Reja: Ijtimoiy psixologiyaning tarixi haqida


Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasi



tải về 158.5 Kb.
trang2/6
Chuyển đổi dữ liệu30.01.2024
Kích158.5 Kb.
#56505
1   2   3   4   5   6
ijtimoiy psixologiya
Davrlar stuli, 55555
Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasi – barkamol avlod tarbiyasini ta`minlovchi barcha ma`naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlartning shakllanishini, insonning o`ziga va o`zgalarga ta`sir etishning mexanizmlarini o`rganish eng dolzarb masalalardandir.



1.3- sxema.
Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi. Bu sohadagi tadqiqot ob’ektlarida odamlarni guruhda va yakka holdagi xulq-atvorlarini o`rganish, kichik guruhlarning psixologik tuzilishi, ularga ro`y beradigan dinamik jarayonlar (uyushqoqliq, o`zaro moslik va hokazolar); guruhlardagi peshqadamlik va boshqarish psixologiyasi; konformizm hodisasi; jamoalarning shakllanish shartlari, turli guruhlararo munosabatlar. Guruhlardagi kishilar o`rtasida o`zaro muloqot, o`zaro bir- biriga ta’sir usullari, odamlarni samarali muloqotga o`rgatish ham guruhlar ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.
Ushbu sohani o`rganish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy fan sohalariga ishlab chiqarish ijtimoiy psixologiyasi va boshqarish psixologiyasi kiradi.
Shaxsni ijtimoiy psixologik jihatdan o`rganish. Shaxs ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning ob’ekti sifatida qaralganda, avvalo uning xulq-atvori, ijtimoiy motivlari, uning yo`nalishlari, xulq-atvor normalari, shaxsning jamiyatda turli ijtimoiy rollari, mavqei, ijtimoiy qo`shilish omillari - ijtimoiylashuvi; shaxsning o`z-o`ziga bahosi, munosabati, hurmati hamda ijtimoiy, tarixiy va madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta’siri, shaxs tiplari o`rganiladi.
Ommaviy ijtimoiy psixologik hodisalar. Ijtimoiy psixologiyaga ommaviy hodisalar deganda turli kishilar guruhiga shaxslararo munosabatlar va o`zaro ta’sir jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar, an’analar, udumlar, aqidalarning shaxs shakllanishidagi roli, olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va tushunishlari, o`zaro ta’sir masalalari tushuniladi. Hozirgi murakkab ijtimoiy hodisalar sharoitida ommaviy ijtimoiy psixologik qonuniyatlarni bilishning hamda ularni boshqarishning ahamiyati juda kattadir.
Oila-ijtimoiy psixologiyaning o`rganish ob’ekti sifatida.
Bu yerda oilaga xos psixologik jarayonlar oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikohdagi o`zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy-psixologik metodlari o`rganiladi.
Ijtimoiy tasavvurlar ijtimoiy psixologiyaning o`rganish ob’ektidir.
Ijtimoiy tasavvurlar shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanib, ular shaxs xulq-atvorini turli ijtimoiy vaziyatlarni boshqarib turuvchi muhim psixologik mexanizmdir. Ular individual va ijtimoiy ong o`rtasidagi o`ziga xos psixologik ko`prik bo`lib, bizning kundalik hayot tarzimiz, ob’ektiv borliqni tushunish va anglashning muhim vositasidir.

tải về 158.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương