Muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



tải về 2.72 Mb.
trang16/16
Chuyển đổi dữ liệu06.01.2024
Kích2.72 Mb.
#56242
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mustaqil ish 1

Priority Queuing - PQ). Agar siz ma'lum tarmoq trafigining ustuvor navbatga o'tishi kerakligini belgilasangiz, u holda yo'riqnoma nafaqat trafikning o'tkazish qobiliyatini ta'minlabgina qolmay,

balki unga birinchi tarmoqli kengligini ham kafolatlaydi. Misol uchun, sof CBWFQ-dan foydalangan holda, Citrix trafigi tarmoqli kengligining 50% kafolatlanishi mumkin, ammo marshrutizator boshqa trafik kafolatlarini taqdim etgandan so'ng u o'tkazish qobiliyatiga ega bo'lishi mumkin. LLQ bilan ustuvor trafik har doim boshqa kafolatlar bajarilishidan oldin yuboriladi. Bu VoIP uchun juda yaxshi ishlaydi, bu LLQ ni ovoz uchun afzal navbat algoritmiga aylantiradi; .
Multimediali tarmoq texnologiyalari

Raqamli uzatish tizimlarining jadallik bilan rivojlanishi, analog uzatish tizimlari bilan solishtirganda bir qancha afzalliklari bilan farq qiladi, masalan: shovqinga muvozanatliligining yuqoriligi, aloqa liniyasining uzunligiga uzatish sifatining zaif bog‘lanishi, aloqa kanallarining elektrik parametrlarini mо‘tadilligi, diskret xabarlarni uzatishda о‘tkazuvchanlik qobiliyatini qо‘llashning samaradorligi va boshqalar. Telegraf aloqa о‘rniga ma’lumotlarni uzatish, elektron pochta, faksimil aloqa kabi xujjatli elektr aloqa turlari kirib keldi. Bir vaqtning о‘zida aloqa xizmatlarining soni oshishi bilan, oddiy telefon xizmatidan tortib to integral raqamli aloqa tarmoqlarini ta’minlovchi multimedia xizmatlarigacha ularning sifati о‘zgaradi. Kо‘pgina mutaxassislar, telekommunikatsiya texnologiyalarining keyingi evolyusiyasi, axborotlarni uzatish tezligini oshirish, tarmoqni intelektuallashtirish va foydalanuvchilarning mobilligini ta’minlash yо‘nalishi bо‘yicha ketadi deb takidlashmoqda. Tezlikning yuqoriligi. Tasvirlarni uzatish, jumladan televizion, multimedia ilovalarida turli kо‘rinishdagi axborotlar integratsiyasi, lokal, shahar va territorial tarmoqlar uchun zarur. Intellektuallik. Tarmoqning moslashuvchanligini va ishonchliligini oshirish, global tarmoqlarni ancha oson boshqarish imkonini beradi. Tarmoqning intelektualligi tufayli xizmatdan passiv foydalanuvchi aktiv mijozga aylanadi ya’ni mijoz zarur bо‘lgan xizmatga buyurtma bergan holda, о‘zi tarmoqni faol boshqarishi mumkin. Mobillik. Elektron qurilmalarni miniatyurizatsiyalash sohasidagi
muvoffaqiyatlar, ularning narxini pasayishi, yakunlovchi mobil qurilmalarni global tarqalishiga zamin yaratadi. Bu, har qanday joyda va har qanday vaqtda har bir talabgorga aloqa xizmatini yetkazishni real masalasi hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoning axborot telekommunikatsiya infrastrukturasi orqali uzatiladigan axborot hajmi har 2-3 yilda ikki martaga oshib bormoqda. 5.1.2.

Zamonaviy aloqa tarmoqlariga bо‘lgan talablar 219 Kelajakdagi aloqa tarmoqlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: - multiservislik - transport texnologiyalariga xizmatlarni yetkazuvchi texnologiyalarning bog‘liq emasligi; - keng polosalilik - odatda foydalanuvchi talablariga bog‘liq holda keng diapazonda axborotni uzatish tezligini mos reyingga dinamik о‘zgarishi imkoni; - multimedialik - tarmoqni, real vaqtda va murakkab ulanish konfiguratsiyasini qо‘llagan holda, kо‘p komponentli axborot (ovoz, mazkur video, audio)larni shu komponentlar uchun zarur bо‘lgan sinxronizatsiya bilan uzatish qobiliyati; - intellektuallik - foydalanuvchi yoki xizmatlarni ta’minlovchi tomondagi chaqiriq yoki ulanish xizmatlarini boshqarish imkoni; - invariantlik ulanish - qо‘llanilayotgan texnologiyalarga bog‘liq bо‘lmagan holda xizmatlarga ulanishni ta’minlash imkoni; - kо‘p operatorlik - xizmatlarni taqdim etishda va ularning mas’uliyatini faoliyat soxasiga mos xolda taqsimlashda bir nechta operatorlarning qatnashishi. Shuningdek kelajakdagi aloqa tarmoqlariga bо‘lgan talablarni shakllantirishda xizmatlarni ta’minlovchining faoliyatini xususiyatlarini hisobga olish lozim. Xizmatlarni ta’minlovchiga bо‘lgan talablarga quyidagilar kiradi: - “multioperatorlik” muhitida qurilmalarning ishini ta’minlash imkoniyati ya’ni bir nechta aloqa operatori tarmog‘iga (jumladan ulanish satxiga ham) ulanish uchun interfeyslar sonini oshirish; - birgalikda yetkazish uchun xizmatlarni ta’minlovchi uzellarni birgalikda ishlashini ta’minlash; - qurilmalarning

dastlabki minimal narxini belgilashda “masshtablanuvchan” texnik yechimlarni qо‘llash imkoni. Hozirgi vaqtda kanallarni va paketlarni kommutatsiyalashga ega bо‘lgan mavjud umumiy foydalanuvchi aloqa tarmoqlari yuqorida aytib о‘tilgan talablarga javob bermaydi. Odatdagi tarmoqlarning imkoniyatlarini chegaralanganligi yangi infokommunikatsiya xizmatlarini yaratish yо‘lida bardosh berish omili hisoblanadi. Boshqa tomondan yetkaziladigan infokommunikatsiya xizmatlarining hajmini oshishi, mavjud aloqa tarmoqlarining bazaviy xizmatlarini, chaqiriqlarga xizmat kо‘rsatish sifat kо‘rsatkichlariga salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Bularning barchasi, peying avlodning aloqa tarmoqlarini yaratish yо‘nalishida, odatdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish usullarini 220 rejalashtirishda infokommunikatsiya xizmatlari mavjudligini hisobga olish lozimligiga majbur qiladi. 5.1.3. Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari “Aloqa tarmog‘i” terminini ikki nuqtai nazardan qarash mumkin. Birinchidan, aloqa tarmog‘ini, ma’lumotlarni almashish uchun texnik vositalar majmuasidan iborat bо‘lgan mustaqil obyekt kabi qarash mumkin. Ikkinchidan, aloqa tarmog‘ini, global axborot infrastrukturasi (GAI)ni muhim komponenti deb qarash mumkin. Oxirgi tushuncha, xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan XX asrning oxirlarida, axborot va elektr aloqaning rivojlanishini shakllantirish bо‘yicha ishlar oxiriga yetgandan keyin kiritilgan. GAI, aloqa tarmoqlarining majmuasi, foydalanuvchi qurilmalari, axborot va insonlarning resursi kabi qaraladi. GAIning asosiy vazifasi foydali ma’lumotga ulanishni ta’minlash va аbonentlar orasidagi aloqani o’rnatishdan, shuningdek ishlash, о‘qish va kо‘ngil ochar tomosha qilish uchun yaxshi sharoitni yaratishdan iborat. GAIning funksional imkoniyatlari, kelajakda ma’lumotlarni vaqti va joyiga bog‘liq bо‘lmagan holda, ma’qbul tarif hamda butun dunyo masshtabida yetkazishdir. Har qanday turdagi telekommunikatsiya tizimlarini taxlil qilish uchun ITU tomonidan tavsiya etilgan modeldan boshlaymiz. Quyidagi rasmda taqdim etilgan bu model, bulutlar kо‘rinishida tasvirlangan 4 ta komponentdan iborat. ITU tomonidan tavsiya etilgan telekommunikatsiya tizimlarining modeli








tải về 2.72 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương