Mavzu: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loyhalashtirishning texnologiyalari


O‘quvchilarga matematika fanidan ijodiy ishlardan foydalangan holga o‘rgatish metodikasi



tải về 252.5 Kb.
trang3/6
Chuyển đổi dữ liệu17.04.2024
Kích252.5 Kb.
#57269
1   2   3   4   5   6
4-SINFDA MATEMATIKADAN OʻQUVCHILARNI IJODIY ISHLASHGA OʻRGATISH METODIKASI

1.2. O‘quvchilarga matematika fanidan ijodiy ishlardan foydalangan holga o‘rgatish metodikasi
Jamiyat taraqqiyotidagi islohotlar zamonaviy texnologiyaga bo‘lgan talabni oshirib, uzluksiz talimning barcha boginlarida moddiy-texnik bazani yaxshilashga etibor qaratishda ijodiy yondashishni talab qiladi. Bolaning ijodiy qobiliyatlarinini rivojlantirish va yaxshilash hammaga ma'lum narsalarni o‘zgartira olishi va ijodiy foydalana bilish, sifat jihatdan yangiliklarni yaratish juda katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Bolaning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish, albatta, uning bevosita faoliyatida namoyon bo‘ladi va rivojlanadi. K.Rodgers "Ijod - o‘z-o‘zini kuchaytirish demakdir" degan asarida, ijodiy shaxs uchun eng asosiy
savollardan birini beradi: "Mening hayot tarzim o‘zimni qoniqtiradimi yoki to‘g‘ri talqin etadimi? Bolaning ushbu savolga javobi uning kasbiy va ijodiy cho‘qqilarga intilishi, yuqori ijodiy malakali va o‘zini ijodiy tomondan to‘la namoyish etishga intilishi kreativ shaxs bo‘lish" motivini uyg‘otadi. Har bir bolaning o‘zini-o‘zi rivojlantirishi va o‘zini-o‘zi namoyon eta olishi bevosita uning ijodiy qobiliyatiga egaligi bilan bog‘liq.
Bola o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o‘ganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bolalarning ijodiy qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun uzoq yillar davomida poydevor qo‘yiladi va ma'lum faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda bolaning o‘zini-o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Bola ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur.
Ijodiy intellektual qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi, hayot tajribasiga nimadir yangilik olib kirilishi, yangi muammolarni qo‘yish va hal etishdagi betakror g‘oyalarning tug‘ilishi, muammoni hal etish va farazlarni shakllantirishda tafakkurning stereotip usullaridan voz kechish qobiliyati bo‘lib ta'lim jarayoni samaradorligi ham ko‘p jihatdan uning taraqqiyot darajasiga bog‘liqdir. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda ham ularga xos bo‘lgan ijodiy qobiliyat xususiyatlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodiy qobiliyatlar rivojlanishi uchun zamin bo‘lgan sifatlarning mavjudligi va mustaqil fikrlash ko‘nikmasining taraqqiyoti bolaga ta'lim jarayonidagi turli vaziyatlarga muvaffaqiyatli moslashish, o‘zgargan holatlarni anglay olish hamda o‘zining bilish jarayonlari va xulq-atvorini unga mos tarzda yo‘naltira olish imkonini beradi.
Mutaxassislarning fikricha, bolalar ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishiga quyidagi omillar ta'sir ko‘rsatishi mumkin:
■ ijodkor kishilar bilan muloqot ko‘lamining kengligi;
■ taqlid uchun namuna bo‘la oladigan kattalar olamining mavjudligi;
■ ota-ona va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning demokratik uslubga ega ekanligi;
■ bolaga hissiy jihatdan o‘zini namoyon etish uchun imkoniyat berilishi;
■ kattalarning faol va arboblarga xos maqomi;
■ bolalarni mustaqil mehnatga erta jalb qilinishi;
■ turli to‘garaklarga jalb qilish orqali ijodiy faoliyatga yo‘naltirish;
■ o‘z tajribasidagi yangi ma'lumotlarni bilishdan quvonishi;
■ bolalarning tadqiqotchilik ishiga ijobiy munosabatda bo‘lishi;
■ bolalar faoliyatidagi yutuqlarni o‘z vaqtida rag‘batlantirish;
■ intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tegishli mashqlar bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish va boshqalar.
Ijodiy qobiliyatning rivojlanishiga ijobiy ta'sir etuvchi omillar bilan bir qatorda uning taraqqiyotiga salbiy ta'sir etuvchi holatlar ham mavjud. Ota- onalarga tavsiyalar:
■ bolangizning dunyoqarashini boyitish, ijodiyni rivojlantirish maqsadida ko‘proq har xil voqealarga boy kitoblami o‘qib bering;
■ o‘zingizning kasbingiz haqida gapirib bering va ishxonangizga sayrga olib boring, kasb tanlash ehtiyoji tug‘iladi;
■ bolangizni tez-tez sayrlarga olib chiqing, ijodiy rivojlanadi;
■ sayr vaqtida tabiatdagi ranglar, predmetlar va hayvonot dunyosi haqida to‘liq tushuncha bering, ekologik tarbiyasi oshadi;
■ bolangiz savol bersa urushmang, savollariga to‘liq javob bering, ongi o‘sadi;
■ bolangizni mustaqil ish qilishga o‘rgating, u katta bo‘layotganini his
qilsin;
■ bolangizga oilasini sevishga, ardoqlashga o‘rgating, zero Vatan ostonadan boshlanadi;
Shunday qilib, bolalar ijodiy qobiliyatlarini uning ijtimoiy-psixologik taraqqiyoti mahsuli bo‘lib, muntazam o‘zaro ta'sir etib boruvchi ko‘plab omillarning inson ruhiyatiga ta'siri natijasi hamda ta'limga pedagogik-psixologik tayyorlikning eng muhim ko‘rsatikichidir. Ijodiy rivojlantirish omillari bolaning ijodiy faoliyatida ijodiy intilishi, ijodiy qobiliyati, ijodiy qobiliyat maqsadi, yo‘nalishi va o‘zini boshqara olishida ko‘rinadi va uni o‘zining faolligi, o‘zini-o‘zi boshqara olishi bilan yetuk rivojlanayotgan, o‘sayotgan shaxsga aylanayotganini bildiradi.
Tafakkur maksadga yo‘naltirilganlik xarakteriga egadir. Qachonki xayot va amaliyot jarayonida kishi oldida yangi maksad, yangi muammo, yangicha vaziyat va yangi faoliyat sharoitlari paydo bo‘lsa, unda dastavval tafakkur qilishga zarurat tugiladi.Masalan, vrach qandaydir yangi shу paytgacha ma`lum bo‘lmagan kasallikka duch kelib, davolashning yangi metodlarini topib, undan foydalanishga intilganda anna shunday bo‘ladi.
O‘z moxiyati jixatidan olganda, tafakkur faqat shunday sharoitlarda zarur bo‘ladiki, yangi maksadlar tugilib, shu maksadlarga erishish uchun faoliyatning eskи, avvalgi vosita va usullari etishmay koladi.Bunday vaziyatlar muammoli vaziyat deb yuritiladi.
Muammoli vaziyatlardan boshlanadigan aqliy faoliyat yordami bilan maksadga erishish va extiyojlarnи kondirishning yangi usullari hamda vositalarini yaratish, ochish, topish, kashf etish mumkin bo‘ladi. Tafakkur yangilikni izlash va ochish demakdir. Harakatning ilgaridan ma`lum bo‘lgan eski usullari, eski bilimlar va malakalar bilan cheklanish mumkin bo‘lgan xollarda muammoli vaziyat yo‘zagа kelmaydi va shuning uchun tafakkur ham mutlako talab qilinmaydi. Masalan maktabga tayyorlov guruxidagi bolaga 2*2 kancha bo‘ladi? Tipidagi savol fikr yuritishga majbur qilmaydi. Bunday savollarga javob kaytarish uchun bu bolalarda bor bo‘lgan eski bilimlarning o‘ziyok kifoya qiladi. Bu erda tafakkur ortikchadir.Agar bola ma`lum masala yoki misolning yangicha echish usulini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa, lekin o‘ziga ma`lum bo‘lib, kolgan bu bir xil tipdagi masala va misollarni kayta va kayta echishga majbur bo‘lgan xollarda tafakkur faoliyatiga extiyoj bo‘lmaydi.
Binobarin xayotdagi xar qanday vaziyat ham muammoli vaziyat ya`ni tafakkurni uygotuvchi vaziyat bo‘lavermaydi. Muammoli vaziyat bilan masalani farq qilish zarurdir. Muammoli vaziyatda kishi faoliyaт davomida kupincha kutilmaganda, qandaydir, tushunib bo‘lmaydigan narsaga, noma`lum, tashvishlи narsalarga duch kelib koladi. Muammoli vaziyat ancha , xira xali jixatdan aniq bo‘lmagan va kam anglanilgan taassurotlardir. Muammoli vaziyat bamisoli "nimalardir kungildagidek emasligidan, nimalardir kungilni xira qilib to‘rganligi"dan guyo signal beradi.
Masalan bola motorda qandaydir tushunib bo‘lmaydigan hodisa ruy berayotganligini paykay boshlaydi lekin u motorning kaysi qismida, nima sababdan qanday hodisa ruy berayotganini xali aniqlay olmaydi. Bundan tashkari , u yo‘z berishи mumkin bo‘lgan xavfning oldini olish uchun qanday harakat qilish keraqligini xali bilmaydi. Mana shunday tarzdagi muammoli vaziyatdan tafakkur jarayoni boshlanib ketadi.
Tafakkur anna shunday muammoli vaziyatning o‘zini taxlil qilishdan boshlanadi. Muammoli vaziyat taxlil qilish natijasida sof ma`nodagi muammo paydo bo‘ladi. Masalaning yo‘zaga kelishi muammoli vaziyatdan farq qilib, garchi oldindan bo‘lsa ham berilgan va noma`lum narsani taxminan bo‘laqlarga bo‘lishga ulgurdi degan ma`noni anglatadi. Bu bo‘laqlarga bo‘lish masalaning so‘z bilan ifodalangan qismida namoyon bo‘ladi. Masalan bola masalasida uning asosiy shartlari ozmi-kupmi yakkol kayd qilingan hamda talablar, savollar berilgan. Bu bilan dastlabki yakinlashish tarzida va mutlako taxminiy ravishda kidirilayotgan narsa belgilanadi. Ana shu noma`lumni kidirish va topish masalani echish natijasida kulga kiritiladi. Binobarin, masalaning asosiy dastavvalgi ifodalanishi faqat minimal darajada va juda taxminiy ravishda kidirilayotgan narsani aniqlaydi. Masalani echish davomida, uning tobora yangi vat obora muhim shartlari hamda talablarini namoyon qilish jarayonida kidirilayotgan tomonlari ortikrok darajada aniqlanadi.
Masalaning xarakteristikasi borgan sari mazmunli va aniq bo‘lib boradi. Masalaning batamom echilishi kidirilayotgan narsaning topilganligini, to‘la ravishda aniqlanganligini bildiradi.Agar kidirilayotgan narsa masalaning boshlangich ifodasidayok butunlay va to‘la ravishda aniqlangan bo‘lsa, ya`ni uning asosiy shartlari dva talablarining ifodalanishida aniqlangan bo‘lsa, unda bu noma`lumni qidirishga xech qanday zarurat bo‘lmas edi.Noma`lum narsa darxol ma`lum bo‘lib kolar, ya`ni echilishi uchun tafakkur qilishni talab etadigan xech qanday masala yo‘zaga kelmas edi. Aksincha, agar noma`lumni kaysi bir soxada izlash keraqligini taxminan belgilovchi masalaning dastlabki ifodasi bo‘lmaganida, ya`ni kidirilayotgan narsani minimal darajada oldindan kura bilish bo‘lmaganda noma`lumni topish mumkin bo‘lmas edi.Noma`lumni kidirish uchun xech qanday taxminiy ma`lumot, biror tayanch, biror muljal kolmagan bo‘lar edi. Muammoli vaziyat kabi azobli esankirash va sarosimalik hissidan tashkari xech narsani yo‘zaga keltirmas edi. Masalani echish davomida tafakkur jarayon silfatida ayniqsa yakkol namayon bo‘ladi. Tafakkurni jarayon sifatida talqin qilish eng avvalo fikr yuritish faoliyati determinatsiyasining uзи jarayon sifatida oshirilishini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, kishi masalani echish davomida o‘ziga shu choqqacha noma`lum bo‘lgan yangi yangi shartlarni va talablarni namoyon qiladi. Bo‘lar tafakkur bundan keyin davom etishini sababi jixatdan boglab tushuntirib beradi. Binobarin, tafakkur determinatsiyasi qandaydir abesolyut tayyor va avvaldanok tugal bir narsa sifatida azaldan berilgan bo‘lmaydi. Tafakkur determinatsiyasi masala yechish davomida xosil bo‘ladi, asta-sekin tarkib toptiriladi va rivojlantiriladi, ya`ni jarayon tarzida namoyon bo‘ladi. Tafakkur va masala echish o‘zaro bir-biri bilan boglangandir. Lekin tafakkurni masala echish vositasiga aylantirib, ularni bir-biriga tenglashtirish mumkin emas. Masalani yechish faqat tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi, boshqacha yul yuk. Lekin tafakkur faqat masala echishdaginа namoyon bo‘lmaydi. Yuqorida kayd etilganidek , fikrlash faoliyati xozirdayoq ilgari surilgan, tarkib topgan, vzifalarni xal qilish uchungina zarur emas. U vazifaning kuyilishi uchun ham, yangi muammolarni namoyon qili shva anglash uchun ham zarurdir. Muammoni topish va kuya bilish kupincha uning bundan keyingi xal qilinishiga karaganda katta aqliy zo‘r berishni talab qiladi.Tafakkur masala echish bilan bog‘lik bo‘lgan xollarda emas, balki shuning bilan birga bilimlarni o‘zlashtirish, ukish jarayonida testni tugunish va boshqa ko‘p xollarda ham kerakdir.


tải về 252.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương