16-mavzu: Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat. Mandell-Fleming modeli. Reja



tải về 100.92 Kb.
trang5/9
Chuyển đổi dữ liệu14.05.2024
Kích100.92 Kb.
#57619
1   2   3   4   5   6   7   8   9
16-мавзу.Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat.

Mandell-Fleming modeli kichik ochiq iqtisodiyot modeli bo’lib qayd qilingan va suzib yuruvchi valyuta kurslari sharoitida iqtisodiy siyosatning turldi ko’rinishlarini amalga oshirish natijalarini baholash maqsadida qo’llaniladi.
Mandell-Fleming modeli milliy iqtisodiyotning jahon bozoridagi hissasi kichik va shu sababli uni rivojlantirishning asosiy parametrlari jahon bozori tomonidan, ya’ni tashqaridan belgilab beriladi degan shartga asoslanadi.
Bu model XX asrning 60-yillarida ishlab chiqilgan bo’lib baholarning barqarorligini ko’zda tutadi va yalpi daromadning tebranishlari sabablarini tushuntirib beradi.
Bu modelga ko’ra iqtisodiyotning amal qilishi valyutalarning almashinuv kursi tizimiga bog’liq..
Mandell-Fleming modeli uchta tenglamani o’z ichiga oladi:

  1. Y+C(Y-T)+I(r)+G+Xn(e), IS;

  2. M/P=L(r,Y),LM;

  3. r = r*

Birinchi tenglama- tovar bozorini, ikkinchi tenglama -pul bozorini, uchinchi tenglama esa ichki foiz stavkasi (r) jahon foiz stavkasi ( r*) darajasi bilan belgilanishini anglatadi.
Modelda uchta endogen o’zgaruvchilar: Y, r va e mavjud.

R LM

r = r*


IS(e) Y
3.-chizma. Mandell-Flemingning Y-r modeli
Modelni tasvirlash uchun ikkita grafik tuzish taklif etiladi. Har bir grafikda o’zgaruvchi miqdorlardan bittasi konstanta deb olinadi va tahlil ikki o’zgaruvchining aloqadorligi bo’yicha o’tkaziladi.Mandell-Flemingning Y-r modeli 20.3. chizmada tasvirlangan. CHizmadan ko’rinib turibdiki IS egri chizig’i quyiga, LM egri chizig’i esa yuqoriga yo’nalgan. Gorizontal liniya jahon foiz stavkasini ifodalaydi.
Grafik ikki xususiyatga ega.

  1. IS egri chizig’ining holati almashinuv kursining darajasiga bog’liq.. Almashinuv kursining ko’tarilishi egri chiziqni chapga siljitadi.

  2. Barcha uch egri chiziq bir nuqtada kesishadi.

Lekin bu uch egri chiziq bir nuqtada kesishmaydi deb tasavvur qilish mumkin( 20.4.-chizma).




tải về 100.92 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương