Mavzu: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loyhalashtirishning texnologiyalari



tải về 252.5 Kb.
trang2/6
Chuyển đổi dữ liệu17.04.2024
Kích252.5 Kb.
#57269
1   2   3   4   5   6
4-SINFDA MATEMATIKADAN OʻQUVCHILARNI IJODIY ISHLASHGA OʻRGATISH METODIKASI

Kurs ishining maqsadi. 4-sinfda matematikadan oʻquvchilarni ijodiy ishlashga oʻrgatish metodikasini maktablarda tadbiq etish va o‘quvchilarni yangi iqtidorlarini qobilyatlarini shakllantirish.
Kurs ishining obyekti. Maktab ta’lim tizimi o‘quvchilari. ‘
Kurs ishining vazifasi.

  • 4-sinf o‘quvchilariga matematika fanini o‘qitish metodikasi

  • O‘quvchilarga matematika fanidan ijodiy ishlardan foydalangan holda o‘rgatish metodikasi

  • 4-sinf o‘quvchilarini ijodiy ishlashga o‘rgatish metodikasi

  • Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda matematik qobilyatlarini shakillantirish

Kurs ishi tarkibi: kirish, ikki bob, to‘rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar, ilovadan iborat.


I.BOB. 4-SINFDA MATEMATIKADAN OʻQUVCHILARNI IJODIY ISHLASHGA OʻRGATISHNING NAZARIY AHAMIYATI
1.1. 4-sinf o‘quvchilariga matematika fanini o‘qitish metodikasi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematikani muvaffiqiyat bilan o‘qitish uchun mehnat faoliyatini boshlovchi o‘qituvchi matematika o‘qitishning ishlab chiqilgan tizimini, ya'ni boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini egallagan bo‘lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak.
«Metodika» grekcha so‘z bo‘lib, «metod» degani yo‘l demakdir. Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimsiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog‘i bo‘lib, jamiyat tomonidan qo‘yilgan o‘qitish maqsadlariga muvofiq matematika qonuniyatlarini matematika rivojining ma'lum bosqichida tadqiq qiladi.
Matematika boshlang‘ich ta'lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o‘qitishdan ko zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (nima uchun o‘qitiladi).
2. Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (ya'ni matematikadan qaysi material boshlangich sinflarda o‘rganilishi, nima uchun aynan shu material tanlanishi, boshlangich sinflarda kursning har qaysi ayrim masalasi umumlashtirishning qanday darajasida o‘rganilishi, mavzular qanday tartibda o‘rganilsa, eng ratsional bo‘lishi ko‘rsatiladi).
3. O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish. (qanday o‘qitish kerak, ya'ni oquvchilar hozirgi kunda zarur bo lgan bilim, malaka, ko nikmalarni va aqliy qobiliyatlarini egallab oladigan bolishlari uchun oquv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Masalan, 10 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishni qanday o‘rganish kerak, jumladan, bu mavzuda qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasini qanday ochib berish kerak?).
4. O‘qitish vositalarini - darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma - qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o‘qitish?). kerak!
5. Ta'limni tashkil etishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning darsdan tashqari formalarini qanday o tkazish?. O quv ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o‘tkazish kerak?. O quv prosessida ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).
Shunday qilib, o‘qitishning maqsadlari, mazmuni metodlari, vositalari va shakllari metodik tizimning asosiy komponentalaridir.
Matematika o‘qitishning maqsadi.
Boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi matematika boshlang‘ich kursi matematika O‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1. Matematikao‘qitishning umumta'limiy maqsadi.
2. Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi.
Matematika o‘qitishning umumta'limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) O‘quvchilarga ma'lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada ma'lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak.
Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilaro‘qish jarayonida olgan bilimlaming ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim.
b) O‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish lozim bo‘ladi.
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida nutq madaniyatini to‘g‘rishakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak.
d) O‘quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o‘rgatish.
Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
Boshlang‘ich matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a. O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
b. O‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy
fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.
d) O‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish.
Matematika darslarida o‘rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o‘quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a. O‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish,
b. matematika o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e'tibor o‘quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan. d. O‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish.
O‘quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak.
O‘qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o‘quvchilarning o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.
Boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba'zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo‘ljallangan) o‘qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir.
Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma'lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.
Matematika o‘qitish metodikasida "o‘quv materialini o‘zlashtirilish darajasi" tushunchasining mazmuni to‘la ochib berilmagan.O‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga imkon beradigan mezonlar aniq emas.
Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san'atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday o‘rgatuvchi mashina O‘qituvchining intuisiyasini, ya'ni hissiyotini almashtira olmaydi.
Kontseptual tushunish matematikani o‘rganishda asosiy standartlardan biridir. So‘ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o‘qitish, ayniqsa, boshlang‘ich ta‟lim tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgarishlarni amalga oshirdi. 1997 yilda «Ta’lim to‘g‘risida qonun» qabul qilindi. Bu qonunda ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar davrida maktabning roli yanada o‘sganligi, maktabning bosh vazifasi – o‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish ularda iqtisodiy - matematik savodxonligini shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash haqida, hamda o‘quv reja va dasturlarni ta’lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va talablari darajasiga keltirish to‘g‘risida fikrlar keltiriladi. Masalan, 1997-yil 27- avgustdagi, ‟Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasi 1-4-sinflarni o‘qitishga bag‘ishlangan. O‘zbekiston Respublikasida “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning 3.3.1-bandi uzluksiz ta‟limni rivojlantirishda 1-4- sinflarda o‘qitishni tashkil qilishning rejalari ko‘rsatilgan. Maktab ta‟limi oldiga tamomila yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika o‘qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang‘ich kursi mazmunida ham, darslik va qo‘llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo‘lishini talab qiladi. Matematika so‘zi grekcha “mathema” so‘zidan olingan bo‘lib, uning ma‟nosi “fanlarni bilish” demakdir. Matematika fanining o‘rganadigan obyekti fazoviy shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika kursining maqsadi o‘quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar tizimi ma’lum usullari (metodika) orqali o‘quvchilarga yetkaziladi.



tải về 252.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương