Reja: Kirish Asosiy qism Barqarolashish siyosati nima? Mamlakatda iqtisodiy barqarolikka erishish O`zbekistonda barqaror o`sish tushunchasi va uni amalga oshirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish



tải về 43.15 Kb.
trang1/8
Chuyển đổi dữ liệu05.06.2024
Kích43.15 Kb.
#57851
  1   2   3   4   5   6   7   8
Reja Kirish Asosiy qism Barqarolashish siyosati nima Mamlakatd
11-mavzu. Amaliy ekonometrik modellar (2)

Reja: Kirish Asosiy qism Barqarolashish siyosati nima? Mamlakatda iqtisodiy barqarolikka erishish O`zbekistonda barqaror o`sish tushunchasi va uni amalga oshirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish

Reja:
  1. Kirish

  2. Asosiy qism

    1. Barqarolashish siyosati nima?


    2. Mamlakatda iqtisodiy barqarolikka erishish


    3. O`zbekistonda barqaror o`sish tushunchasi va uni amalga oshirish


  3. Xulosa



  4. Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish. Mavzuning dolzarbligi.Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish har qanday iqtisodiy siyosatning eng asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi. Barqarorlikka erishish esa makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishi va ommaviy ishsizlikni oldini olish, pul qadrsizlanishini, pul emissiyasining boshqarilishini ta'minlash, to'lov balansini bir me'yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko'zlab chora–tadbirlar olib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham respublikamizda bunday chora–tadbirlar mustaqillikning ilk davrlaridan boshlab amalga oshirila boshlandi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan chora–tadbirlar, jumladan, iqtisodiyot tarkibini o'zgartirish, ustuvor tarmoqlarda ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolini yaxshilash, pulning qardsizlanish jarayonini to'xtatish, to'lov balansi va davlat valyuta rezervlar holatini yaxshilash va buning natijasida O'zbekistonning tashqi iqtisodiy munosabatlarda tutgan o'rnini mustahkamlash, ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli ijtimoiy siyosat olib borish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda muhim omil bo'lib xizmat qildi.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, islohotlar mashhur besh tamoyilga asoslangan ijtimoiy yo'naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tish modelidan kelib chiqib amalga oshirildi. Ya'ni, iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo'lishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligida o'z ifodasini topgan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi vazifasini o'z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta'minlash, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, islohotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik bilan amalga oshirish kabi tamoyillarga asoslanib olib borilgan iqtisodiy siyosat mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish hamda iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini ta'minlash imkonini berdi.


tải về 43.15 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương