Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



tải về 37.32 Kb.
trang1/3
Chuyển đổi dữ liệu20.04.2024
Kích37.32 Kb.
#57300
  1   2   3
Namuna MT

MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI




KOMPYUTER INJINIRING FAKULTETI KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI

MA’LUMOTLAR KOMMUNIKATSIYASI


fanidan mustaqil ish

SAMARQAND – 2024


MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
60610500 - Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi») yo’nalishi “Ma’lumotlar kommunikatasiyasi” fanidan


MUSTAQIL ISH № 1


Mavzu: Tarmoq sathi qurilmalari


Bajardi: Jabborov M


Qabul qildi:

Ishni bahosi: ball


Samarqand – 2024


Mavzu reja:




1.Asosiy protokollar. Tarmoq sathida 2 xil protokol ishlaydi:.

2. Tarmoq sathida axborot almashinishda qo’llaniladigan IP-paketning tuzilishi.




1.Tarmoq sathida 2 xil protokol ishlaydi
1.Tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlarni harakatini yo’lga qo’yadi.
2.Marshrutlash protokollari – marshrutizator tarmoqlararo bog’lanishlar topologiyasi to’g’risida axborot to’playdi.
Tarmoq protokoli vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Murakkab tarmoqlarning qurilmalari o’rtasidagi paketlar uzatilishi;

  • Biron bir me’zon asosida paketlarni uzatish uchun eng muqobil marshrutni aniqlash;

  • Kanal pog’onasi protokollarini moslashtirish (murakkab tarmoq miqiyosida).

Tarmoq protokollariga IPv4 va IPv6 protokollari kiradi.
Marshrutlash protokollari. TCP/IP protokollari stekining yo’nalish axborotlari bilan almshishning hamma protokollari adaptiv protokollar sinfiga kiradi. Ular o’z navbatida ikki guruhga bo’lingan, ularning har biri quyidagi algoritmlar turi bilan bog’langan:

  • Masofa-vektor algoritmi (Distance Vector Algorithms, DVA);

  • Aloqa holati algoritmi (Link State Algorithms, LSA).

Masofa-vektor algoritmida eng ko’p qo’llaniladigan protokol – bu RIP. Aloqa holati algoritmi protokoli bu – OSPF.
IP (Internet Protocol) asosiy protokol – murakkab tarmoqlarda uzellar orasida paketlarni deytagrammali usulda uzatishni ta’minlab beradi (RFC 791);
Marshrutlash protokollari – marshrutizatorlarning o’zaro tarmoq konfiguratsiyasi haqidagi ma’lumotlarni almashinishi va marshrutlash jadvalini tuzish uchun mo’ljallangan. Marshrutlash protokollariga misollar: BGP (RFC 4271), OSPF (RFC 2328), RIP (RFC 1058);
IGMP (Internet Group Management Protocol) guruhini boshqarish protokoli – IP-protokoliga asoslangan tarmoqlarda ma’lumotlarni guruhli (multicast) uzatishni boshqarish uchun mo’ljallangan. IGMP ma’lumotlarni bir vaqtning o’zida
tarmoqning bir nechta tugunlariga uzatish uchun foydalaniladi, masalan, tele va radioeshittirishni tashkillashtirish uchun (RFC 3376).
Tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli ICMP (Internet Control Message Protocol) tarmoqda yordamchi vazifani o’ynaydi va u IP protokolni to’ldirishga xizmat qiladi. U paketni uzatishda yuzaga keladigan muammolarni to’g’rilash uchun mo’ljallanmagan: agar paket yo’qolsa, ICMP uni qayta jo’nata olmaydi. ICMP protokolining vazifasi boshqacha bo’lib, u foydalanuvchiga uning paketi bilan yuz bergan nostandart holatlarda xabar berish vositasi hisoblanadi. Bu vaqtda IP protokol paketni uzatadi va u haqida unutadi. ICMP protokol esa tarmoq bo’yicha paket harakatini «kuzatadi» va, agar marshrutizator tomonidan paket tashlab yuborilsa, bu xabar manba-bog’lamaga yetkaziladi. Bu orqali jo’natilgan paket va jo’natuvchi o’rtasida teskari aloqa o’rnatiladi.
Hozirgi vaqtda tarmoqlararo birgalikda harakatlanishni amalga oshiruvchi eng keng tarqalgan protokol IP protokolining 4-versiyasi (IPv4) hisoblanadi. IP- protikolining 6-versiyasi (IPv6) bosqichma-bosqicha joriy etilmoqda.
Transport pog’onasining asosiy protokollari:
TCP (Transmission Control Protocol) ulanishni boshqarish protokoli – amaliy jarayonlar o’rtasida xabarlarni ishonchli uzatishni ta’minlab beradi. Ishonchli yetkazib berishni amalga oshirish uchun mantiqiy bog’lanish, uzatilayotgan ma’lumotlarning to’liqligini nazorat qilish, ma’lumotlarni yetkazib berishni nazorat qilish va uzatilayotgan axborot oqimlarini boshqarishdan foydalanadi;
UDP (User Datagram Protocol) foydalanuvchi diagrammalari protokoli – ma’lumotlarni deytagrammali usulda uzatishni ta’minlaydi, tarmoq pog’onasi va amaliy jarayonlar o’rtasida aloqa vazifasini bajaradi.
Amaliy pog’ona protokollari: masofadagi tizimlar o’rtasida fayllarni uzatish protokoli (FTP), masofadagi terminalni emulyasiyalash protokoli (Telnet), elektron pochta protokoli, nomlarga ruxsat etish protokoli (DNS), gipermatnni uzatish protokoli (HTTP), IMAP, POP3, SNMP, SMTP, SSH, LDAP. Amaliy dasturlar pog’onasidagi protokollar foydalanuvchining kompyuterlarida joylashadi.

  1. tải về 37.32 Kb.

    Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương