Mavzu: Ekstremizm va terrorizm Reja: Kirish Asosiy qism Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun mohiyati


Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari



tải về 43.19 Kb.
trang3/5
Chuyển đổi dữ liệu20.05.2024
Kích43.19 Kb.
#57692
1   2   3   4   5
Ekstremizm va terrorizm

2. Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari.
Hozirgi davrda ko‘plab ekstremistik uyushmalar va mutaassib harakatlar turli dinlar, shu jumladan, xristianlik, islom, yahudiy­ lik dinlari ta’limotidan foydalanmoqda.
Aqidaparastlik (arab. «aqida» – «ishonch», «biror narsani ik­ kinchisiga bog‘lash») muayyan sharoitda, biron­bir g‘oyaga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartib­ larni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda ko‘r­ko‘ro­ na qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi.
Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy saba­ bi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. De­ mak, mutaassiblik ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlay­ di.
Mutaassiblik (arab. «chuqur ketish») o‘z fikr­mulohaza va dunyoqarashi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mutaas­ siblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassib­ lik g‘oyalarining tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayon­ ning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyat­ ga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ro‘yobga chiqa­ rishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari. Terrorizm (lo­ tin: «qo‘rqitish», «vahimaga solish») – aholining keng qatlam­ larida vahima va qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratil­ gan jinoiy faoliyatdir.
Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo‘la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg‘otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi.
Xalqaro terrorizm tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan si­ yosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U og‘ir jinoyatlardan bo‘lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.
Xalqaro terrorizm fenomeni ayniqsa, XX asr boshlarida avj ola boshladi, ya’ni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlat­ lararo hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi o‘tgan asrning 30­yilla­ ridan boshlangan. Masalan, 1934­yilda Madridda bo‘lib o‘tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muam­ molariga bag‘ishlangan konferensiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo‘q qi­ lish maqsadida biror­bir vositani qo‘llash» degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan. 1937­yilda 20 dan ortiq davlat terro­ rizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash ha­ qidagi Konvensiyani imzoladi.
Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini ta’kidlash zarur. 1970­yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko‘proq uchragan bo‘lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus va poyezdlarda port­ lashlarni sodir etish orqali ko‘plab tasodifiy kishilarning qurbon bo‘lishiga olib keladigan qo‘poruvchilikni amalga oshirishga e’ti­ bor berilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar bi­ rinchi navbatda jabrlanganlardan ko‘ra, uning guvohlariga qa­ ratilgan bo‘ladi.
Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xuru­ jida yuqorida qayd etilgan u yoki bu belgilarning bo‘lishi, unga xalqaro maqom berilishi va shundan kelib chiqib, unga mos cho­ ralar ko‘rilishiga olib keladi.
Xalqaro terrorizm. Xalqaro terrorizm tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlash­ tirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U alohida siyosiy arboblarni o‘ldirish yoki ularga qasd qilish orqali xalqaro ijtimoiy­siyosiy aks­sado beradigan buzg‘unchi siyosiy harakatlarni ifodalash uchun ham ishlatiladi.
Terrorchilik harakatlarining:
— xalqaro huquq himoyasidagi obyekt yoki subyektlarga qar­ shi qaratilgani;
— davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshirilishi;
— a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jum­ ladan, yollanma shaxslar bo‘lgan ekstremistik guruhlar tomo­ nidan sodir etilishi;
— ekstremistik guruhlar tarkibida qo‘poruvchilik harakatlari bo‘yicha xorijlik yo‘riqchilarning qatnashishi;
— ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko‘rishi;
— tayyorgarlik ko‘rish va qo‘poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tus ol­ gan noqonuniy qurol­yarog‘ savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanilishi, uning xalqaro terrorchilik xuruji ekanini ko‘rsatuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi.
Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xuru­ jida qayd etilgan u yoki bu belgilarning bo‘lishi, unga xalqa­ ro maqom berilishi va shundan kelib chiqib, unga mos choralar ko‘rilishiga olib keladi.
Qayd etish lozimki, terror OAV tarqatayotgan ma’lumotlardan keng foydalanadi. Bunday ma’lumotlar terrorning hukumatni va jamiyatni o‘zi istaganini qildirishida foydalanadigan eng asosiy omi- lidir. Bu kabi ma’lumotlar terrorizmga o‘zi tanlagan odamlarini ista- gan o‘rinlarga qo‘yishga ko‘plab imkoniyatlar yaratib beradi. Ter- rorchilar sodir etadigan har bir akt, terrorning umumiy faoliyatidagi har bir kichik to‘qnashuv ham ular ko‘rsatgan sabablariga e’tiborni tortish uchundir. Hech qanday demokratiya terror bilan murosa qi- la olmaydi. Boisi terrorizm demokratiyaning har qanday zulmni, o‘z vaqtida, muhokama qilish, tinch va murosaga tayangan holda to‘g‘rilash mumkin degan qarashlarini mutlaqo inkor etadi. Qotillik va vayronagarchiliklar orqali terroristlar oshkora qo‘rqitadilar va oxir oqibat o‘z maqsadlariga erishadilar, chunki bunday ma’lumotlar e’lon qilinadi.
An’anaviy terrorchilarning maqsadlaridan shuni anglash mum- kinki, tig‘iz paytlardagi yangiliklarni tez-tez qo‘yilishi orqali ular rejalashtirgan maqsadlariga erishganlar. Masalan, 1975-yildan il- gari Niderlandiyadagi poyezdni garovga olishganidagi holatni kelti- rish mumkin1.
Qisman, vahimachilar va minimalistlar o‘rtasidagi uzoq da- vom etgan tafovut fanning jismoniy va ijtimoiy sohalariga o‘z ta’si- rini ko‘rsatdi. Sobiqlarga eng yomon choralar mavjud edi, chunki ular kimyoviy va biologik agentlardan hamda ularning zaharligini oshiruvchi texnik talablardan xabardor edilar; kelgusida qanday hodisa ro‘y berishi ularni tashvishga solardi. Ammo, tarixchilar va siyosatshunoslar bu jarayonga skeptik yondashib, «qurolning salohi- yati va uni ishlatish qobiliyati o‘rtasida doim katta bo‘shliq bo‘lgan», deyishadi. Tarixchi va siyosatshunoslarning xavotiri «nima yuz beri- shi mumkin» kabi faraziy savollar emas balki «o‘tmish asosida kela- jak qanday kutilishi mumkin» kabi savol tashvishga solardi.
Qayg‘uli bashoratlar optimistiklarga qaraganda ancha ehtiyot- kordir, chunki, agar qayg‘uli bashoratlar ushalmasa, ular hali ham aqlli fikrni bildiradi, ammo tahdidni to‘g‘ri baholay ololmay xa- to qilishgan paytida ular mas’uliyatsiz ko‘rinadilar. Shunga qara- may, o‘rta ohangda kelib chiqqan bu kabi «ehtiyotkorlik» o‘z xavfiga ega, chunki resurslar cheklangan va ular deyarli cheksiz hisoblangan zaifliklarga qaratilib yanada samarali tarqatilishi mumkin.
Bundan tashqari, tarixdan, zaifliklarga qaraganda tahdidlarga ko‘proq e’tibor berish maqsadga muvofiq bo‘lgan. Terrorchilar, azal- dan ommaviy qirg‘in qurollaridan (OQQ) foydalanishmagan, chun- ki bu kabi qurollar mantiqiy ushlab turishga legal darajada effektiv bo‘lgan. Shunga ko‘ra, OQQdan foydalanishga imkoni bo‘lgan dav- latlar NGOga OQQlarni yetkazib berganligi dargumon edi, chunki ulardan oqilona foydalanish bilan aslida ulardan foydalanishni oldi- ni olish zarur edi.



tải về 43.19 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương