O’quvchilarda tabiiy ilmiy savodxonlikni oshirishga oid ishlanmalar



tải về 418.44 Kb.
Chuyển đổi dữ liệu19.05.2024
Kích418.44 Kb.
#57684

O’quvchilarda tabiiy ilmiy savodxonlikni oshirishga oid ishlanmalar

304- guruh talabasi To’xtamurodova Sayyora

Tabiiy fanlar iintegratsiyasi

  • Tabiiy fanlar integratsiyasini fizika, kimyo, biologiya, geografiya kabi fanlarda ko'rishimiz mumkin. Demak tabiiy fanlar savodxonligini shakllantirishda qanday tamoyillarga asoslanish lozim biz alohida fanlar kimyo, biologiya, fizika, geografiya fani o'qituvchisi ekanligimizni bir muddatga unutishgimiz kerak
  • O'quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonlik ko'nikmalarini shakllanganligini kimyoviy bog'lanish mavzusi oid kontekst topshiriqlar asosida tekshirish uchun quyida kontekst topshiriq beramiz. Berilgan topshiriqlarni ishlash metodikasini tavsiflab chiqamiz. Quyida berilgan kontekt topshirig'i namuna sifatida 10-sinf o'quvchilari uchun tayyorlangan bo'lib o'qituvchi bu namuna asosida 15 yoshli o'quvchilar uchun kontekst topshiriq tayyorlash orqali o'quvchilarni tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirish lozim

O’qituvchi beradigan topshiriqqa binoan masalan etilen xaqida malumot bering deyilgan savolga

  • Agar o'quvchilarning javoblarida etilenni struktura formulalari va ularni orasidagi bog'lar, gibridlanish turi hamda bog' uzunliklari to'g'ri ifodalangan bo'lsa, javob to'liq qabul qilinadi. Masalan: quyidagi rasmda qisqacha javob keltirilgan.
  • Javoblarda berilgan moddani shartlariga ko'ra to'g'ri ifodalanmagan bo'lsa, o'qituvchi o'quvchining kamchiliklariga ko'ra baholashi mumkin. Quyida berilgan noto'g'ri javoblar sonini ortib borishi o'quvchilarni past baholar yoki ball olishlariga sabab bo'ladi. Quyida berilgan noto'g'ri javoblar soni ko'p keltirilgan yoki javob yo'q bo'lsa, javob qabul qilinmaydi. Noto'g'ri javoblar quyidagicha bo'lishi mumkin:
  • ► berilgan moddalar nomi xato ifodalansa;

    ► rasmda ifodalangan moddalar uchun berilgan savolga ko'ra xato javob berilsa;

    ► gibrid bo'lchaklar noto'g'ri ifodalansa;

    ► bog' uzunligi noto'g'ri ifodalansa;

    ► fazoviy tuzilish noto'g'ri ifodalansa;

    Mazkur savol o'quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini baholashga qaratilgan.

Tabiiy-ilmiy savodxonlikka ega bo‘lgan shaxs

  • Tabiiy-ilmiy savodxonlikka ega bo‘lgan shaxs tabiiy fanlar va texnologiyalarga oid muammolarni ilmiy dalillarga asoslangan holda muhokama qilishda ishtirok eta oladi. Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lgan shaxsda quyidagi kompetensiyalar shakllangan bo‘ladi:
  • a) Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish;
  • b) Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash;
  • c) Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish.
  • Geografiya darslarida an’anaviy yondashuv bilan tabiiy-ilmiy savodxonlik o‘rtasidagi farqni quyidagi misollar yordamida ko‘rishimiz mumkin: An’anaviy yondashuv- Eng sho‘r dengiz qaysi? O‘zbekistonda selluloza-qog‘oz va yog‘ochni qayta ishlash sanoati yalpi sanoat mahsuloti hajmida necha % ni tashkil etadi? Tabiiy–ilmiy savodxonlik Qizil dengiz nima uchun sho‘r? O‘zbekistonda o‘rmonlarning kamligiga sabab nima?

Geografiya darslarida an’anaviy yondashuv bilan tabiiy-ilmiy savodxonlik o‘rtasidagi farqni quyidagi misollar yordamida ko‘rishimiz mumkin: An’anaviy yondashuv- Eng sho‘r dengiz qaysi? O‘zbekistonda selluloza-qog‘oz va yog‘ochni qayta ishlash sanoati yalpi sanoat mahsuloti hajmida necha % ni tashkil etadi? Tabiiy–ilmiy savodxonlik Qizil dengiz nima uchun sho‘r? O‘zbekistonda o‘rmonlarning kamligiga sabab nima?

  • An’anaviy yondashuvda o‘quvchi bir so‘z bilan Qizil dengiz deb javob beradi, tabiiy-ilmiy savodxonlikda esa o‘quvchi Qizil dengizning nima uchun sho‘r ekanligi, O‘zbekistonda o‘rmonlarning nima uchun kamligi haqida o‘ylaydi, izlanadi va mustaqil fikrlaydi, ilmiy dalillarga asoslangan holda muhokama qilishda ishtirok eta oladi.

Xalqaro baholash dasturlari

  • Xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish tabiiy fanlarni (fizika, kimyo, biologiya, geografiya) o‘qitish jarayonida fanlararo integratsiyani kuchaytirish, fanni turli sohalarga va hayotiy jarayonlarga bog‘lab o‘qitish talab etiladi. An’anaviy yondashuv: Tovush to‘lqinlarining tezligi, davri va uzunligini bog‘lovchi formulani yozing. Tabiiy-ilmiy savodxonlik: Minglab kilometr uzoqlikdagi yer qimirlashi haqida qanday va qancha vaqtda bilishimiz mumkin? Bu misol fizika va geografiya fanlari o‘rtasidagi fanlararo bog‘lanishni kuchaytirishga yordam beradi. Geografiya darslarida o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishda quyidagi masalalarga ko‘proq e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir

o‘qitishning faol va interfaol metodlaridan foydalanish;

➢ o‘quvchilarning matnni tushunish,u bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

➢ turli ko‘rinishdagi savol-topshiriqlar (matn,grafik,rasm…)ni bajarish;

➢ muammoli,qisman-izlanishli,tadqiqot xarakteridagi topshiriqlarni bajarish ;

➢ o‘qituvchi va o‘quvchilarning kompyuter texnikasidan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishlari;

Xulosa

  • Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki: ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ikki muhim ko‘rsatkichi–sifat va samaradorlik, aynan o‘qituvchining salohiyati va kasbiy mahoratiga uzviy bog‘liq. O‘qituvchi tajriba va malakasining uyg‘unligi muvaffaqiyatlar garovi ekanligi sir emas. O‘qituvchining ijodkor va tashabbuskor bo‘lishi lozimligini buyuk nemis pedagogi A.F.Distervergning fikri ham tasdiqlaydi: “Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi”. Har bir pedagog pedagogik faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-tarbiyasining yanada samarali bo‘lishi uchun o‘z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini oshirishi, o‘quvchilar bilan bo‘ladigan munosabatlarni puxta o‘ylab, ularning ko‘ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi lozim

tải về 418.44 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương