Mavzu: Ekstremizm va terrorizm Reja: Kirish Asosiy qism Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun mohiyati


Islom niqobidagi ekstremizmning g‘oyaviy ildizlari



tải về 43.19 Kb.
trang4/5
Chuyển đổi dữ liệu20.05.2024
Kích43.19 Kb.
#57692
1   2   3   4   5
Ekstremizm va terrorizm

3. Islom niqobidagi ekstremizmning g‘oyaviy ildizlari.
Agarda, noan’anaviy terrorchilar guruhi shu kabi qurollar bi- lan ta’minlanganida ham, ularni ta’minlagan davlat ham ishonch- siz terrorchilar tomonidan yoki qasos sifatida boshqa davlatlar to- monidan katta xavf ostida bo‘lar edi. Bundan tashqari, yuqorida ta’kidlanganidek, ommaviy qurbonlar, siyosiy taraf va xususan, cheklangan maqsadga ega bo‘lgan an’anaviy terrorchilar tomonidan kuzatilmagan. Siyosatchilar, kerakli chegaralarni yuklaydi, xat- toki bu terrorizmga aloqador bo‘lsa ham, chunki an’anaviy chek- lovlar ham mavjud ekanini unutmaslik lozim. Oddiy terrorchilar begunohlarni o‘ldiradi, ammo OQQ bilan ta’minlangan terrorchi- lar haddan ziyod ko‘p odamlarni hech bir sababsiz qirib yuboradi. Bundan tashqari, OQQ undan foydalanayotgan paytda ham xavf- li, ham qimmatdir, shuning uchun ko‘pchilik terrorchilar qurol va portlovchi qurollar kabi oddiy, arzon va ishonchli qurollarni afzal ko‘rishadi. Siyosiy analitiklar OQQlarning terrorchilar tomonidan muvaffaqiyatli foydalanilayotganiga skeptik qarayotgan bir paytda, qarama-qarshi tomonda mavjud shubhalarga statistik dalillar bor edi. Davlat departamenti va St. Andrews universiteti va Rand kor- poratsiyasi dalillariga asosan ta’kidlash lozimki, terroristik hujumlar 1970–1990-yillar mobaynida raqamlarda pasayganini ko‘rsatgan bir paytda, aslida ularning soni oshgan deb ko‘rsatilgan. 2000-yili CSIS hisobotida bu mavzuga doir quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
«Xususan tashvish, – muallif qayd qiladi, – shunday guruhlarning kelib chiqishi-ki, ularning maqsadi hukumat bilan savdolashish yoki o‘z nuqtayi nazarini jamoatchilikka singdirish emas, balki insoniyat- ga, ular nafratlanadigan tizimga katta hajmdagi talafot ko‘rsatish- dir». 1990-yillarda o‘z yurishini boshlagan bir qancha guruhlar «si- yosiy muammolarni keltirib chiqarish yoki hokimiyatni qo‘lga olishni asosiy maqsad qilib olishmagan». Buning o‘rniga ularning ko‘pchili- gi «xalqiga maksimal darajada zarar yetkazishni maqsad qilish- gan». 1993-yilgi Jahon Savdo Markaziga hujum qilinishdan asosiy maqsad, «Egizak» binolarning qulashiga qasos sifatida ko‘p sonli insonlarning umrini olish bo‘lgan degan mulohazalar bo‘lib o‘tgan.
Zamonaviy ekstremizm va terrori­ zmga qarshi kurash davlatlarning doimiy e’tiborini, uning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan ko‘p qirrali siyosatni amalga oshirishda sabrlilik va sobitlikni talab etadi. Shakllanib, keng tar­ moq otgan terrorizmga qarshi kurashda kuch ishlatmagan dav­ latlar zaiflashib, o‘z xalqi va mamlakati osoyishtaligi va barqaror rivojlanishini xavf ostida qoldiradi.
Ekstremizm va terrorizm bir­biri bilan bog‘liq bo‘lgan yago­ na jarayonning birin­ketin rivojlanadigan bosqichlaridir. Shunday ekan, terrorizm global miqyosga chiqqan hozirgi sharoitda, davlat unga qarshi kurashda ichki va tashqi omillarning ta’sirini hisob­ ga olgan holda, muvozanatlashtirilgan strategiyani ishlab chiqi­ shi kerak.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, O‘zbekiston Respublika­ si o‘z taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlarini, haligacha terrorizm, narkobiznes, noqonuniy qurol­yarog‘ savdosi kabi qator tahdid­ lar mavjud bo‘lgan Markaziy Osiyodagi kuchlar nisbatini hisob­ ga olib, ishlab chiqqan ichki va tashqi siyosati alohida ahamiyat­ ga molikdir.
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ushbu strategi­ yasida mamlakatimizning xalqaro hamkorlik dasturlarida, davlat­ larning terrorizmga qarshi kurashdagi sa’y­harakatlarini birlash­ tirishda faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadlari o‘z ifodasini topgan.
Bu sohada o‘zbek tashqi siyosatining negizini o‘z kuchlarini hozirgi davrning asosiy tahdidi bilan qarshi kurashga yo‘naltirish­ ga tayyor barcha davlatlar bilan faol hamkorlik qilish tashkil eta­ di. Shu o‘rinda, O‘zbekiston amalda mintaqada va butun dunyoda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan barcha xalqaro dastur va ikki tomonlama hamkorlik aloqalarida faol ishtirok etayotganini ta’kidlash zarur.
Shuningdek, O‘zbekiston davlatining barqaror taraqqi­ yot va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ichki siyosati ham ekstremizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishi hamda ekstremizm­ dan terrorizmning kelib chiqishini bartaraf etishga qaratilgan faol strategiyadir. Unda ekstremizmga qarshi kurash orqali bun­ day tuzilmalar bag‘rida voyaga yetishi mumkin bo‘lgan terrorchi­ lar faoliyatining oldini olishga intilish o‘z aksini topganini ko‘rish mumkin.
Bugungi kunda o‘zbek davlati tomonidan siyosiy, iqtisodiy, ij­ timoiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrov­ li islohotlar bu kurash strategiyasining asosiy mazmunini tash­ kil etadi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini qu­ rish, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, xususan, o‘rta max­ sus ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash, sport va boshqa sohalardagi keng ko‘lamli ijobiy o‘zgarishlar bu strategiyaning tarkibiy qismi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi ahvolni belgilab beradigan, mam­ lakatdagi barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladi­ gan chora­tadbirlar tizimi hisoblanadi. Kuchli iqtisodiyotga ega O‘zbekistonning barqarorligi butun mintaqaning barqarorligini bildiradi.
Bu, sog‘lom muvozanatga asoslangan, serqirra va har xil da­ rajali strategiyada ma’naviyat va mafkuraviy tarbiya alohida o‘rin tutadi.
Mutaxassislar ekstremizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishi­ ga sabab bo‘lgan omillar ichida mafkuraviy bo‘shliqning ta’siri va qadriyatlar mo‘ljallaridagi beqarorlikda namoyon bo‘lgan nomu­ tanosiblikni alohida ajratib ko‘rsatadilar. Mafkuraviy bo‘shliq ko‘pincha kishilarda jamiyatdagi mavjud holatni, ijtimoiy muhit­ ni noto‘g‘ri idrok etishga, uning irodasini boshqa kishiga bo‘ysun­ dirish va dunyoqarashida agressivlikni shakllantirishga xizmat qiladigan nosog‘lom g‘oyalar bilan to‘ldirilishiga zamin yaratadi.
«Zombilashtirish» deb ataladigan bu texnologiya yaxshi shakllan­ magan ma’naviyat, bo‘sh iroda va nosog‘lom intilishlar muhitida­ gina ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.
Shuning uchun ham, O‘zbekiston ekstremizmga qarshi kurash­ da, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishini bartaraf etish ishlarida g‘oyaviy tarbiya, xususan, mamlakat yoshlarida yuksak ma’navi­ yatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor bermoqda. Zero, bunday yondashuvda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, milliy o‘zlikni tiklash va mustaqillikni mazmunan boyitishga asoslan­ gan milliy g‘oya, ma’naviyat va ma’rifat, to‘g‘ri shakllantirilgan ong ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash hamda jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashning eng muhim tizimi sifatida yuzaga chiqadi.
Xulosa
Islom niqobi ostidagi ekstremizmning g‘oyaviy ildizlari. Diniy mutaassiblikning tarixiy ildizlari va hozirgi kunda dunyoda, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremistik guruhlar­ ning paydo bo‘lishi va faollashuvi sabablari, usullari qayerdan kelganini o‘rganish ularga qarshi kurashda eng muhim vosita hisoblanadi.
Islom niqobi ostida paydo bo‘lgan ekstremistik harakatlar ta­ rixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning ildizlari uzoq o‘tmish­ ga, hatto islom tarixining birinchi asriga borib taqalishini ko‘rish mumkin. Uning ilk vakillari sifatida 657­yili xalifa Ali (r.a.) askaridan ajralib chiqqan, haqiqiy musulmon saflariga qo‘shil­ maganlarni «dindan qaytgan» deb e’lon qilib, ularga qarshi murosasiz kurash olib borgan «xorijiylar» (arab: ajralib chiqqan­ lar, isyonchilar) diniy­siyosiy oqimi faoliyati fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Demak, islomda dastlab paydo bo‘lgan firqa «xorijiylar»dir. Boshqa dinlarda bo‘lgani kabi musulmonlar ichida ham firqalar bo‘lgan. Muhammad payg‘ambar (a.s.) aytganlaridek, islom dini­ da 73 ta firqaga bo‘linish yuz beradi. Ularning bittasigina to‘g‘ri yo‘lda qolganlari esa, zalolatda hisoblanadi. Qur’on oyatlari va hadislarda ham firqalarga bo‘linmaslikka buyuriladi. «Xorijiylar» o‘z talqinlaridagi «sof» islom qoidalariga qat’iy rioya qilish taraf­ dori edi. Aynan xorijiylar o‘z qarashlari va faoliyatiga qo‘shilma­ ganlarni imonsizga chiqarish, ularga qarshi «jihod» olib borish haqidagi g‘oyalarni ishlab chiqib, terror uslubini qo‘llash orqa­ li hukmdorlarni jismonan yo‘q qilish amaliyotini boshlab ber­ gan edi. Bunday g‘oyalar kelib chiqishiga ko‘ra hokimiyat uchun kurashning zo‘ravonlikka asoslangan usullaridan bo‘lib, minglab kishilarning halok bo‘lishiga olib kelgan.
Azraqiylar (Azoriqa) guruhining asoschisi Nofih ibn al­Az­ raqdir (vaf. 685­y.). Xavorij guruhlari orasida eng murosasiz va beshafqat sanalgan bu jamoa hozirgi kungacha yetib kelmagan.
Azoriqa ta’limotiga xos bo‘lgan jihatlar quyidagilar:
– xalifa Alini «kofir» deb hisoblaganlar;
– gunohi kabira qilgan musulmonlarni kofir deb e’lon qilgan­ lar;
– azoriqalardan bo‘lmagan musulmonlar, ularning qari­ yalari, ayol va bolalari qonini to‘kishni (istiroda) halol deb hisob­ laganlar;
– hayz ko‘rgan ayollarga ham namoz o‘qish va ro‘za tutishni farz deb hisoblaganlar;
– mayda o‘g‘rilik uchun ham qo‘lni butunlay yelkadan kesib tashlashni buyurganlar.
Bugungi kunga kelib, o‘zini «salafiylar» deb atayotgan diniy­si­ yosiy guruhlar «Islom jamiyatini qurish davlatchilikning asosi bo‘lishi kerak», degan shior ostida odamlarning ongi va turmush tarzidan milliy qadriyat, urf­odatlarni siqib chiqarish, shariat ah­ komlariga ko‘r­ko‘rona rioya qilishga majburlash, amal qilma­ ganlarga nisbatan qattiq jazo qo‘llash kabi xatarli maqsadlarni ko‘zlab harakat qilmoqda. Ayniqsa, soxta salafiylar tomonidan targ‘ib qilinayotgan mazhabsizlik g‘oyasi, asrlar davomida shakl­ langan diniy an’analarni izdan chiqarib, bir yurt musulmonlari o‘rtasida parokandalikni yuzaga keltirmoqda.
Demak, mutaassiblik ko‘rinishlaridan bo‘lgan soxta salafiy­ lik milliy ma’naviyatimiz, mustaqilligimizga real tahdid si­ fatida namoyon bo‘lmoqda. Shunday ekan, yurtimiz tinchli­ gi, osoyishtaligi, ravnaqi va farovonligi doimo ogohlik hamda qat’iy harakatlarni talab etadi. Bu yo‘lda har bir inson o‘z ishini sidqidildan amalga oshirishi, loqaydlik, beparvolikning oldini olishi, yon­atrofida bo‘layotgan voqea­hodisalarga hushyorlik bilan qarab, Vatan tinchligi yo‘lida sergak va ogoh bo‘lib ya­ shashi yoshlarimizning ongu qalbini jaholatdan, yot va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilishi, ajdodlarimizga armon bo‘lib qolgan, biz erishgan mustaqillik va tinchlik­osoyishtalik­ ni ko‘z qorachig‘idek asrab­avaylashi muhim omil hisoblana­ di. Buni hech qachon unutmasligimiz, tinchlik uchun doimo o‘zimizning bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etib ya­ shashimiz lozim.

tải về 43.19 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương