29
vazifasi buxgalter
tomonidan tekshiriladi, buxgalter esa kassir
vazifasini bajara olmaydi. Aks holda buxgalter naqd pul
suiiste’moliga yo‘l qo‘ygan holda, bu
firibgarlikni buxgalteriya
hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali berkitib yuborar va
natijada korxona zarar ko‘rar edi. Bu vaziyatda samarali ichki
nazorat tizimining vazifasi kassir va buxgalter faqatgina o‘z ishlarini
bajarishlari, biri ikkinchisining ishini o‘z qo‘liga olmasligini
ta’minlashdan iborat.
Ichki nazorat tizimini baholash
tanlab tekshirish uslubini
qo‘llashning asosiy sharti bo‘lib qoldi. Auditorlar korxona
buxgalteriya va moliyaviy axborot tizimini o‘rganish orqali
moliyaviy hisobotlardagi ma’lumotlarni
tekshirish uchun zarur
bo‘lgan tekshiruv ko‘lami va vaqtini oldindan aniqlash imkoniga ega
bo‘ldilar. Buning natijasida auditorlar quyidagi xulosaga keldilar –
“
Ichki nazorat tizimi qanchalik sifatli bo‘lsa, tekshiruv ko‘lami
shunchalik kam bo‘lishi mumkin”. Ya’ni, yaxshi tuzilgan ichki
nazorat tizimiga ega korxonada audit tekshiruvini,
uning hajmini
kamaytirgan holda, qisqa vaqt ichida tugatish mumkin. Ichki nazorat
tizimi sust bo‘lgan joyda esa tekshirish hajmi oshirilishi lozim.
Demak, ichki nazorat tizimi va audit tekshiruvi ko‘lami o‘zaro
teskari bog‘langan.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: