O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang5/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Moliyaviy hisobot auditi fanining predmeti – xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
faoliyatining qonuniyligi va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligini 
ta’minlash bo’yicha auditorlik munosabatlarini o’rganish hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobot auditini o’tkazish va uni fan sifatida tadqiq etishda quyidagi 
me’yoriy hujjatlardan keng foydalaniladi: 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 23.01.2019 yildagi
“Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalarni tasdiqlash 
to’g’risida”gi buyruqqa o’zgartirishlar kiritish haqida 10-son buyrug’i; 

“Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy
tamoyillar” - 200-son XAS; 

“Moliyaviy hisobot auditi bo’yicha qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib 
chiqish” - 250-son XAS; 

“Auditni rejalashtirish” - 300-son XAS; 

“Auditda muhimlik” - 320-son XAS; 

“Auditorlik dalillar” - 500-son XAS; 

“Auditorlik dalillar - aniq moddalarga taalluqli qo’shimcha savollar” - 501-
son XAS; 

“Dastlabki moliyaviy hisobot auditida boshlang’ich qoldiqlar bo’yicha 
auditorning ma’suliyati” - 510-son XAS; 

“Tahliliy amallar” - 520-son XAS; 

“Ekspert xizmatidan foydalanish” - 620-son XAS; 

“Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi” - 700-son XAS; 

“Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar” - 710-son XAS; 

“Tekshirilgan moliyaviy hisobotlardagi boshqa axborotlar” - 720-son XAS; 

“Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish” - 810-son XAS; 

“Moliyaviy hisobotning sharhi bo’yicha kelishuv» - 910-son XAS; 

“Moliyaviy hisobotga taalluqli amallarni bajarish bo’yicha kelishuv” - 920-
son XAS; 

“Moliyaviy ma’lumotlarning kompilyatsiyasi bo’yicha kelishuv” - 930-son 
XAS va boshqalar. 


12 
Moliyaviy hisobot auditi maqsadlarini tushunish realizatsiya qilinishi 
auditorning kasbiy fikrlarini ifodalash uchun etarlicha isbot yig’ish imkonini 
beruvchi auditorlik amallari metodik asoslari shakllanishini ta’minlaydi. 
“Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar” 
nomli 200-son xalqaro audit standartiga muvofiq moliyaviy xisobot auditining 
maqsadi: auditorlarga moliyaviy hisobot barcha axamiyatli javxalari bo’yicha 
moliyaviy hisobotni taqdim etishga oid belgilangan kontseptual asosga muofiq 
tayyorlanganligi xaqida o’z fikrini bildirish uchun imkoniyat yaratishdir.
Moliyaviy hisobot auditining vazifalari: 
- Moliyaviy hisobot tarkibini tekshirish;
- Moliyaviy hisobot tuzish printsiplariga mosligini tekshirish;
- Buxgalteriya balansining to’g’riligini tekshirish; 

Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tekshirish; 
- Pul oqimi to’g’risidagi hisobotni tekshirish; 
- Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tekshirish.
Moliyaviy hisobot auditini tartibga soluvchi tamoyillar sifatida mustaqillilik, 
xalollik, xolislik, kasbiy bilimga egalilik va tegishli sinchikovlik, kasbiy xulq 
atvorga egalilik, texnikaviy standartlarga rioya qilish kabi tamoyillarni kiritish 
mumkin.
Moliyaviy xisobot auditining axborot manbalari bo’lib quyidagilar xizmat 
qiladi: 

Ta’sis xujjatlari;

Ta’sischilarning umumiy majlis bayonnomalari, qaror va buyruqlari; 
- Xisob siyosati;
- Moliyaviy xisobot shakllari;
- Buxgalteriya xisob registrlari;

Boshlang’ich xujjatlar.
Moliyaviy hisobotni hosil qilish pog’onalari 
- Moliyaviy hisobot moddalari ko’rsatkichlari
- Sintetik va analitik hisob reestrlari


13 
- Xo’jalik operatsiyalari
Auditorlik tekshiruvida dalillar to’plash amallari sifatida esa quyidagilarni 
kiritish maqsadga muvofiqdir:

Testlash orqali baholash 

Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish; 

Buxgalteriya hisobi tizimini bo’yicha testlash; 

Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan xisob siyosatini taxlili;

Solik hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatini taxlili;

Ishchi schetlar rejasini taxlil kilish. 
Mohiyati buyicha schetlarning qoldiq va oborotlarini tekshirish amallari: 
a) NAZORATLASH - bu qog’oz yoki elektron ko’rinishdagi yoki boshqa 
tashuvchilardagi tashqi va ichki hujjatlar yozuvlarini tekshirishni hamda material 
aktivlarni tekshirish aktivlarning inventarizatsiya tekshirishlardan tashkil topgan.
b) KUZATISH - boshqa shaxslar tomonidan bajarilgan muolaja va 
jarayonlarni o’rganishni o’z ichiga oladi;
v) SO’ROV - xo’jalik sub’ekti ishi bo’yicha yoki ishidan tashqari boshqa 
shaxslardan ma’lumot to’plash; 
g) HISOBLASH - bu buxgalteriya yozuvlarida va dastlabki hujjatlarda 
arifmetik aniqlikni tekshiradi.
Moliyaviy hisobot auditida ko’rsatkichlarni baholash va tasdiqlashga ta’sir 
etuvchi omillar sifatida quyidagi omillarni misol qilish mumkin: 
- Mavjudligi;
- Kelib chiqishining aniqligi;
- Xuquq va majburiyatlar;

To’laligi;
- Baholanishi;
- Aniqligi;
- Taqdim va oshkor qilish.
Moliyaviy hisobot auditi jarayonida eng ko’p qo’llaniladigan tahliliy amallar: 

xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotlari ko’rsatkichlarini uning 


14 
rejadagi ko’rsatkichlari bilan solishtirish;

moliyaviy hisobotlarning amaldagi ko’rsatkichlarini auditorlik tashkiloti 
tomonidan belgilangan prognoz ko’rsatkichlari bilan solishtirish; 

moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini amaldagi qonunchilik va me’yoriy 
hujjatlar yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zi tomonidan belgilanadigan 
me’yoriy hujjatlar bilan solishtirish; 
- moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan 
ko’rsatkichlar bilan solishtirish; 

moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini tarmoqning o’rtacha ma’lumotlari bilan 
solishtirish;

moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining vaqt o’tishi. 
Tekshiruv vazifalarini aniqlab borish, auditorlar xo’jalik muomalalari 
tarkibini, ularning hajmini, jadalligi, rasmiylashtirish va ro’yxatdan o’tkazish 
tartibini, korxonada qo’llaniladigan axborotlarga ishlov berish texnologiyalari va 
boshqa omillarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi lozim.

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương