Arifmetik progressiyaning n-hadi formulasi: ; Hadning nomerini topish



tải về 404.35 Kb.
trang8/11
Chuyển đổi dữ liệu22.04.2024
Kích404.35 Kb.
#57331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Arifmetik progressiya

51.2. Hech qaysi uchtasi bir to’g’ri chiziqda yotmaydigan 7 ta nuqta berilgan. Shu 7 nuqtalar orqali nechta turlicha to’g’ri chiziqlar o’tkazish mumkin?
51.3. Har qanday uchtasi bir to’g’ri chiziqda yotmaydigan 9 ta nuqta orqali nechta turlicha to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin?
51.4. Har qanday uchtasi bir to’g’ri chiziqda yotmaydigan 20 ta nuqta berilgan. Bu nuqtalar orqali nechta to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin?
51.5. Istalgan uchtasi bir to’g’ri chiziqda yotmaydigan to’rtta nuqtani juft-juft ravishda tutashtirish natijasida nechta kesma hosil bo’ladi?
51.6. To’g’ri chiziqda 7 ta nuqta olindi. Uchlari berilgan nuqtalardan iborat nechta turli kesmalar hosil bo’ladi?
51.7. 13 kishi bir-biri bilan salomlashganda, qo’l berib ko’rishishlar soni qancha bo’ladi?
51.8. Shaxmat turnirida ishtirok etayotganlarning har biri qolgan o’yinchilar bilan ikki partiyadan shaxmat oynadi. Agar turnirda hammasi bo’lib 462 partiya o’ynalgan bo’lsa, turnir ishtirokchilari necha kishi bo’lgan?
51.9. Futbol chempionatidagi komandalarning barchasi bir-biri bilan bir martadan o’ynagandan keyin hammasi bo’lib 120 match o’tkazildi. Chempionatda nechta komanda ishtirok etgan?
52. O’zidan oldin kelgan barcha toq natural sonlar yig’indisining 1/6 qismiga teng bo’lgan sonni toping.
53. O’zidan oldingi toq natural sonlar yig’indisining 1/8 qismiga teng bo’lgan natural sonni toping.
53.1. Dastlabki n ta natural sonlarning o’rta arifmetik qiymatini toping.
53.2. Dastlabki ta natural sonlarning o’rta arifmetik qiymatini toping.
53.3. Dastlabki 2n+1 ta natural sonlarning o’rta arifmetik qiymatini toping.
54. 4, 7, 10, ..., 100 sonlarining o’rta arifmetik qiymatini toping.
55. Dastlabki mingta natural sonlarning o’rta arifmetigini toping.
56. Ketma-ket kelgan yettita natural sonning o’rta arifmetigi nimaga teng?
57. 2 va 65 sonlari orasida 20 ta shunday son qo’yilganki, natijada hosil bo’lgan ketma-ketlik arifmetik progressiyani tashkil etgan. Shu progressiya hadlarining o’rta arifmetigini toping.

tải về 404.35 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương