I- bob. O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini sinovdan o’tkazish va baholash mezonlari



tải về 78.87 Kb.
trang17/21
Chuyển đổi dữ liệu17.02.2024
Kích78.87 Kb.
#56563
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Unarova Gulzoda Faoliyat tuzilishi psixologik xususiyatlarini tadqiq etish.

Xulosa

Yoshlarga talim-tarbiya berish masalalarida yangicha yondashish davr talabi bo‘lib kelmoqda.


Respublikamizda uzluksiz ta’limini joriy etishdan asosiy ko‘zlangan maqsad – yosh avlodda yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy-siyosiy faollik, erkin fikr yuritish kabi qobiliyatlarni shakllantirishdan iborat. Bunda avvalo tahsil oluvchilarning faolligini oshirish talab qilinadi
O‘qituvchi o‘z faoliyati davomida, yani ayrim hollarda baho ballari ularning so‘z shakli bilan “a’lo”, “yaxshi” deb almashtiradi. Pedagogik baholash umuman bolalarning shaxsini emas, balki ko‘rsatgan sifatlarini baholashni nazarda tutadi.
Pedagogik baholashga bunday yondoshishga asoslangan va undan o‘z ishida oqilono foydalangan holda pedagog o‘z o‘quvchilarining qiymatiy munosabatlarini shakllantiradi va to‘g’rilaydi. Pedagogik baholash vositasida o‘qituvchi o‘z tarbiyalanuvchilarida axloqiy va ma’naviy-etik qarashlarni tarkib toptiradi.
Pedagogik baho: obrazlarni qiymatiy munosabatlar darajasida muhitga olib chiqish; bu munosabatlarni o‘zlashtirishda bola faoliyatini rag’batlantirish; xato qilish ehtimoli sezilsa, uni oldindan to‘g’rilashdan iborat. Har bir shaxs takrorlanmasdir va har bir shaxsga uning o‘sishi uchun pedagogik baholashning ahamiyatini hisobga olgan holda ehtiyotkorona munosabat darkordir. Shu munosabat bilan o‘qituvchi darsda va tarbiyaviy tadbirlarda foydalanishi mumkin bo‘lgan bir nechta texnologok qoidalari mavjud;
  1. O‘quvchilarning ijtimoiy qiymatli yutuqlarini taqdirlash. Ushbu usulni qo‘llaganda, o‘qituvchi bolaga yorqin hissiy tuyg’ularni boshdan kechirishga yordam beradi, bu o‘qituvchining aktiv faoliyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bolaning o‘qituvchi bilan o‘zaro munosabatlarini chuqurlashtirishga yordam beradi, bu o‘quvchiga ta’sir etishda qo‘shimcha imkoniyatlarni ochadi. Har bir bolaning shaxsiy va umuminsoniy yutuqlari ruyobga chiqishi zarur.


  2. Xulq-atvor belgilari ko‘rinmaganda baholash muddatini cho‘zish. Baholash muddatini cho‘zish o‘quvchining o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga yoki boshqa ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, uning qalbida uzoq vaqt qolishi mumkin bo‘lgan


umidsizlikning oldini olishga yordam beradi. Bu muddat pedagog tomonidan belgilanadi va vujudga kelgan muammoga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan: Birinchi sinf o‘quvchisi harf va bo‘g’inlarni xunuk va tartibsiz yozadi. O‘qituvchi bahoni qo‘ymay turib, o‘quvchiga shunday deydi: “Yaxshi baho olish uchun vazifani namunaga qarab to‘g’ri, toza tartib bilan yozish kerak”. Masalani hal etish uchun ketadigan vaqt albatta o‘quvchiga ma’lim qilinadi, chunki u, birinchidan, psixologik tomonidan ruhiy zo‘riqish holatida bo‘lishga o‘rganmagan bo’ladi, ikkinchidan esa, bunday masalani yechishni pysalga solish bajarayotgan ishni mustaqil anglab yetish samaradorligini pasaytiradi.


Ta’lim beruvchining to’g’ri va adolatli asoslashi, garchi, salbiy harakterda bo’lsa ham, talabani qanoatlantiradi. Ta’lim beruvchi bilimni doim nazorat etib ball bilan baholar ekan, talabaning ishiga bo’lgan munosabatini aytib o’tadi. Erishgan yutuqlari uchun rag’batlantirsa, kamchiligi uchun koyiydi. Uni bartaraf qilish mumkinligini ham ijodiy tayyorgarlik paytida asosiy e’tiborini nimalarga qaratish kerakligini ko’rsatadi. Bunday asoslash talaba yutuqlarning aniq bahosi bo’libgina qolmay, balki uning bundan keyingi o’qishdagi vazifalarini bajarishga yordam beradi. Bu, talabada umid uyg’otadi. O’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi va ta’lim beruvchi – ustozga nisbatan ham e’tiqodni yanada kuchaytiradi. Eng asosiysi ular kelajakda o’zfaoliyatlariga tanqidiy ko’z bilan qaraydigan jiddiy shaxslar bo’lib yetishadilar.
Demak, bilimni to’g’ri va haqqoniy baholash ta’lim beruvchining pedagogik faoliyatiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi va qo‘yilgan bahoga javobgarligini oshiradi. Baho o‘quvchiga ta’sir etib, uning ijodiy va salbiy kechinmalarini jumbushga keltiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Bu kechinmalar faqat bahoning qandayligiga bog’liq bo’lmay, balki uning o‘quvchi ongiga qanday yetkazishiga ham bog’liqdir. Faqat yuqorida aytib o’tilgan shartlarga rioya qilib, hamma tomon hisobga olingan holda, qo’yilgan ob’ektiv baho talabalarda axloqiy – irodaviy xususiyatlarni tarkib toptirishga yordam beradi.
TAVSIYALAR
Mazkur bitiruv ishimizning yakunlari bo‘yicha o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan o‘qituvchilarga, ota onalarga, maktab psixologlariga, qo‘yidagicha tavsiyalarni berishni lozim deb bildik:
  1. O‘quvchining bilimga bo‘lgan motivlarining tarkib topishini asosiy sharti o‘qish ishtiyoqi, muvaffaqiyatga erishish bolaning o‘qituvchiga bo‘lgan ijobiy munosabati bilan belgilangani uchun o‘quv jarayonini to‘g’ri tashkil etish zarurdir.


  2. Oquvchining maktabgacha bo‘lgan davrdan kichik maktab yoshi davriga o‘tish paytida o‘quv faoliyati samarasini belgilovchi asosiy psixik hosilalarni nihoyasiga yetkazish uchun ham psixologik o‘yinlardan foydalanish kerak.


  3. O‘quv faoliyatidan har bir o‘quvchi ijobiy shaxsiy tajriba bilan chiqishi uchun dars yakunidagi ijobiy ustanovka o‘quv faoliyati rivojiga imkon qoldirsin.


Aksariyat hollarda o‘quvchilarning o‘quv motivlarini yaxshi shakllanmaganligi ularning bilimsizligi yoki o‘quvsizligi sababli emas, balki psixik jarayonlarining to‘liq shakllanmaganligi bilan belgilanishi mumkin. Psixologik o‘yinlar orqali psixik jarayonlarni tukis shakllantirish bilan o‘quv motivlarini kuchaytirsa bo‘ladi.


  1. O‘quvchilarni baholashda ularning bahoga intilish motivlaridan me’yorda foydalanishlari zarur, aks holda o‘quvchilarda tashqi motivatsiya kuchayib, bilimga intilish motivlari o‘z ustuvorligini yuqotishi mumkin.


  2. Dars jarayonida berilayotgan nazariy bilimlarni ko‘proq amaliyot bilan bog’lab olib borishga harakat qilish kerak.



tải về 78.87 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương