O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



tải về 57.53 Kb.
trang1/7
Chuyển đổi dữ liệu15.03.2024
Kích57.53 Kb.
#56840
  1   2   3   4   5   6   7
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi-fayllar.org

    Điều hướng trang này:
  • Kirish

Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


TARIX FAKULTETI
TARIX (MAMLAKATLAR VA MINTAQALAR) YO‘NALISHI
“JAHON TARIXI” FANIDAN

Kurs ishi


Mavzu: Avstriya imperiyasida milliy masala
(XVII asrning ikkinchi yarmi XVIII asr)
Bajardi: Ilhomova Xolida

Ilmiy rahbar: Xolliyev Aziz


Toshkent-2022

Mundarija

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 1


Kirish 3
I BOB. Avstriya imperiyasida siyosiy jarayonlar 7
1.1. Avstriya imperiyasi tarkibidagi milliy hududlarida siyosiy hayotdagi o`zgarishlar 7
1.2. Gabsburglar davrida Avstriya imperiyasi tarkibidagi hududlarning ijtimoiy-siyosiy hayoti 10
II BOB. Avstriya imperiyasi milliy hududlaridagi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar va uning oqibatlari, «milliy masala» 16
2.1. Avstriya tarkibidagi slavyan xalqlarining milliy kurashi 16
2.2. Milliy masalaning yuzaga kelish sabablari Avstriya imperiyasiga ta’siri va oqibatlari 21
Xulosa 29
Foydalanilgan adabiyotlar 30

Kirish




Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Kurs ishining dolzarbligi mavzu qamrab olgan davr va bu davr mobaynida bo`lib o`tgan voqealar, urushlar, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotdagi o`zgarishlar bilan bog`liqdir. O‘ttiz yillik urush(1618-1648) va Vestfal tinchlik sulhi Avstriyaning tashqi siyosati va xalqaro obro‘siga katta o‘zgarishlar kiritdi. G‘arbiy Yevropada yangi yerlarni bosib olishnning mumkin emasligi yaqqol ko‘rinib qoldi. O‘zining asriy raqibi Fransiya bilan raqobat kun tartibidan olib tashlanmasada, endi Avstriya Sharqqa, hukmronligi borgan sari kuchsizlanib borayotgan Usmoniylar imperiyasi egallab turgan yerlarga o‘z nigohini qaratdi. 1664-yili Montekkukoli qo‘mondonligidagi avstriyaliklar armiyasi turk q o‘shinlari ustidan dastlabki yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.Ammo Sen-Gotard yonidagi bu g‘alaba rivojlantirilmadi va mustahkamlanmadi. Imperator Leopold I (1640-1705) tinchlik sulhini tuzishga shoshildi. Natijada vujudga kelgan imkoniyatdan turklar yangi urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun foydalandi.
Fransuzlar tomonidan gijgijlatilgan Turkiya 1683-yili urush harakatlarini yangidan boshlab, yomon qurollangan va tayyorgarlik ko‘rmagan Avstriya qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi va 10-iyul kuni Venani qamal qildilar.Avstriya halokat yoqasiga kelib qoldi.Polsha qiroli Yan Sobeskiy q o‘shinlarining yordami Avsriyani muqarrar halokatdan qutqaribgina qolmasdan, turklar bosqini xavfidan butunlay xalos qildi."Muqaddas Liga"(Vatikan,Venetsiya,Polsha) tomonidan q o‘llab-quvvatlangan Avstriya endi birin-ketin g‘alabalarga erishib, 1685-yili Buda hududini va Vengriyaning katta qismini egalladi, ikki yildan s o‘ng esa Transilvaniya va Serbiya hududiga kirib bordi.Turkiya bilan urush qariyb 10 yil davom etdi.1697-yili yosh shahzoda va o‘z davrining qobiliyatli sarkardasi Yevgeniy Savoyskiy (1663-1736) Zenta yonidagi jangda hal qiluvchi g‘alabaga erishdi. 1669-yilning boshida Karlovitsa tinchlik sulhi imzolanib, unga ko‘ra butun Vengriya, Transilvaniya va Xorvatiya Gabsburglar hukmronligi ostiga o‘tdi. 1526-yil Chexiya va Vengriyani (u yerlarda qirol deb atalganlar) va b. hududlarni qoʻshib olib koʻp millatli ulkan davlatni (1867-1918 yillarda Avstriya-Vengriya) monarxlari boʻlganlar. G. "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatorlari (1438-1806-yillarda doimiy ravishda, 1742-1745-yillardan tashqari), shuningdek Ispaniya qirollari (1516-1700) ham edilar. Asosiy vakillari: Karl V, Filipp II (Ispaniyada), Mariya Tereziya, Iosif II, Frans Iosif I. G. ijtimoiy taraqqiyot dushmanlari, Yevropa xalqlarining milliy ozodlik harakatlarini boʻgʻuvchilar sifatida tarixda nom qoldirishgan. Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibiga kirgan oʻlkalarda mustamlakachilik siyosatini yuritganlar.
Ferdinand I (1503-1564) imperator (1556-yildan), Avstriya ersgersogi; Chexiya va Vengriyaning gabsburglar sulolasidan chiqqan birinchi qiroli (1526-yildan). Karl V ning ukasi. Ferdinand II (1578-1637) imperator (1619-yildan). Gabsburglar sulolasidan boʻlgan Avstriya ersgersogi. Kontrreformatsiya siyosatini yurgizgan. 1618-1648 yillardagi Oʻttiz yillik urushnchng boshlangʻich davrida gabsburglar katoliklar guruhiga rahbarlik qilgan.
Ferdinand III (1608-1657) imperator (1637-yildan), gabsburglar sulolasidan boʻlgan Avstriya ersgersogi. Uning davrida Oʻttiz yillik urush (1618-1648) tugagan.
Gabsburglar (nem.) – “Germaniya millatining Muqaddas Rim imperiyasi” deb atalgan davlatda (1273-1438-yillar tanaffus bilan, keyin 1438–1806-yillar), Avstriya imperiyasi (rasman 1804-yildan boshlab), Avstriya-Vengriya (1867–1918-yillar) da hukmronlik qilgan sulola.
Bu sulolaning asosiy vakillari sifatida tarixda Karl V, Mariya Tereziya, Iosif II, Frans Iosiflar tilga olinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Gabsburglar sulolasining tashqi siyosatda obro‘si mamlakat ichida yuritayotgan siyosati tufayli unchalik ham yaxshi emas edi. Xususan bunga bir nechta sabablar bo‘lib, eng avvalo, sulola ijtimoiy taraqqiyotning dushmani, Yevropada esa xalqlarning milliy ozodlik harakatlarini y o‘qqa chiqaruvchi sifatida k o‘rilgan. Bu sulola qay tarzda mamlakat hokimyat tepasiga kelishiga nazar solsak, Babenberglar 1246-yilda butunlay qirilib ketgandan so‘ng, qirolliklararo qonunga muvofiq, 1273-yilda hokimiyat tepasiga gabsburglar keldi. Manbalarda ularning qarorgohi Shvetsariyada ekanligi ta’kidlanadi. Monarxlaming cheklanmagan hokimiyati bilan ma'rifatparvar- faylasuflar tomonidan tavsiya qilingan ba’zi islohotlami amalga oshirishga intilishlarining qo‘shilib ketishi «ma'rifatli absolutizm» siyosati nomini olgan edi. Bu siyosat ayniqsa Avstriyada mustahkamlandi. Knyaz Ventsel Anton Kaunits 1753-yildan boshlab kanslerlik lavozimida ishlab, Avstriyaning atoqli diplomati, degan nom bilan shuhrat qozondi va «ma'rifatli absolutizm» ruhida o‘tkaziladigan islohotlar tarafdori bo‘ldi. Biroq shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlaktni bunday siyosat yo‘lidan borishi asosan, qoloq davlatlar uchun mos edi. Bu monarxiyalarning podsholari o‘z islohotchilik faoliyatida fransuz burjua «ma’rifatchilari» tomonidan ilgari surilgan ba’zi g‘oyalardan foydalangan edilar. Lekin buning fransuz monarxiyasidan ajratib turuvchi jihatlari ko‘p edi. Tarixchilar bu siyosatning aynan Avstriya siyosatida ko‘rish mumkin b o‘lgan yan bir muhim jihati sifatida bu siyosat qaysidir ma’noda mamlakat tuzumiga qarshi dehqonlarning qarshiliklarini tartibga solishda qo‘l kelganligini tan olishadi. Natijada esa kontrefarmatsiya davridagi diniy ta’qiblar mamlakatdan juda ko‘p sonli dehqonlarning chiqib ketishiga sababchi bo‘ladi. Keyingi davrlarda Gabsburglar sulolasi mamlakat bo‘ylab kontreformatsiyava germanlashtirish siyosati bilan birga markazlashtirish siyosatini ham q o‘lladi. Xususan, bunday siyosat Vengriya, Transilvaniya, Chexiya Slovakiya, Xorvatiya kabi boshqa yana bir nechta viloyatlarda uchraydi. Biroq ushbu siyosat omma uchun ma’qul bo‘lmadi va bu mamlakatda hukm surgan tez-tez norozilik kayfiyatiga sabab bo‘la oldi.

tải về 57.53 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương