Amir Temur davri harbiy san’ati



tải về 167.1 Kb.
trang1/4
Chuyển đổi dữ liệu28.05.2024
Kích167.1 Kb.
#57768
  1   2   3   4
Amir temur va Boyazid jangi


Amir Temur davri harbiy san’ati
Amir Temur qo‘shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan tashkil topgan bo‘lsa-da, aksariyat hollarda piyodalar ham uzoq cho‘l safarlarida otlar bilan ta’minlanar, otliq askarlarning katta qismi piyoda tartibda jang qilishga ham o‘rgatilgan edi. Ular kamondan zarb bilan bexato otish lozim bo‘lgandagina otdan tushib, piyoda jangchilarga aylanardilar.

Otliq askarlar oddiy va saralangan jangchilarga bo‘linib, yengil va og‘ir otliq qo‘shinni tashkil etgan. Bundan tashqari, Sohibqironning xos navkarlari ham bo‘lgan.

Uning lashkarlari tarkibida asosiy askarlardan tashqari, yana quyidagilar mavjud bo‘lgan: 1) pontonchilar (ko‘chma ko‘priklar qurish ishlari bilan shug‘ullanuvchilar) va kemachilar (ular asosan Amudaryo va Sirdaryoda kemachilik bilan shug‘ullanuvchi kishilardan tanlab olingan; 2) naftandozlar (yunon olovini otuvchilar); 3) qamal qilish mashinalari va tosh otuvchi qurollar bilan ishlashni biladigan jangchilar. (Amir Temur qamal qilgan ko‘plab qal’alarning shunday qurollardan mohirona foydalanish natijasida qo‘lga kiritilgani qo‘shinning bu turi juda katta malakaga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Bu buyuk Temur yunonlar va rimliklar qal’alarni ishg‘ol qilish uchun qo‘llagan usullarni yaxshi bilganini ko‘rsatadi. Amir Temur Boyazidga qarshi jangda grigoryan olovini otuvchi moslamalarni fillar ustiga o‘rnatib qo‘llagan); 4) Sohibqiron tik qiyaliklarga chiqa oladigan, tog‘li hududdagi janglarga ko‘nikkan, tog‘ aholisidan tashkil topgan maxsus piyoda qismga ega bo‘lgan. Bu qism jangchilari Amir Temurga daralar, tog‘ yo‘llari va tog‘larda joylashgan qal’alarni ishg‘ol qilishda katta yordam bergan.

Sohibqiron Amir Temur urush boshlashdan avval oddiy otliq askarlar yoki yengil otliqlardan kamon, sadoq (o‘q-yoyi bilan), qilich, arra, bigiz, igna, taroq, arqon, bolta, o‘q uchun 10 ta poynak, qop, mesh (daryodan o‘tish hamda suv olib yurish uchun ishlatiladigan charm qop) va 2 ta otga ega bo‘lishni talab qilgan. Bundan tashqari, har 18 kishiga kigizdan ishlangan o‘tov olinishi shart bo‘lgan.

Saralangan jangchilar yoki og‘ir otliqlar dubulg‘a, qalqon, qilich, kamon va o‘q-yoy bilan qurollangan. Ularning har biri 2 ta ot va har 5 kishi bitta o‘tov olishi shart bo‘lgan (saralangan jangchilarning qurol-anjomlari ko‘p joyni egallagan hamda ular maxsus xizmatkorlarga ega bo‘lgan). Shuningdek, gurzi, oybolta, shamshir bilan qurollangan maxsus jangchilar bo‘linmasi ham mavjud bo‘lib, ular otlarining ustiga yo‘lbars terisidan yopinchiq yopganlar.

Manbalarda keltirilishicha, Amir Temur qo‘shinlari o‘nliklar, yuzliklar, mingliklar, tumanlar (10 ming yoki 12 ming jangchidan iborat qo‘shin) va boshqalarga bo‘lingan va ularga o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi va amirlar boshchilik qilganlar. Amirlar 12 darajaga bo‘lingan. Ular turli qabilalarga boshchilik qilib, darajasi, qabila tomonidan berilgan jangchilar soniga bog‘liq bo‘lgan.

Harbiy unvon berish. Har bir o‘nlikda saralangan jangchilar orasidan mulohazakor va mard jangchi tanlab olinib, qolgan 9 jangchining roziligidan so‘ng o‘nboshi etib saylangan; o‘nboshilardan esa faoliyati va qobiliyatiga qarab yuzboshi saylangan; 10 nafar yuzboshidan esa (harbiy ishlarda mohir va tajribaga ega amirlar farzandi yoki aslzodalar avlodidan bo‘lgan jasur kishilardan) mingboshi tayinlangan. Har bir boshliqning o‘rnini bosadigan yordamchisi bo‘lgan.

Maosh tayinlash. Pul munosabatlari bilan yaxshi tanish bo‘lmagan ko‘chmanchi xalqlar buyumlar qiymatini ot, qo‘y, tuya va boshqa narsalar bahosi bilan o‘lchaganlar. Shu tufayli Amir Temur jangchi maoshini shu jangchiga tegishli otning narxiga teng qilib belgilagan. A’lo darajadagi jangchi(bahodir)larning maoshi 2 tadan 4 tagacha ot narxiga teng bo‘lsa, yo‘lboshilar 10 ta jangchi oladigan maoshni, yuzboshilar 2 ta o‘nboshi oladigan maoshni, mingboshilar 3 ta yuzboshining maoshini olganlar. Tartibni buzgan jangchi o‘z maoshining o‘ndan bir qismidan mahrum etilgan.

Amirlar maoshi ularning darajasiga qarab ming va 10 minggacha ot narxi, Amir Temur avlodlariniki esa 12 minggacha ot narxi bilan belgilanib, ularga viloyat ham hadya etilgan. Ko‘rinib turibdiki, Sohibqiron bobomiz qo‘shin tuzish, ularni jang oldidan jangovar holatga keltirishda vaziyatni har tomonlama va to‘g‘ri baholagan, oqillik bilan qarorlar qabul qilgan. Buyuk sarkardaning qo‘shinlarni boshqarishga bunday jiddiy yondashishi uni doim g‘alabaga yetaklagan.

Amir Temur o‘zining “Temur tuzuklari” asarida shunday deydi: “...sardor aql-u tadbirkorlik bilan ish yuritib, shoshma-shosharlik qilmasin, chunki shoshqaloqlik shaytonning ishidir. Chorasi bo‘lmagan ishga kirishmasin, chunki undan qutulib bo‘lmaydi”. Amir Temur jahon harbiy ish tarixida 1 boʻlib qoʻshinni jang maydonida anʼanaviy 5 boʻlakdan farqli ravishda 7 qoʻlga boʻlib joylashtirish tartibini joriy etgan. Bu yangilik keyinchalik Toʻxtamish, Shayboniyxon singari sarkardalar tomonidan oʻzlashtirilgan. Ibn Arabshohning guvoxlik berishicha, Sohibqiron qoʻshinida ayollardan iborat boʻlinmalar boʻlib, ular erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalarini koʻrsatgan. Sohibqironning harbiy sanʼat rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlaridan yana biri — jang vaqtida qoʻshin qanotlarini dushman hujumidan muhofaza qilish va, oʻz navbatida, gʻanim kuchlarini yon tomondan aylanib oʻtib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism — qunbulning joriy etilishi boʻlgan. Bunday yangi harbiy qism Aleksandr, Gannibal, Chingizxon, Lyudovik XIV, Buyuk Fridrix kabi atoqli sarkardalar qoʻshinida boʻlmagan. Har 10 jangchi bir chodir, 2 belkurak, bir kerki, bitta oʻroq, bir arra, bir tesha, bitta bolta va 100 dona nina olib yurishi shart hisoblangan. Sara jangchilarning har 5 tasi bitta chodirga joylashgan. Oʻnbegining alohida chodiri va 5 ta qoʻshimcha oti boʻlgan. Yuzbegiga ham alohida chodir va 10 ta qoʻshimcha ot berilgan. Mingbegi chodirdan tashqari soyabon bilan ham taʼminlangan. Sohibqiron armiyasining turli boʻlinma va qismlariga 313 bek boshchilik qilgan. Ulardan dastlabki 100 tasi oʻnbegilik, ikkinchi 100 tasi yuzbegilik, uchinchi 100 tasi mingbegilik lavozimlarini egallagan.


ANQARA JANGI


Jangning birinchi davri – jangovar tartibning qanotlaridagi janglar. Boyazidning qo‘shini safardan toliqqanidan foydalanib, Sohibqiron birinchi bo‘lib engil otliqlar bilan zarba berdi, keyin esa o‘ng qanot avangardining serblarning qatoriga qilgan hujumi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. SHundan keyin butun o‘ng qanot jangga kiritildi va serblarning qatorlarini chap qanotdan va front ortidan o‘rab oldi, lekin serblar ayovsiz qarshilik ko‘rsatishda davom etdilar. CHap qanot avangardi boshida muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi, chunki 18 minglik yollangan tatar otryadlari Amir Temur tomoniga o‘tdi. Boyazidning o‘g‘li Sulaymon qo‘mondonligidagi turk qo‘shinining o‘ng qanoti chekinishni boshladi. SHu paytda Amir Temur, serb ritsarlarini turklarning asosiy kuchlaridan ajratib qo‘yish uchun ikkinchi chiziqdagi qo‘shinlarni jangga kiritdi, lekin serblar yorib o‘tishga va yanicharlar otryadi bilan birlashishga muvaffaq bo‘ldilar.
Jangning ikkinchi davri – Amir Temur qo‘shini tomonidan turk qo‘shinining asosiy kuchlarini qurshovga olinishi. Amir Temur zaxirani jangga tashladi, u turklarning asosiy kuchlarini qurshovga ola boshladi. Serb ritsarlari g‘arb tomonga chekina boshladi. Amir Temur qo‘shinlari
Jangning uchinchi davri yanicharlarni qurshovga olishni osonlik bilan oxiriga etkazdilar, ularni yanchib tashladilar, Boyazidni esa asirga oldilar.– turk qo‘shinlarining qolganqutganlarini ta’qib qilish. Sulaymon qo‘mondonligidagi turk qo‘shinlarining qolganqutganlarini ta’qib qilish uchun Amir Temur 30 mingta jangchini ajratdi, ularning 4 mingtasi otlarda beshinchi sutkada Brussaga etib keldi. Sulaymon o‘zining kichik bir otryadi bilan kemalarga o‘tirib suzib ketishga zo‘rg‘a ulgurdi.
Jangning to‘rtinchi davri – Kichik Osiyoning g‘arbiy O‘rta er dengizi qismini bosib olinishi. Sulton Boyazidning asosiy kuchlarini tormor etganidan keyin Amir Temur qo‘shini turk qo‘shinlarining qolganqutganlarini ta’qib qildi va Kichik Osiyoning O‘rta er dengizi qirg‘oqbo‘ylariga chiqdi. Amir Temurning harbiy san’ati haqida gap borganda, uning armiyasidagi taktika va strategiya qat’iyligi bilan ajralib turishini alohida ta’kidlab o‘tmasdan bo‘lmaydi. Bu kurashning strategik asoslarini faol hujumkor harakatlar va urush olib borishning usullari va shakllarini chuqur bilish tashkil etdi. Buyuk Sohibqiron harbiy san’atida tezkorlik manyovr taktikasi muhim ahamiyatga egadir. Amir Temur mana shu doimo uni mag‘lubiyatlardan asragan va g‘alabaga etaklagan marshmanyovrlarning ustasi edi. Amir Temur jang maydonida to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritish uchun taktik darajada teztez o‘z qo‘shinini manyovr qilib turdi. Amir Temurda jang davomida kerakli joyda kerakli vaqtda etib kelish qobiliyati bor edi. Bu hammasi unga to‘g‘ri va o‘z vaqtida qaror qabul qilishga va o‘z buyruqlarini bajarilishini nazorat qilishga imkon yaratdi. SHu bilan birga, buyuk sarkarda, urushda muvaffaqiyatga erishishda hamda strategik va operativtaktik rejalarni amalga oshirishdagi muhim omil – armiyaning qattiq markazlashgan boshqaruvida deb hisobladi. Markazlashgan boshqaruvning ma’nosi – armiyaning hamma qismlari yagona qo‘mondonlikka bo‘ysunishidadir. Barcha amirlar bosh qo‘mondonga bo‘ysungan edilar va o‘z majburiyatlarini aniq bajardilar. «Eskadron boshliqlariga men buyruqlarimni o‘ta aniqlik bilan bajarishni buyurdim. Boshliq yoki oddiy jangchi agarda mening topshiriqlarimni bajarishdan bosh tortsa yoki uni buzsa, qattiq jazoga tortdim», deb yozilgan edi «Temur tuzuklari»da. Amir Temur taktika va strategiyani ishlab chiqqan buyuk sarkardalardan biridir. U bahssiz donishmand davlat arbobi va iste’dodli sarkardalikni o‘zida mujassam etgan, o‘z zamonasining muvaffaqiyatli va kuchli harbiy boshlig‘i edi. Amir Temurning tarixiy buyukligi unga tarixning o‘zi tomonidan yuklatilgan bir qator vazifalarni bajarganligidadir.



tải về 167.1 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương