joyni birinchi egallab olgan o‘yinchi o‘sha yerda turib qoladi. Yetib kela olmagan
o‘yinchi boshqaruvchi bo‘lib qoladi. O‘yin yana davom ettiriladi. Yugurish
musobaqasini oyoqda sakrash bilan ham almashtirish mumkin.
«IKKI AYoZ» O‘YIN
Zalning qarama-qarshi tomonlarida devordan 2-3
m berida chiziq bilan
qishloq uchun joy ajratiladi. Biri bolalarning yashashi uchun, ikkinchisi esa o‘qishi
uchun xizmat qiladi. Qishloqlar orasida dala joylashgan.
Boshqaruvchi-ikki
ayozdan boshqa hamma o‘yinchilar bir qishloq chizig‘i orqasida turadi.
«MERGAN» O‘YINI
O‘quvchilar ikki komandaga bo‘linib, yuzlari bir-biriga qaragan holda safga
turadilar. O‘rtaga har bir komandadan 6-8 m narida bulava qo‘yilgan bo‘ladi.
Signal berilishi bilan har qaysi qatordagi bolalar galma-galdan to‘pni bulavaga otib
uni urib yiqitishga harakat qiladilar. Qaysi komanda bulavani ko‘proq urib
tushirgan bo‘lsa, o‘sha komanda g‘olib hisoblanadi.
KES-KES
Bu o‘yin boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Kengligi 4
qadamdan iborat doira chiziladi. Boshlovchi uchun chaqqon o‘quvchi tanlanadi.
Boshlovchi doira ichida turadi. Qolgan o‘quvchilar doira tashqarisida turadilar.
O‘qituvchi ”boshla” deyishi bilan o‘yinchilar doirani kesib o‘ta boshlaydilar.
O‘yinchilar har tomonda “kes”, “kes” deb yugurib o‘tadilar. Boshlovchi
o‘yinchilarga qo‘l tekkizadi. Qo‘l tekkan o‘yinchi o‘yindan chiqib turadi. O‘yin 2-
3 daqiqa davom yetadi. O‘qituvchi o‘yinni to‘xtatib nechta o‘quvchi
o‘ldirilganligini aniqlaydi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: