Atoqli olimlar M.Murodov, U.Qoraboev, M.Jabborov, J.Toshpo‘latov,
A.Atoev,
R.Abdumalikov,
T.Usmonxo‘jaev
kabilarning
ilmiy-nazariy
mulohazalari hamda o‘yinlarning mazmunlari asosida milliy harakatli o‘yinlarini
quyidagi turkumlariga ajratish mumkin:
1. Tabiat manzaralari, fanlar bilan bog‘liq o‘yinlar. Bunga “Ko‘chat o‘rnat”,
“Kartoshka ekish”, “Yomg‘ir”, “Ayoz bobo” kabilarni namuna qilib ko‘rsatish
mumkin. Ularning mazmuni va o‘yin holatlari (joylar,
bajarilish tartiblari,
qoidalar). Tabiatning go‘zalligi, ob-havoning o‘zgarishi, sovuq va yomg‘irlardan
saqlana bilish kabi harakatlar asosida shug‘ullanuvchilarning hushyorlik, epchillik,
chidamlilik kabi jismoniy sifatlari va insonning aqliy fazilatlarini tarbiyalashda
xizmat qiladi.
2. Hayvonot olami bilan bog‘liq o‘yinlar, “Qushlar pr...r etib uchdi”, “Kalhat keldi,
qoch bolam”, “Bo‘rilar va ovchilar”, “Zovurdagi bo‘rilar”, “G‘ozlar”, “Tulki bilan
xo‘roz”, “It va qarg‘a” va shu kabi juda ko‘p o‘yinlarda o‘zaro munosabatlar,
yaxshilik va yomonlik, o‘zini ehtiyot tutish kabi fazilatlar bilan birgalikda barcha
jismoniy sifatlarni tarbiyalash amalga oshiriladi. Shu
asosda bolalarda hayvonot
olamiga bo‘lgan qiziqish, parrandalarni asrash kabi his-tuyg‘ular uyg‘onishi
mumkin.
3. Mehnat bilan bog‘liq o‘yinlar. Inson faoliyati aqliy va jismoniy mehnat bilan
belgilanadi.ularni harakatli o‘yinlar mazmunida ham uchratish mumkin.
Aqliy mehnatga doir o‘yinlar turkumiga “Sanash o‘yinlari”, “Sonlarni
yozish va
o‘ylab top”, “Ism yoki buyumlarni ketma ket va aralash turib aytish”, “Sakrab
qo‘shiq aytish”, “Rasmlarni tez chizish”, “Shakllarni (kubok) joylashtirib o‘z
holiga keltirish” (shakl yasash) va shunga o‘xshash faoliyatlarni aks ettiruvchi
o‘yinlar kiradi.
Jismoniy mehnatni aks ettiruvchi harakatli o‘yinlar ham juda ko‘p. Ularga
“O‘tin yorish”, “Poda to‘p” (cho‘pon), “Qo‘sh haydash” (yerni haydash, chopish),
“Osilib chiqish”, “Tortilish”, “Yuk ko‘tarish”, “Eshak mindi”, “Piyoda poyga”,
“Poezd” va b.q. kiradi. Ularning mazmunida mehnat qilish yo‘llari,
bajarish
usullari hamda chidamlilikni ifoda etuvchi hislatlar mujassamlanadi.
Umuman olganda milliy harakatli o‘yinlarning barchasida aqliy va jismoniy
mehnatlar uyg‘unlashib, asosan jismoniy barkamollikni tarbiyalashda xizmat
qiladi.
4. Ommaviy madaniy tadbirlarda (bayramlar, to‘ylar, turli xil marosimlar,
sport
musobaqalari va h.k) qo‘llaniladigan, ya’ni namoyish va musobaqalashish
maqsadida murakkab va oddiy harakatli o‘yinlar qo‘llaniladi. Ular tarkibiga kurash
qismlari (elementlari, ot o‘yinlari, ko‘pkari-uloq, poyga), dorboz, tosh ko‘tarish,
arqon tortishish, yelka urishtirish, xo‘rozlar jangi va h.k. kiritiladi.
5. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda xizmat qiluvchi o‘yinlar ham harxil
turkumlarga bo‘linadi. Ularga quyidagilarni namuna qilib ko‘rsatsa bo‘ladi, ya’ni:
Chia sẻ với bạn bè của bạn: