1-modul. Fanning rivojlanish tarixi. Elektr yuritmaning mexanikasi, elektr yuritma tarkibidagi motorlarning tavsifi va elektr mexanik xususiyatlari. Maʻruza №1


Avtomatlashtirigan elektr yuritma(AEY)ning strukturasi va elementlari, elektr yuritma turlari



tải về 85.79 Kb.
trang2/22
Chuyển đổi dữ liệu13.01.2024
Kích85.79 Kb.
#56315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1-modul. Fanning rivojlanish tarixi. Elektr yuritmaning mexanika-fayllar.org

1.2. Avtomatlashtirigan elektr yuritma(AEY)ning strukturasi va elementlari, elektr yuritma turlari, 
zamonaviy sanoat mexanizmlarini xarakatga keltirishdagi va boshqarishdagi o‘rni, murakkab texnologik 
mashinalarda va komplekslarda qo‘llaniladigan AEYlar, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok AEYning sanoat, 
qishloq xo‘jaligi va turmushdagi o‘rni.
"Elektr yuritma" deb, elektr dvigateli, elektr o„zgartiruvchi, mexanik uzatuvchi va boshqaruvchi qurilmalardan
tuzilgan elektromexanik tizimga aytiladi; u ishlab chiqarish mashinalarining ijro organlarini harakatga keltirish va
bu harakatni boshqarish uchun yaratiladi. Bu funksiyalarni bajarish uchun elektr yuritma elektr energiya manbasidan
(elektr
ta‟minoti
tarmog„i)
olingan
elektr
energiyasi
xisobiga
ishlab
chiqaradi.
Elektr yuritma ishlab chiqarayotgan mexanik energiya, ishchi mashina va mexanizmlarning turli ijro organlariga
uzatiladi (konveyer yoki transorter lentasi, tokarlik dastgoxining valiki, lift kabinasi, radioteleskop antennasi va
boshqalar) va zarur bo„lganda esa ijro organini ish rejimga qo„yiladigan texnologik talablarga muvofiq ravishda
rostlanadi. Olingan energiya xisobiga ijro organi, kerakli mexanik xarakatni amalga oshiradi, shu bilan birga
ishlab chiqarish va texnologik operatsiyalarni bajarishni ta‟minlaydi; yuklarni tashish, detallarni qayta ishlash,
suyuqlik yoki gazlarni uzatish, samoviy jismlarni kuzatish va boshqalar.
Zamonaviy avtomatlashtirilgan elektr yuritma - bu yuqori ishonchlili va tejamli elektromexanik sistema bo„lib, u
„ar qanday texnologik jarayonni avtomatlashtirishni to„la taominlash, o„z ishida yuqori tezkorlik va aniqlikga
erishish, xizmat ko„rsatuvchi xodimlarning me‟nat shart-sharoitlarini yaxshilash imkoniyatiga egadir.
1.3. Zamonaviy AEYni rivojlanish istiqbollari. 
Zamonaviy sanoat va qishloq xo„jalik ishlab chiqarish juda ko„p ko„rinishdagi texnologik jarayonlar bilan
xarakterlanadi. Ularni amalga oshirish uchun esa minglab xar xil turdagi mashina va mexanizmlar yaratilgan.
Masalan, material va maxsulotlarni qayta ishlash dastgoxlar, prokat stanlari va presslarda amalga oshiriladi; qattiq
jism va buyumlarni, gaz va suyuqliklarni boshqa joyga ko„chirishda esa konveyerlar, ko„tarish kranlari, eskalatorlar,
nasoslar va kompressorlardan foydalaniladi. Shuni tapkidlash kerakki, yuqoridagilar kabi va ko„plab boshqa
mashina va mexanizmlar shaxar kommunal xo„jaligi, meditsina texnikasi, turmush, aloqa, qurilish va transportda
xam keng ishlatiladi.
Ishlab chiqarish mashinasi (yoki ishchi mexanizmi) bir qancha o„zaro bolangan qismlar va uzellardan tuzilgan
bo„lib, shulardan biri mexanik harakatni amalga oshirish orqali berilgan texnologik jarayonni bevosita bajaradi,
shuning uchun u ijro organi deb ataladi. Ko„pgina xollarda ijro organining -dastgox shpindeli, prokat stanining
valiki, lift kabinasi, konveyer tasmasining harakat tezligini rostlash talab qilinadi. Ba‟zida esa ijro organlari harakat
yunalishini o„zgartirish (reverslash) zaruriyati xam tug„iladi. Ijro organi o„zining harakati jarayonida, ishqalanish
yoki erni tortilish kuchlari, materiallarni egiluvchan va plastik deformatsiyalari orqali vujudga keladigan harakatga
qarshilikni bartaraf qiladi. Shunday qilib, ijro organi, texnologik jarayonni bajarish uchun talab qilinadigan
(ba‟zida rostlanadigan) tezlik bilan mexanik harakatni bajo keltirishi bunda qarshilik kuchini bartaraf qilishi kerak
bo„ladi. Buning uchun, ijro organiga, aloxida qurilma orqali muayyan mexanik energiyani keltirib berish lozim,
ushbu qurilma o„zining vazifasiga ko„ra yuritma nomini olgan.
Yuritma mexanik energiyani, boshqa turdagi energiyalarni o„zgartirish natijasida xosil qiladi. Foydalanilayotgan
energiya turiga qarab gidravlik, pnevmatik, issiqlik va elektr yuritmalar farqlanadi. Hozirda ishlab chiqarish,
kommunal xo„jalik va boshqa tarmoqlarda elektr yuritma eng ko„p qo„llanishga egadir, u xosil qilinayotgan elektr
energiyaning 60 foizdan ko„proini iste‟mol qiladi. Elektr yuritmaning bunday keng qo„llanishi, uning boshqa
ko„rinishdagi yuritmalarga nisbatan bir qator afzalliklari va o„ziga xos xusiyatlari bilan belgilanadi:
1) o„zga turdagi energiyalarga, shu jumladan mexanik energiyaga xam, o„zgartirilishi va o„zining tarqatilishi eng
tejamli bo„lgan elektr energiyadan foydalanganligi;
2) quvvati va tezligini o„zgarish doirasining kengligi: zamonaviy elektr yuritmalarining quvvat diapazoni
vattning yuzdan bir ulushidan o„n minglab kilovatt orasida bo„ladi, aylanish chastotasi esa valning bir minutdagi
aylanish ulushlaridan bir necha yuz ming bir minutdagi aylanishgacha chegaralanadi;


3) turli tuman shart-sharoitlarda ishlashi mumkinligi: agressiv suyuqlik va gazlar muxiti, kosmik fazo sharoitlari,


past va yuqori xaroratlar va boshqalarda. Elektr dvigatellarini konstruktiv bajarilishining ko„p turliligi esa elektr
yuritmani ishchi mexanizm bilan qulay biriktirish imkoniyatini beradi;
4) oddiy vositalar yordamida ijro organi harakatining xar xil va murakkab turlarini xosil qilish, shuningdek
harakat yo„nalishi va uning ko„rsatkichlarini-tezligi va tezlanishini o„zgartirish mumkinligi;
5) ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni o„ngayligi, elektr yuritmani ishlab
chiqarishning umumiy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga osonlik bilan ulash mumkinligi;
6) yuqori foydali ish koeffitsienti (f.i.k.), ishlashdagi ishonchliligi, xizmat ko„rsatuvchi xodimlar uchun qulay
sharoitlari va atrof muxitni iflos qilmasligi.
Hozirgi zamon elektr yuritmalarining imkoniyatlari fan va texnikaning bir-biriga yaqin tarmoqlari-elektr
mashinasozlik va elektr asbobsozlik, elektronika va xisoblash texnikasi, avtomatika va elektrotexnika yutuqlaridan
foydalanish xisobiga tobora kengayib bormoqda.

tải về 85.79 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương