Annotatsiya: Ushbu maqolada oʼquvchilarga ekologik taʼlim berish, Eko -STEAM
taʼlimi fanlararo va oʼquvchilarni amaliyotga yoʼnaltirish Fizika, Biologiya, Geografiya,
Informatika, Texnologiya, Tasviriy sanʼat hamda muhandislik tafakkuri, tasavvur,
hamkorlik, ijodiy qobiliyatlarni namoyon qilish, sinfdan tashqari mustaqil taʼlim orqali
fanlararo ekologik madaniyatini shakllantirish haqida fikr yuritilgan.
Kalit soʼzlar: Eko-STEAM, atrof, muhit, oʼquvchilar, ekologiya, taʼlim, texnologiya, didaktika,
savodxonlik, amaliy, yondashuv, Eko-taʼlim dasturi, S–fan, T–texnologiya, E–muhandislik, A–sanʼat, M–
matematika, loyiha, integratsiya.
Yangi O‗zbekistonda zamonaviy ta‘lim muassasalaridagi integratsiyalashgan ta‘lim, o‗quvchining
bilim faoliyati va mustaqillik fikirlash hamda o‗quv amaliyotida yo‗naltirish ta‘lim sifatida yangi
natijalarga erishishga yordam beradi. Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasida belgilab berilgan
atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi yangi O‗zbekistonning ekologik ta‘lim-tarbiyasida ―Yangi
O‗zbekistonni barpo ekologik tarbiyalashda atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasida belgilangan
«Aholining ekologik madaniyatini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari
faoliyatining oshkoralik darajasini oshirish va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish‖ [1].
Atrof-muhitga g‗amxo‗rlik davlat siyosatining bir bo‗lagi bo‗lib, ishlab chiqarish korxonalarda
ekologik mas‘uliyat hissi paydo bo‗lmoqda. Shuning uchun kelajakda ekologik kasblar inson hayotining
barcha jabhalarida, tog‗-kon va qishloq xo‗jaligidan tortib turizm va moda sanoatigacha talabga ega
bo‗ladi.
STEM birinchi marta 90-yillarda Amerika Milliy Tashkiloti tomonidan paydo bo‗lgan. STEM
AQSh xalq ta‘limining asosiy qismi bo‗lishi kerakligini (fan, matematika, muhandislik va texnologiya)
tavsiya qildilinadi va ta‘limda qo‗llanila boshlandi.
Hozirda STEM ta‘lmi Avstraliya, Kanada va Singapur kiyinchalik esa Fransiya, Buyuk Britaniya,
Avstraliya, Isroil, Xitoy, Kanada, Turkiya STEM ta‘limi doirasida robototexnika yuqori texnologiyali
sanoatni rivojlantirishga STEM yondashuv elementlari maktabgacha, maktab ta‘limga joriy etildi.
Fanlararo o‗qitishda glabal ekologik muammolarni xal qilish maqsadida STEAM ta‘limiga ―Eko‖
termini ishlatdik va Eko-STEAM deb bildik. Eko-STEAM ta‘lim bu tadqiqot mavzusi o‗z yechimini
kutayotgan dolzarb pedagogik muammo. Biz ilmiy-tadqiqot ishimizda bo‗lajak o‗qituvchilarning Eko-
Steam ta‘lim kompetensiyalarni rivojlantirishda fanlararo yondashuv texnologiyalari ochish imkon berdi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: |