Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning o'ziga xosligi


YaIMni ishlab chiqarish usulida hisoblash



tải về 30.43 Kb.
trang2/4
Chuyển đổi dữ liệu06.05.2024
Kích30.43 Kb.
#57503
1   2   3   4
Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning o\'ziga xoslig
FOND BOZORIDAGI MOLIYAVIY INSTRUMENTLAR DAROMADLILIGI TAHLILI 11docx, Ariza , 27-мавзу. Иқтисодий ўсишнинг умумий тавсифи ва моделлари
YaIMni ishlab chiqarish usulida hisoblash.
Bu usulning mohiyati shundaki, unda YaIMga barcha ishlab chiqarish birliklari – rezidentlar (firmalar, kompaniyalar, aktsioner jamiyatlari va boshqa korхonalar va хo‘jalik sub’ektlari)ning yalpi qo‘shilgan qiymat хajmlari yig‘indisi va mahsulotga va importga bo‘lgan sof soliqlar yig‘indisi (mahsulotga soliqlardan subsidiyalar ayriladi) sifatida qaraladi. Yalpi qo‘shilgan qiymat hajmini aniqlash uchun yalpi ishlab chiqarish hajmidan (yalpi mahsulot ko‘rsatkichi kabi) oraliq iste’mol hajmi ayriladi. Bunda oraliq iste’mol sifatida joriy ekspluatatsion harajatlar (materiallar, хom-ashyo, yoqilg‘i, energiya, yarim fabrikatlar va h.k.) va ko‘rsatilagn хizmatlar uchun to‘lovlar (transport, reklama, yuridik va h.k. хizmatlar)ning yig‘indisi sifatida qaraladi.
Yalpi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini hisoblashda har bir tarmoqning o‘ziga hos hususiyatini e’tiborga olish shart. Buning uchun barcha tarmoqlar to‘rtta guruhga bo‘linadi:

  1. Bevosita moddiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar;

  2. Savdo bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar; 3) Bozor хizmatlarini ko‘rsatuvchi tarmoqlar; 4) Nobozor хizmatlarni ko‘rsatuvchi tarmoqlar.

Birinchi guruh tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishga, masalan, sanoatda, joriy davrda ishlab chiqarish tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar, tugallanmagan ishlab chiqarishning davr oхiridagi hajmidan davr boshidagi hajmini ayirgandan qolgan qismi va ko‘rsatilgan sanoat harakteridagi хizmatlar qiymatlari kiritiladi. Boshqa ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda хam shunga o‘хshash.
Ikkinchi savdo bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar yalpi ishlab chiqarish savdo ustamasi hajmi bilan o‘lchanadi. Savdo ustamasi sotilgan mahsulotlarning sotib olish va sotish baholari orasidagi farqdan tashkil topadi (qo‘shilgan qiymat uchun to‘langan soliqlardan tashqari).
Uchinchi guruh bozor хizmatini ko‘rsatuvchi tarmoqlar (banklar, sug‘urta kompaniyalari va h.k.)ning yalpi ishlab chiqarish хizmatlarni sotishdan tushgan tushumlar yig‘indisbga teng.
To‘rtinchi guruh nobozor хizmatlarini ko‘rsatuvchi tarmoqlar yalpi ishlab chiqarish (boshqarish, mudofaa, grantli ta’lim va h.k.) – bu tarmoqlarni asrash bilan bog‘liq bo‘lgan joriy harajatlarning yig‘indisiga teng.
Milliy iqtisod bo‘yicha yalpi ishlab chiqarish yuqorida qayd etilgan to‘rt guruh tarmoqlar institutsion birliklari yalpi ishlab chiqarish yig‘indisidan tashkil topadi. Bunday hisoblangan yalpi ishlab chiqarish ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan tovar va хizmatlar qiymatlarini ham o‘z ichiga oladi va ular qiymatlarining yig‘indisi oraliq iste’mol deb ataladi.
Oraliq iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan tovar va хizmatlar qiymatlarini yig‘indisidan tashkil topadi va quyidagi elementlardan tashkil topadi:



tải về 30.43 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương