I- bob. O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini sinovdan o’tkazish va baholash mezonlari


- (mahalliy sharoitga, muhitga qarab boshqa maktablarda imkoniyatlarni o’zgartirib borish mumkin)



tải về 78.87 Kb.
trang20/21
Chuyển đổi dữ liệu17.02.2024
Kích78.87 Kb.
#56563
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Unarova Gulzoda Faoliyat tuzilishi psixologik xususiyatlarini tadqiq etish.

- (mahalliy sharoitga, muhitga qarab boshqa maktablarda imkoniyatlarni o’zgartirib borish mumkin)

Tayanch ibora


1.Baho - baholashning ball shaklida ko’rsatilgan son jihatdan o’lchashiga aytiladi. 2.Baholash - bilim, ko’nikma va malakalarni o’quv dasturida ko’rsatilgan etalon (ko’rsatkich, qolip, o’lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz.

  1. Bilim - bu o‘quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruriyatga ko‘ra foydalana oladigan faktlar, ma’lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar va tushunchalardir.

  2. Bilish – ma’naviy-ruhiy hodisa, insonning olamni anglash qobiliyati, saralangan, tartibga solingan, muayyan usul (metod) yordamida olingan, ma’lum mezonlarga (me’yyorlarga) muvofiq tartibga solingan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, odamlar va butun jamiyat tomonidan aynan bilish sifatida tan olinadigan axborot.

  3. Idrok (arab. Aql vositasida bilish, qabul qilish) – aql asosida murakkab bilish jarayoni, ruhiy intellectual qobiliyat.

  4. Intellekt (lot. Intellectus – aql,idrok, zehn) – keng ma’noda: kishining voqea hodisa mohiyatini to’laligicha bilishiga asoslangan va u orqali namoyon bo‘ladigan faoliyati; tor ma’noda: insonning tafakkur, fikr yuritish salohiyati.

  5. Joriy nazorat – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash hamda baholash usuli.

  6. Oraliq nazorat – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini ichiga olgan) bo’limi tugullangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko’p o’tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

  7. Ochiq test – o‘quvchiga o‘z xoxishiga ko‘ra javob berish imkoniyatini yaratadi. Ochiq testlar, odatda, bitta asosiy so‘z (yoki so‘zlar) tushirib qoldirilgan jumladir.

  8. Natijalarni o’zlashtirish – bu olingan natijalarni amaliy o’zlashtirishga tayyorlash jarayonidan iboratdir, ya’ni iste’mol uchun tayyorlash. Bunda ta’lim beruvchi ishtiroki muhim rol o’ynaydi, chunki kerak bo’lganda ayrim zaruriy tuzatishlar kiritish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi.

  1. Rag’batlantirish va jazolash – tarbiyaning eng an’anaviy usuli bo’lib, bolalar xulq-atvoriga tuzatish kiritishni, foydali hatti-harakatlarini qo‘shimcha rag’batlantirishni va tarbiyalanuvchilarning nomaqbul hatti-harakatlarini to‘xtatishni ta’minlaydi.

  2. Reyting – inglizcha so‘z bo‘lib, baholash, individual koeffitsiyent ma’nolarini anglatadi. O‘quvchilar bilimi sifatini baholashning o‘quv jarayoni va ta’lim natijalarini baholashga bir xil yagona yondashuvni ta’minlaydigan ko‘rsatma va qoidalar majmuidir.

  3. Ta’lim – inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biridir. Ta’lim o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini egallash bo‘yicha o‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish, ularning tafakkur va qobiliyatlarini o‘stirish, dunyoqarash, ma’naviy sifatlari, axloqiy, estetik madaniyatini shakllantiradi.
  4. Ta’lim natijalarini nazorat qilish vositalari – o’rganilayotgan fan (mavzu) bo’yicha shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi (bilimlar banki)dan ta’lim beruvchi tomonidan tayyorlangan (tuzilgan) topshiriqlar, savollar, test – savollari va shu kabilar va ulardan foydalanish vositalari. Bunday jarayonlarda natijalarni o’zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.


  5. Test – biror bir faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqdir.




  6. Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida aloqani ta’minlash, ta’lim beruvchi tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashdir.
  7. Trening (trening) - inglizcha so‘z bo‘lib, «amaliy ta’lim», «maxsus mashqlar rejimi» degan ma’noni anglatadi. Oqitish faoliyatidagi motivlar


  8. Yakuniy nazorat – semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish”


(tibbiy oliy ta’lim muassasalari uchun “YOzma ish” yoki OTKS (ob’ektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) shaklida o’tkaziladi.


  1. Yopiq test – test sharti savol yoki vazifa, topshiriq va qisqa javoblardan iborat tuzilib, ko‘pincha javoblardan bittasi to‘g’ri qolganlari to‘g’ri javobga o‘xshashroq bo‘ladi.


  2. O‘quv tarbiyaviy jarayon - boshqariladigan va rostlanadigan jarayon bo‘lib, o‘qituvchi, ustoz o‘quvchilardagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni son va sifat jihatdan haqqoniy baholash o‘quv tarbiyaviy jarayonda olingan natijalarga qarab o‘zgartirishlar kiritib borish bilan birga o‘zining faoliyatiga ham tavsif beradi.


  3. O‘qish – o‘quvchini o‘z bilim, ko‘nikma, malaka, va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan xususiy harakatlari.


  4. O‘yin - faqat bolalarga xos olamni anglash va o‘z malakalarini takomillashtirish usuli.






tải về 78.87 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương