Kompyuter injiniringi fakulteti



tải về 0.64 Mb.
Chuyển đổi dữ liệu05.06.2023
Kích0.64 Mb.
#54803
5-labaratoriya ishi Uralova.S


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI



KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
3-BOSQICH KI - 11 - 20- GURUH TALABASINING
O’rnatilgan tizimlar.
fanidan
5-labaratoriya ishi
Bajardi: Uralova.S
Qabul qildi: Dilmurodov.Z
5-Laboratoriya ishi
Mavzu: Rele. Releni tranzistor orqali boshqarish.
Fotoqarshilik. Yoruglik diodlarini yoqish yoki ochirish orqali yoruglik darajasiga ishlov berish.
Rele. Releni tranzistor orqali boshqarish.
Rele elektr bilan boshqariladigan almashtiruvchi uskuna(viklyuchatel). U bitta yoki bir nechta boshqaruv signallari uchun kirish terminallari to'plamidan va ishlaydigan kontaktli terminallar to'plamidan iborat. Viklyuchatel bir nechta kontakt shakllarida istalgan miqdorda kontaktlarga ega bo'lishi mumkin, masalan, kontaktlarni o'rnatish, kontaktlarni uzish yoki ularning kombinatsiyasi.

Rele rasmi

Elektromexanik rele sxemasi odatda to'rt jufti ochiq va bir juft yopiq kontaktlar bo'lgan boshqaruv katushkasini ko'rsatmoqda

Chang qopqog'i olib tashlangan avtomobil uslubidagi miniatyura relesi
Relelar mustaqil past kuchli signallar orqali sxemani boshqarish kerak bo'lgan yoki bir nechta sxemalar bir signal orqali boshqarilishi zarur bo'lgan joylarda ishlatiladi. Relelar birinchi marta shaharlararo telegraf zanjirlarida signal takrorlagichlari sifatida ishlatilgan, ya'ni bir sxemedan boshqasiga uzatish orqali signallar yangilanib yetib kelgan. Mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun telefon stansiyalarida va dastlabki kompyuterlarda rele keng qo'llanilgan.
Relening an'anaviy shakli kontaktlarni yopish yoki ochish uchun elektromagnitdan foydalanadi, lekin relelar ishlatadigan boshqa ishlash tamoyillarini ham yaratishgan. Masalan, qattiq holatdagi(solid-state) relelardagi yarimo'tkazgichning harakatlanuvchi qismlarga tayanmasdan boshqarish xususiyatlari. Rele bilan kalibrlangan operatsion xususiyatlar va ba'zida murakkab operatsion katushkalar elektr zanjirlarni ortiqcha kuch yoki nosozliklardan himoya qilishga ishlatiladi. Zamonaviy elektr energiya sistemalarida bu funksiyalar haligacha himoya relelari deb ataluvchi raqamli asboblar orqali bajarilgan.
Latching relelari doimiy almashib ishlashi uchun faqat yagona boshqaruv energiyasining pulsini talab qiladi. Boshqa puls boshqaruv terminallarining ikkinchi to'plami yoki qarama-qarshi qutbli impuls uchun qo'llaniladi, bir xil turdagi takroriy impulslar hech qanday ta'sir ko'rsatmasa, kalitni qayta o'rnatadi. Magnitli latching relelari uzilgan quvvat rele boshqarayotgan zanjirlarga ta'sir qilmasligi kerak bo'lganda ilovalarda foydali hisoblanadi.U asosan o'z-o'zidan ochiluvchi eshiklarda ishlatiladi



2.Fotoqarshilik. Yoruglik diodlarini yoqish yoki ochirish orqali yoruglik darajasiga ishlov berish.
Fotorezistor (foto va rezistor) elektr qarshiligi yoritilganligiga bogʻliq boʻlgan yarimoʻtkazgichli rezistor; optoelektronika asbobi. F.ning asosiy qismi dielektrik asosga surilgan yorugʻlik sezgir yarimoʻtkazgich qatlami (qoʻrgʻoshin yoki kadmiy sulfidlari, kadmiy selenidi va boshqalar) yoki yarimoʻtkazgich plastinkasi. Qatlam (plastinka)ga tok oʻtkazuvchi kontakt (elektrod) lar joylashtiriladi. Namlik va boshqa taʼsirlardan sakdash uchun F. maxsus qoplamaga olinadi yoki germetiklanadi. F.larning solishtirma integral sezgirligi ancha katta, biroq ular nisbatan inersion, yorugʻlik koʻrsatkichlari chizikli boʻlmaydi. F.lar infraqizil, koʻrinuvchi, ultrabinafsha, rentgen va gamma nurlanishlarning intensivligini oʻlchashda, fototelegraf alokada, tovush eshittirish qurilmalari, kuzatuvchi tizimlar, yorugʻlik relelari va boshqalarda qoʻllanadi.
Laboratoriya ishimi bajarish odatdagiday Arduino IDE va Proteus muhitidan foydalanamiz:






4-rasm. Proteus muhutida sxemalarni yig’ilgan holati


Proteus muhutida sxemalarni yig’ib bo’lgandan so’ng arduino mihutida yozilgan dastur kodni hex. Faylini korsatishimiz kerak boladi 6-rasmda korsatilgan.


5-rasm. Arduino muhutida yozilgan dastur kodining hex. faylini korsatish


Hex.fileni korsatganimizdan keyin proteus muhutidan play tugmasini bosib ishga tushuramiz.


6-rasm. Dasturni ishga tushgan holati:


Dastur kodi:
int led = 13; // LEDning pin raqami bilan o'zgaruvchan
int ldr = 0; // fotorezistor
void setup() // sozlash protsedurasi
{
pinMode(led, OUTPUT); // LEDning chiqish ekanligini bildiring
}
void loop() // loop protsedurasi
{
if (analogRead(ldr) < 800) digitalWrite(led, HIGH);
else digitalWrite(led, LOW); // aks holda o'chirib qo'ying}
F
otorezistorni arduinoga ulash

#define PIN_LED 13


#define PIN_PHOTO_SENSOR A0
void setup() {
Serial.begin(9600);
pinMode(PIN_LED, OUTPUT);
}
void loop() {
int val = analogRead(PIN_PHOTO_SENSOR);
Serial.println(val);
if (val < 300) {
digitalWrite(PIN_LED, LOW);
} else {
digitalWrite(PIN_LED, HIGH);
}
}
tải về 0.64 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương