasidagi munosabat esa
oʻta oddiy; erkak xarakteri kuchli va barqaror, ammo baʼzan bir yoqlamalik va
dagʻallikni ifodalaydi. Barcha erkaklikka xosliklar oydinlashtiruvchi, barcha
ayolga xosliklar koʻngilni iydiruvchidir. Biri hayotga nur (roʻshnolik) olib kirsa,
ikkinchisi muhabbat keltiradi. Аyolning tabiati ayolni mashaqqatlarga bardosh
beruvchi qiladi, (jamiyat qonunqoidalariga binoan) erkaklik kuch-quvvati bilan
hamnafas ayol shiddatkorlikdan ozod boʻladi, shunga koʻra ayol oʻz vafodorligi
bilan koʻzlagan maqsadiga erishadi” (3). Demak, ijtimoiy hayotda ham erkak va
ayol birgalikda harakat qilsa, muayyan jamiyat ko’zlagan maqsadiga tezroq
erishishi mumkin. So’ngi yillarda O’zbekiston Respublikasida ham ayollarning
boshqaruv organlariga tayinlanishiga bo’lgan e’tiborning o’sishi yuqorida
ta’kidlangan sotsial tenglik balansini me’yorga keltirmoqda. O‘zbekiston
Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasida xotinqizlar va erkaklar uchun
teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha tadbirkorlik
subyektlarining, shuningdek, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining,
nodavlat notijorat tashkilotlarning va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarinig
vakillari ishtirokida maslahat kengashlarini tuzish mumkinligi belgilangan. Mazkur
normaga asoslanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida, shuningdek, barcha
oliy ta’lim muassasalarida tuzilgan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq
hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat kengashi – gender
tenglikni ta’minlashning samarali mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Xotin-qizlar
va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari
bo‘yicha maslahat kengashi – gender tenglikni ta’minlash hamda jinsi bo‘yicha
bevosita yoki bilvosita kamsitilishini bartaraf etish maqsadida xotin-qizlar va
erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha
tuzilgan kollegial maslahat organi hisoblanadi. Maslahat kengashining faoliyati
qonuniylik, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jinsi bo‘yicha
kamsitishga yo‘l qo‘ymasligi, ochiqlik va shaffoflik tamoyilari asosida olib
boriladi (8). Xususan, Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotda gender masalalari, gender
tenglik munosabatlari berilayotgan chuqur e’tiborni amalga oshirilayotgan qator
loyihalarda ko’rish mumkin. Masalan, 2019-yil 2-sentabr, O‘RQ-562-sonli “Xotin-
qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi
qonunning qabul qilindi, unga koʻra, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq
hamda imkoniyatlar kafolatlari, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtirish,
xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ravishda ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirish yuzasidan va hk. chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shu qatorda, Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadi – Gender
tenglikni amalga oshirish doirasida Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash
hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga oid
toʻqqizta vazifa ishlab chiqilgagini ham ta’kidlash mumkin. U 2030-yilga kelib
barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham
berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha
darajalarida ayollarning toʻliq va samarali ishtirokini ta’minlash va yetakchilik
qilish uchun teng imkoniyatlarni yaratish zarurligini oʻz ichiga oladi. Gender
munosabatlarda xalqaro standartlarga haqiqiy yaqinlashuvga erishish, eng muhimi,
ayollarni jamiyatning barcha jabhalarida faol ishtirok etishi uchun teng
imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha qator oddiy, ammo samarali chora-tadbirlar
mavjudligini ta’kidlash mumkin. Mamlakatimizda, kvota tizimining ayollarga
yo’naltirilganligining ortib borayotganligini, ayniqsa, oliy ta’lim tizimida amalga
oshirilayotgan voqeliklar, magistraturaga qabul qilingan xotin-qizlarga kontrakt
to’lovlarini to’liq davlat tomonidan qoplanishi haqidagi amaliy chora-tadbirlarni
yaqqol misol tariqasida keltirish mumkin. Shuningdek, xotin-qizlarning mahalliy
darajada va ijroiya hokimiyatida vakilligining oshib borishi, ularning parlament
faoliyatidagi faol ishtirokini ham ta’kidlash zarur.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: |