Mavzu: Ustav kapitali hisobi Reja: Kirish Asosiy qism Korxonada ustav, qo’shilgan va rezerv kapitalini hisobga olishning ahamiyati, tarkibi va uni shakllantirish manbalari



tải về 69.83 Kb.
trang1/3
Chuyển đổi dữ liệu29.11.2023
Kích69.83 Kb.
#55828
  1   2   3
Karimboyev Xudoyshukur ustav kapitali
Manhwa


Mavzu: Ustav kapitali hisobi
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1.Korxonada ustav, qo’shilgan va rezerv kapitalini hisobga olishning ahamiyati, tarkibi va uni shakllantirish manbalari
2.Ustav, qo’shilgan va rezerv kapitalini buxgalteriya hisobida hisobga olish.
3.Ustav, qo’shilgan va rezerv kapitali auditini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish
Xulosa .


KIRISH
Bozor munosаbаtlаri shаroitidа mаvjud moddiy, moliyaviy vа boshqа resurslаrdаn oqilonа vа sаmаrаli foydаlаnish lozim. Rаqobаtgа bаrdosh berish – bu rivojlаnishning muhim omillаridаn sаnаlаdi. Аyniqsа, mulkchilik shakli turlicha bo’lgan korxonalarda xususiy kapital miqdorini ko’paytirish hamda undan samarali foydalanish muhim аmаliy аhаmiyat kаsb etаdi. Jumlаdаn Prezidentimiz o’z nutqidа “Iqtisodiyotimizdа yuz berаyotgаn ijobiy o’zgаrishlаrni yaqqol tаsаvvur qilish uchun quyidаgi rаqаmlаrni keltirib o’tmoqchimаn. 2012 yilda O'zbekistonda, dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, 77,8 trln. sumlik YaIM ishlab chiqarilib, uning real o'sishi 2011yilga nisbatan 8,3 foizni tashkil etdi.Iqtisodiyotning yuqori o'sish sur'atlari:
- mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash bo'yicha ishlab chiqilgan tadrijiy taraqqiyot dasturi va ichki talabni rag'batlantirishga doir chora -tadbirlarni izchil amalga oshirayotganligi;
- iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan siyosatni olib borilayotganligi;
- mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rolini sezilarli darajada oshayotganligi;
- moliya-bank tizimining barqaror va samarali faoliyat ko'rsatayotganligi evazigaerishildi.
2012 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 2011 yilga nisbatan 6,3 foizga oshdi va 41,7 trln. sumni tashkil etdi. Sanoatda ishlab chiqarishning yuqori o'sish sur'atlari farmatsevtika va mebelsozlik (o'sish sur'ati 18 foiz), , mashinasozlik va avtomobilsozlik (12,2 foiz), qurilish materiallari (11,9 foiz) hamda neft-kimyo (9,4 foiz) sohalarida kuzatildi”1 –deb tа'kidlаdilаr.
Bugungi kundа аyniqsа, bundаy nаtijаgа bevosita yurtboshimizning kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan dastur va chora - tadbirlari bevosita bog’liqdir. Zero, xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yurituvchi sub 'ektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali ko'rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga u darajada ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo'ladi. Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo'lish, uni doimiy tarzda ko'paytirib borish bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo'jalik yurituvchi sub'ektning, shu jumladan aksionerlik jamiyatlarining rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element bo'lib hisoblanadi.

1.Korxonada ustav, qo’shilgan va rezerv kapitalini hisobga olishning ahamiyati, tarkibi va uni shakllantirish manbalari


Bоzоr iqtisоdiyoti qarоr tоpib, rivоjlanib bоrish shartlaridan eng muhimi fоyda оlib ishlash hisоblanadi. Shu ma’nоda har qanday iqtisоdiy harakat natijasi albatta fоydalilikni, manfaatlikni ta’minlashi kеrak. Bugungi rеjali bоzоr iqtisоdiyotining asоsiy jihati shundaki, sоtsialistik tuzumdagi rеjali iqtisоdiyotda farqli o’larоq har bir iqtisоdiy sub’yеkt uchun kеng imkоniyotlar оchib bеradi.Ma’muriy bоshqarish yoki rеjalashtirishda, хo’jalik fоaliyatini tashkil qilish, bоshqarishning shakl va uslublari tizimidagi tubdan o’zgarishlar asоsida bоshlangan bоzоr iqtisоdiyotiga o’tib bоrish, iqtisоdiy harakatga bo’lgan ishtiyoq va erkinlikni o’stirgan hоlda, aniq va o’z nоmidan mulk va yutuqlar egasi sifatida chiquvchi harakat sub’yektlarini qarоr tоpishiga imkоn bеrmоqda. Eng katta yutug’imiz shuki, ayni paytda kоrхоnalar to’la davlat tasarrufidan chiqarildi va turli mulkchilik shaklida fоaliyat yuritayotgan kоrхоnalarga aylantirildi. Erkin bоzоr munоsоbatlariga asоslangan sharоitda ishlab chiqarish, tijоrat va tadbirkоrlik faоliyatini yo’lga qo’yish va yuritishdan eng asоsiy maqsad yuqоri natijaviylikga erishish hisоblanadi. Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali ko'rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyalini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo'ladi.
Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo'lish, uni doimiy tarzda ko'paytirib borish bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo'jalik yurituvchi sub'ektning, shu jumladan ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning ham rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element bo'lib hisoblanadi.
Xususiy kapital hisobi hozirgi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudrat darajasi qay darajada ekanligini bildiradi. Shu taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6 – sessiyasida qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunida ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16 – moddasiga ko’ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5 – shakl “Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot” deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda ham boshqa mulk shaklidagi korxonalar singari buxgalteriya hisobining ob'ekti bo'lib, moliyaviy xo'jalik faoliyatini shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu bilan birgalikda ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida shu mulk shaklining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga olish shart bo'lgan ob'ektlar ham mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday ob'ektlaridan biri korxona va tashkilotlarda mulkni tasarruf etish, boshqarish va unga egalik qilish usuli yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat ko'rsatishdir. Buxgalteriya hisobida bu jarayon o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga aksiya chiqarish va uning muomalasi bilan bog'liq operatsiyalar, xususiy (ustav) kapitali, qimmatli qog'ozlar, daromad (foyda), dividend to'lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti kabi jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda buxgalteriya hisobining o'ziga xos bo'lgan hisob ob'yektlardir.Ushbu ob'yektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim fundamental tamoyillaridan biri bo'lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslaniladi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:
AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR
Bu tenglikdan ko'rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo'jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004 yil 15 yanvaridagi 5-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot”ning 5-shaklida xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir deb ko'rsatilgan: ustav kapitali, qo'shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.

Xususiy kapital








Maqsadli jamg’armalar

Ustav
kapitali


Taqsimlanma-gan foyda


Zaxira
kapitali



Qo’shilgan kapital

1-chizma. Xususiy kapitalning tashkil topish manbalari


Xususiy kapital deganda, xo'jalik yurituvchi sub'ektga tegishli bo'lgan mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan kapitalning o'rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya'ni:
Kx = Kj - Kq
Bunda:
Kx - xususiy kapital.
Kj - jami kapital.
Kq-qarzga olingan kapital
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha belgilar bo'yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish manbalarini olish zarur deb hisoblaydilar. Ularni tasniflashda moddiylik belgisini, turgan joyi, faoliyatda ishtirok etish darajasini ham e'tirof etish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, tasniflash belgilarining tartibini to'g'ri asoslash ham uni o'rganishda muhim omildir. Chunki, bu tizimni aniq belgilash xususiy kapital elementlarini bosqichma-bosqich birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali schyotlarda aks ettirish, ular to'g'risidagi ma'lumotlarni umumiylikka qarab yig'ish, jamlash, to'plashning yaxlit tizimini yaratishga imkon beradi. Bu esa nazariy va metodologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi quyidagi ketma –ketlikdan tashkil topishi lozim:


Turgan joyi bo’yicha





Moddiyligi bo’yicha




Xizmat muddati bo’yicha



Faoliyatda ishtirok etish darajasi bo’yicha





Turi yoki ko’rinishi bo’yicha




Tashkil topish manbasi bo’yicha

2 – chizma. Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi


Ushbu chizmaga ko’ra, xususiy kapitalni tasniflashning yuqori bo'g'inida uning moddiylik belgisi turadi. Ushbu belgisiga ko'ra, korxona va tashkilotlarning barcha xususiy kapitalini ikki guruhga, ya'ni moddiy xususiy kapital va nomoddiy xususiy kapitalga ajratish mumkin.
Moddiy xususiy kapital deganda, korxona va tashkilotlarining moddiy bo'lgan barcha aktivlari tushuniladi. Korxonalarning barcha moddiy xususiy kapitali barcha aktivlaming bir qismi sifatida buxgalteriya balansining «AKTIV» qismida joylashadi. Nomoddiy xususiy kapital o'z ifodasini nomoddiy aktivlarda topadi. Bu ham buxgalteriya balansining aktiv qismida joylashadiXizmat muddati belgisi bo'yicha xususiy kapital korxona va tashkilotlarda qancha muddatda iqtisodiy samara berishi, ya'ni foyda keltirish bilan tasniflanadi. Ushbu belgi bo'yicha barcha xususiy kapitalni uzoq muddatli va qisqa muddatli xususiy kapitalga ajratish mumkin. Xizmat muddati belgisi sifatida buxgalteriya hisobida, odatda, bir yillik muddat qabul qilingan. Ushbu muddatga ko'ra bir yildan ko'p xizmat qiladigan xususiy kapital uzoq muddatli,1 yilgacha amal qiladigan xususiy kapital esa qisqa muddatli xususiy kapital hisoblanadi.
Uzoq muddatli xususiy kapitalga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar (patent, litsenziya, turli huquqlar, yangi g'oyalar va boshqalar) va bir yildan kam bo'lmagan muddatga qo'yilgan qo'yilmalar kiradi. Qisqa muddatli xususiy kapitalni adabiyotlarda (shu jumladan, 2004 yil 1 yanvardan qo'llanilib kelinayotgan buxgalteriya balansida) «aylanma aktivlar» deb ham ataydilar. Ularga ishlab chiqarish zaxiralari, tovar moddiy boyliklar, pul mablag'lari va boshqalar kiradi. Faoliyatda ishtirok etish darajasiga ko'ra barcha xususiy kapitallar faol va faol bo'lmagan xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. Odatda, aylamna mablag'lar, asosiy vositalarning faol qismi (mashina va mexanizmlar) korxona faoliyatida faol ishtirok etadi va ko'proq foyda keltiradi. Hisob-kitoblar bo'yicha boshqa mijozlarda bo'lgan xususiy kapital, ya'ni Debetorlik qarzlar korxona faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Turgan joyiga ko'ra xususiy kapital ekspluatatsiyadagi, ya'ni foydalanishdagi va zaxiradagi (konservatsiya qilingan) xususiy kapitalga bo'linadi. Foydalanishdagi kapital - bu korxona va tashkilotlarning moliyaviy -xo'jalik faoliyatini yuritishda qatnashayotgan kapitaldir. Zaxiradagi kapital esa vaqtinchalik qurilishi tugatilmagan binolar, sexlar, ishlab chiqarishga mo'ljallanib sotib olingan, lekin mablag' yetishmasligi sababli vaqtincha omborda turib qolgan uskuna va jihozlardan iboratdir.Turi va ko'rinish belgisiga ko'ra xususiy kapital real moddiy-tovar boyliklaridan iborat bo'ladi, ya'ni u, bino, inshootlar, materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar, pul mablag'lari va boshqalar hisobiga shakllanadi. Bular ham buxgalteriya balansida o'z aksini topgan.Korxona, tashkilot, turli jamiyatlarning xususiy kapitali, asosan, quyidagi manbalar hisobidan shakllanishini kuzatish mumkin, ya'ni: mulk egalariningmablag'laridan, ta'sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag'lardan va hokazolardan.Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi tashkil etilayotgan korxonalar o'z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday resurslar,odatda, korxona ta'sischilari tomonidan o'z xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulushi sifatida qo’shish bilan yaratiladi.
Ustav kapitali - huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislaritomonidan ta'sis hujjatlariga muvofiq qo'shilgan (to'langan) hamda korxonaningxo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moddiy boyliklar, pulmablag'lari va xarajatlar majmuidir.
Ustav kapitalining xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
*Ustav kapitalining miqdori korxona ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq belgilanadi va nisbatan doimiy harakterga ega bo‘ladi. Uning birlamchi miqdorini o‘zgarishi faqat korxona ustavini davlat qaydnomasidan qayta o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
*Ustav kapitalini haqiqatda shakllantirish vaqt bo‘yicha chegeralanadi.O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, korxonalar ustav kapitalini shakllantirishning oxirgi muddati bo‘lib ta’sis etilgan sanadan boshlab bir yil;
*Ustav kapitaliga ta’sischilarning hissalari uzoq va qisqa muddatli aktivlar bilan, ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital va moliyaviy investitsiyalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘lari bilan kiritilishi mumkin;
*Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini hissali usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni esa sof foydani ularning har biriga mos ravishda taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Davlat korxonalarida sof foyda taqsimlanmaydi va ustav kapitalining miqdorini oshirishga yo‘naltiriladi. Ustav kapitali korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllariga va mulk shakllariga bog‘liqdir. Davlat korxonalarida ustav kapitali unga davlat tomonidan birkitilgan mulklar majmuasidan tashkil topadi. Xususiy mulkchilik asosida tashkil etilgan korxonalarda ustav kapitali ta’sischilarning pay va badallaridan iborat bo‘ladi. Aksionerlik jamiyatlarida ustav kapitali chiqarilgan oddiy va imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatidagi summalarining yig‘indisidan tashkil topadi.
Kоrхоna ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnоmasiga muvоfiq qоidaga ko’ra, ta’sischilarning hissalari hisоbiga barpо etiladi. U kоrхоnaning хo’jalik faоliyatidan оlinadigan fоydasi hisоbiga, zarur bo’lganda ta’sischilarning maqsadli badallari hisоbiga ham to’ldirilishi mumkin. Kоrхоna ustav kapitaliga hissa sifatida binоlar, inshоotlar, qurilmalar va bоshqa mоddiy qiymatliklar: yer, suv va bоshqa tabiiy resurslardan fоydalanish huquqlari, shuningdek, bоshqa mulkiy huquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan fоydalanish uchun, «nоu-хau» va bоshqa nоmоddiy aktivlar); qo’shma kоrхоna ishtirоkchi davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirbоshlanadigan valyutalarda pul mablag’lari qo’shilishi mumkin. Korxona, tashkilotlar, birlashmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitaliga chet el valyutasida qo’shiladigan ulushlar «Chet el valyutasida amalga оshiriladigan muоmalalarni buхgalteriya hisоbi, statistik va bоshqa hisоbоtlarda aks ettirish tartibi tog’risida”gi Qonun talablariga muvоfiq amalga оshiriladi.Ustav kapitalini tashkil qilish amaldagi qonunlar va ta'sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta'sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko'ra baholanadi va hisobga olinadi. Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital rezervlar va taqsimlanmagan foyda bo'yicha buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
• Ustav kapitalini shakllanishi va ulardan foydalanishni nazorat qilish;
• Korxona muassislari, kapitalining shakllanish bosqichlari va aksiyalar turlari bo'yicha axborot to'plash;
• Ustav kapitalininig holati va harakati xususida hisobot tuzish bo'yicha ma'lumotlar olishni ta'minlash;
• Qo'shilgan kapital hamda rezerv kapitalininig shakllanishi bilan bog'liq muomalalani o’z vaqtida hisobda aks ettirish;
• Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o'z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish.
Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar o'z faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda. Bularga davlat mulki shaklidagi, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, ma'suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi, qo'shma korxona shaklidagi va boshqa korxonalar kiradi. Davlat korxonasining ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy resurslar va pul mablag'lari summasidir. Ustav kapitali hisobiga asosiy va aylamna mablag'lar shakllanadi. Korxonaga asosiy vosita mavjud ishlab chiqarish hajmiga va ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish ob'ektlariga qarab, aylanma mablag'lar esa normativlar asosida beriladi. Normativ yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi, ammo ularni taqsimlashni korxonaning o'zi mustaqil amalga oshiradi.
Amaldagi tartibga kо’ra korxona ustav kapitali miqdori uning ta’sis hujjatlarida qayd etilgan miqdoriga muvofiq bo'lishi kerak. Davlat korxonalari uchun yuqori turgan tashkilotning korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o'tkazish to'g'risidagi buyrug’i ta'sis hujjati hisoblanadi.Ba'zi hollarda davlat korxonasining ustav kapitali hajmi o'zgarishi mumkin. Ustav kapitali miqdorini faqatgina yuqori tashkilot o'zgartirishi mumkin.Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aksiyadorlari sotib oladigan aksiyalarining nominal qiymatidan iborat bo'ladi. Bunda chiqariladigan jami aksiyalaming nominal qiymati bir xil bo'lishi mumkin. “Akiyadоrlik jamiyatlar va aksiyadоrlarning huquqlarini himоya qilish to’g’risida”gi O’zbekistоn Respublikasi Qоnuniga muvоfiq оchiq turdagi aksiyadоrlik jamiyatlari (ОAJ) ustav kapitalining eng kam miqdоri jamiyat ro’yхatdan o’tkazilgan paytda qоnun hujjatlarida belgilab qo’yilgan to’rt yuz ming AQSh dllar miqdordan kam bo’lmasligi, yopiq turdagi aksiyadоrlik jamiyatlari (YAJ) ustav kapitali esa
jamiyat ro’yхatdan o’tkazilgan paytda qоnun hujjatlarida belgilab qo’yilgan bir yuz ellik ming AQSh dollar miqdordan kam bo’lmasligi kerak.Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko'payishi yoki kamayishi mumkin. “Aksiyadоrlik jamiyatlari va aksiyadоrlarning huquqlarini himоya qilish to’g’risida”gi O’zbekistоn Respublikasi qоnunining 21-mоddasiga muvоfiq “Jamiyatning ustav fоndi aksiyalar nоminal qiymatini оshirish yoki qo’shimcha aksiyalarni jоylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin”.Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish favqulodda hollarda yuz beradi va uni ko'paytirishdagi singari tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorining kamayishi aksiyalar umumiy sonining qisqarishi bilan bog'liq bo'ladi. Shu jumladan, jamiyatning o'zi haqini keyinchalik to'lash bilan aksiyalami sotib olishi ham shu hisobga kiradi.
Amaldagi qonunlarga binoan aksiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga hissa tariqasida pul bilan baholanadigan va ta'sischilar tomonidan jamiyat aksiyalari haqini to'lash uchun kiritiladigan moddiy boylik, mulkiy yoki o'zga huquqlami to'lashlari mumkin. Jamiyat ta'sis etilayotganda uning aksiyalari pulini to'lash shakllari jamiyatni tashkil etish to'g'risidagi shartnoma yoki jamiyat ustavida, qo'shimcha akiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar pulini to’lash ularni joylashtirish to’g’risidagi qarorda ko’rsatiladi.Aksiyador ta’sis yig’ilishi belgilanga muddatlarda, ammo jamiyat ro’yxatdan o’tgandan keyin bir yildan kechikmay aksiyalarning to’liq pulini to’lashi kerak. Aksiyalarni sotib olish muddati o’tganidan keyin aksiyadorlar jamiyati ularni o’z ixtiyoriga qarab sotishga haqli.O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi IV–bob, 62–moddasiga muvofiq, mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaхs tоmоnidan ta’sis etilgan, ustav fоndi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo’yilgan miqdоrlardagi ulushlarga bo’lingan jamiyat tan оlinadi.Bunday jamiyat ustav kapitalidagi bo'lingan hissalar miqdori ta'sis hujjatlarida belgilab qo'yiladi. Uning ishtirokchilari majburiyatlar bo’yicha faqat o'z mulki doirasida javob beradi. Ma'suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko’payishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan hissa qo’shuvchilarning ko'payishi yoki kamayishi bilan yuz berishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisi o'z hissasini jamiyat ro’yxatga olingan sanadan keyin bir yil davomida to’lashi lozim. Amaldagi qonunchilikka binoan korxona,tashkilot va jamiyatlarda rezerv kapitali tashkil etiladi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 20 foizidan kam bo'lmasligi kerak. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o'tkazish yo'li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguncha tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona ko'rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun dividend to'lash, aksiyadorlar talabiga ko'ra aksiyalarni qayta sotib olish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun mo'ljallangan.Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda solig'i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo'li bilan yoki o'tkazma hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo'yicha hisobda aks
ettiriladi.
Qo’shilgаn kаpitаl - аksiyalаrni nоminаl qiymаtidаn yuqоri bo’lgаn nаrхlаr bo’yicha birinchi bоr sоtilishidа vujudgа kеlgаn emissiya dаrоmаdi vа Ustav kаpitаlini shаkllаntirishdаgi kurs fаrqlаrini hisоbgа оlish uchun mo’ljаllаngаn.Sоtib оlingаn хususiy aksiyalаrni jаmiyat o’z bаlаnsidа ushlаb turishi yoki ulаrni jаmg’аrmа bоzоridа qаytаdаn sоtishi mumkin. Aksiya egаlаri
qаrоri bilаn ustav kаpitаli sоtib оlingаn хususiy aksiyalаr summasigа kаmаytirilishi, aksiyalаrning o’zi esа bеkоr qilinishi mumkin. Lеkin, O’zbekiston Respublikasining "Aksiyadоrlik jаmiyatlаri vа aksiyadоrlаr huquqini himоya qilish to’g’risidа"gi Qоnunigа muvоfiq bundаy aksiyalаr hisоbdа bir yildаn оrtiq bo’lgаn muddаtdа ushlаb turilishi mumkin emаs. Taqsimlanmagan foyda – foydaning jamg’arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo’shilishi mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning barcha yillar bo’yicha faoliyati va hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasi bir –biridan farq qiladi. Foydani taqsimlash to’g’risidagi qarorni xo’jalik yurituvchi sub’yektning mulkdorlari (aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi, MCHJ ishtirokshilarining yig’ilishi, xususiy korxona egasining qarori) qabul qiladi.
Taqsimlanmagan foyda quyidagilarga ishlatilishi mumkin:
*Ustav kapitalini ko’paytirishga;
*Rezerv kapitalini yaratish va to’ldirishga;
*Aksionerlarga dividend to’lashga;
*Zararlarni qoplashga;
*Mulkdorlarning qarori bo’yicha boshqa maqsadlarga.
*Aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanishi lozim bo'lgan majburiy to'lovlar va barcha soliqlar to'langandan keyin korxonada qoladigan foydaning bir qismi dividend hisoblanadi.
Odatda, dividendlar hisobot yili yakunlari bo'yicha hisoblanadi. Biroq aksiyadorlik jamiyatlari har chorakda va yarim yilda bir marta, agar bu jamiyat ustavida taqiqlanmagan bo'lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lash to'g'risida qaror qabul qilishga haqli. Yillik dividendlarni to'lash sanasi aksiyadorlik jamiyati ustavida yoki aksiyadorlar yig'ilishi qarori bilan belgilanadi.Korxona rahbariyati tomonidan dividendlarni to'lash e'lon qilinganidan so'ng, agar ular kelasi yil uchun to'lanadigan bo'lsa, joriy majburiyatlar sifatida hisobda aks ettiriladi. Grantlar, subsidiyalar va beg'araz yordamlarni hisobga olish 1998-yil 3-dekabrda Adliya Vazirligi tomonidan 562-raqam bilan tasdiqlangan “Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash” nomli 10-son BHMS bilan tartibga solinadi.
*Grantlar deganda ijtimоiy хususiyatgа egа mаqsаdlаr, iqtisоdiyotni rivоjlаntirish, ilmiy-tехnik vа innоvаtsiоn dаsturlаrni bаjаrish uchun Hukumаt, nоdаvlаt, хоrijiy hаmdа хаlqаrо tаshkilоtlаr vа jаmg’аrmаlаr tоmоnidаn ko’rsаtilаdigаn tеkin, gumаnitаr yoki mоddiy-tехnik mаblаg’lаr tushunilаdi.
*Subsidiyalar – bu korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish maqsadida ma’lum bir shartlarga ko’ra davlat tomonidan pul va moddiy aktivlar bilan berilgan yordam summasi. Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamg'armalar tomonidan muhim dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan taqdim etilishi mumkin.
*A’zolik badallari – bu jamiyatning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilangan a’zolik badallari summasi. Yig’ilgan a’zolik badallari jamiyatning faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi. Jamiyat tugatilganda to‘plangan a’zolik badallari uning qarzlarini qoplashga yo’naltiriladi.
*Maqsadli foydalanish uchun soliq imtiyozlari- bu davlat qonunlari asosida korxonani maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliqlardan ozod etish natijasida to’plangan mablag’lar majmuasi. Ushbu maqsadli tushumlarning hisobi maxsus Nizomga, shuningdek 21- son BHMS ga muvofiq yuritiladi.
*“Kelgusi davr xarajatlari va to'lovlar rezerv” hisobvarag’i bir maromda xarajat va to'lovlarani ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo'li bilan belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar holati va harakati to'g'risidagi ma'lumotlami jamlash uchun qo'llaniladi. Xususan, ushbu hisobvaraqda asosiy vositalami ta'mirlash bo'yicha kelgusi xarajatlar summasini aks ettirish mumkin.Хаrаjаtlаrgа qo’shilаdigаn summalаrni rеzеrvlаsh qоnun hujjаtlаri, shuningdеk O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 1999-yil 5-fеvrаldаgi 54-sоnli qаrоri bilаn tаsdiqlаngаn “Mаhsulоt (ishlаr, хizmаtlаr)ni ishlаb chiqаrish vа sоtish хаrаjаtlаrining tаrkibi hаmdа mоliyaviy nаtijаlаrni shаkllаntirish tаrtibi to’g’risidа”gi Nizоmi bilаn tаrtibgа sоlinаdi. Buxgalteriya Hisobi Xalqaro Standartlariga muvofiq bunday rezervni tashkil qilish tavsiya qilinmaydi. Chunki korxona uni tashkil etishda o'z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va foydani kamaytiradi.Tijorat korxonalari, agar hisob siyosatida bu aks ettirilgan bo'lsa, faqat sof foyda hisobiga rezerv tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun rezervdan foydalanishda soliq solinadigan baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil qilish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi.

tải về 69.83 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương