Turkiston oʻlkasining XX asr boshlariga kelib, yangi islohotlar qurshovida qolishi jadidchilik faoliyatining ham rivojlanishiga imkon yaratdi deyish mumkin



tải về 19.31 Kb.
Chuyển đổi dữ liệu11.05.2024
Kích19.31 Kb.
#57564
abdulla avloniy


Turkiston oʻlkasining XX asr boshlariga kelib, yangi islohotlar qurshovida qolishi jadidchilik faoliyatining ham rivojlanishiga imkon yaratdi deyish mumkin. Xalqning savodli boʻlishida yangi usul maktablarini ochish, milliy madaniyatimizning targʻib etilishidagi oʻquv darsliklarining chop etilishi Abdulla Avloniy nomi bilan bogʻliqlikni tashkil etadi. Abdulla Avloniy yaratgan asarlarida oʻzi bilgan maʼlumotlarni dunyohamjamiyatining oʻquv darsliklari bilan tahliliy ravishda taqqoslab bir qator darsliklarning yaratilishida bosh boʻldi. Arab tili shu jumladan: fors, rus tillarini bilgani holda oʻzi yashab turgan hududlari hamda Degrezliq, Mirobod kabi hududlarda yangi usul maktablarini ochdi. Abdulla Avloniy nomi oʻtgan XX asr boshlaridagi jadidchilik harakatlarining, milliy ozodlik harakatlarida hamda yangi usul maktablarining paydo boʻlishida katta hissa qoʻshdi. 1909-yildan boshlab yetim bolalarni oʻqitish va ularning savodini chiqarishda “Jamiyati xayriya” tashkilotining ahamiyati kattadir. Abdulla Avloniy maʼrifatchilik ishlarida maktabdorlik vazifasi bilan birgalikda, xuddi shu maktab oʻquvchilarining tez savod chiqarishlarida manbaa sanaluvchi “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” nomi ostidagi 4 qismni tashkil etuvchi sheʼriy toʻplami maktab darsliklari sifatida oʻtila boshlandi. “Munavvarqori Abdurashidxon Oʻgʻli, Muhammadjon Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov va boshqalar bilan sherikchilikda “Nashriyot”(1916), “Maktab” (1916) shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuxrat”(1907), “Osiyo”(1908), “Turon”(1917) gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston Shurolar hukumatining birinchi gazetasi “Ishtirokiyun”ning tashkilotchilaridan boʻldi”. Haqiqatdan ham, Abdulla Avloniy faoliyatining maktabdorlik bilan bogʻliq ekanligi uning jadidchilik faoliyatida amalga oshirilgan islohotlara faol ekanligida va qolaversa, butun Turkiston oʻlkasida ochila boshlagan kutubxona, maktablar, nashriyotlarning Abdulla Avloniy nomi nilan bogʻliqdir. Abdulla Avloniy maktablarining gumanistik gʻoyalar bilan birgalikda erkin tarbiyaga asoslangani holda amalga oshirilishi oʻquvchilarning tez savod chiqarishida vosita vazifasini oʻtaydi. Ilm-u maʼrifatning targʻib qilinishi, dunyo
118
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI AXBOROTNOMASI www.in-academy.uz
1-JILD, 5-SON (YOʻTA)
siyosatida boʻlayotgan yangiliklar hamda jaholat botqogʻidan qutulish eng muhim vazifa sanalib, milliy ozodlikka erishning eng muqobil yoʻli maʼrifatli xalqni tarbiyalash deya qaralgan. Abdulla Avloniyning asalari oʻzlashtirish uchun qulay, tili sodda, sheʼriy asarlar namunasida barmoq vaznining mohirona qoʻllanilishi oʻquvchilar tez oʻzlashtirishlari uchun koʻnikma vazifasini bajargan. Abdulla Avloniyning xalq kundalik turmushda qoʻllaniladigan sheʼrlar, hikoyalarni milliy ashulalar asnosida oʻquvchilarga yangi talqinda yetkazish savod chiqarishdagi yangicha qarashlarni ifodalab beradi. Shu asnosida tanqidiy, tahliliy ruhda yaratilgan “Bir mardikorning otasi oʻgʻliga aytgan soʻzlari”, “Onasining oʻgʻliga aytgan soʻzlar”, “Afsus” kabi sheʼrlari timsolida jamiyat hayotidagi voqeliklar, hodisotlar qalamga olinadi. Bu esa badiiy talqin jihatidan oʻzlashtirish uchun quyal, maʼlum bir maʼnoda oyna vazifasini oʻtagan deyish mumkin. Abdulla Avloniy yangi usul maktablarining targʻibotchisi, shu bilan birgalikda yangi usul maktablarida oʻqitish uchun oʻquv-darsliklarining estetik jihatdan yaratilishida eng oldi jadidlardan biri edi. Turkiston oʻlkasida XX asr boshlarida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy ahvol hududlarda teatrlarning ochilishi va qolaversa ushbu teatrlarda sahna asrlarining yaratilishida tashkilotchilik qobiliyati bilan boshqa jadidchilik vakillaridan ajralib turadi. Turkiston oʻlkasida jadidchilik harakatlari asnosida yaratilgan sahna asarlarining tub estetik mohiyati, obrazlarning yaratilishi, tomoshabinlar bilan ishlashish texnikasi maʼlum bir maʼnoda Abdulla Avloniy nazoratida turgan. Abdulla Avloniy ana shunday vazifalar amaliyotchisi oʻlaroq jamiyat hayotini tanqidiy kulgu ostiga oluvchi “Advokatlik osonmi”, “Pinak” nomli komediyalarini ham yaratish bilan birga Turkiston oʻlkasida amalga oshirilayotgan istibdod tanqid ostiga olinadi. Bunda kichik bir voqealar namunasida koʻplab yomonliklarning yuzaga kelishi, ilmsizlikning qusurlari fojea tarzda qalamga olinib, tanqidiy kulgu ostiga olinadi. Bir qaraganda kulguli boʻlgan voqealarning jamiyat hayotida tutgan oʻrni, kulgu ostida oʻsha davr muhitidan kelib chiqib Turkistonning eskilik ruhiyatida qolib ketishi qalamga olinadi. Oʻlkada amalga oshirilyotgan yangiliklar koʻlamining ahamiyati mana shunday asarlar namunasida yoritib berilgan. ʼʼShoir oʻtmishda ma’rifat gulshani boʻlgan yurtimizning jaholat botqogʻiga botganidan afsuslar chekib, vatanimiz tobora vayronaga aylanayotgani, ilm ma’rifatga oshno qalblargina bunday balodan qutulishini ta’kidlaydi. Shu ma’noda shoirning “Ilmga targʻib”, “Jaholat”, “Istiqboldan orzularim”, “Millatga salom” she’rlari millat farzandlariga xitob tarzida bitilgan.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Turkiston oʻlkasining jadidchilik faoliyatida tutgan oʻrni va ahamiyati Abdulla Avloniy nomi bilan bogʻliqlikni yuzaga keltiradi. Abdulla Avloniy oʻzining tashviqot ishlari orqali, yangi usul maktablari va ularning faoliyati Abdulla Avloniy asarlarida obrazlar va timsollar orqali yoritib beriladi. Aytish mumkinki, oʻlkada bunyod etilgan yangi usul maktablari, nashriyotlar, teatr birlashmalarining sermahsul faoliyati yuritishi Abdulla Avloniyning sayi haralatlari natijalaridan biri sifatida baholaniladi. Albatta, mustaqillikga erishganimizdan so‘ng ularning nomlariga hurmat va e’tibor yanada ortmoqda. Ularning xotirasini abadiylashtirish uchun davlatimiz tomonidan ularning asarlari nashr etilmoqda, Ko‘cha va maktablarga ularning nomi berilmoqda. Hayotlari va faoliyati chuqur tadqiq qilinib, ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda.
tải về 19.31 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương