1.5. Audit sohasining rivojlanish tarixi
Audit juda uzoq rivojlanish tarixiga ega. Albatta, ushbu soha
yuzaga kelgan dastlabki davrlarda u audit deb ham atalgan emas, bu
sohaning o‘sha davrlardagi vazifasi, ko‘rinishi hozirgi zamonaviy
auditdan keskin farqlanadi. Ammo har qaysi davrda ham audit
sohasining umumiy, o‘xshash xususiyatlari mavjud bo‘lgan. Buni
auditning quyidagi rivojlanish bosqichlarida ko‘rishimiz mumkin
1
:
1. Ibtidoiy audit. Ushbu tur audit qadimgi Misr va Bobilda keng
qo‘llanilgan. Ushbu auditning mohiyati shundan iborat bo‘lganki,
davlat moliya tizimining ikki rasmiy vakili bir-biridan alohida,
mustaqil ravishda davlat xazinasi kirim va chiqimining hisobini
yuritgan. Ma’lum vaqt oralig‘ida ushbu ikki hisobchining yozuvlari
uchinchi bir shaxs tomonidan taqqoslangan va ushbu yozuvlarda
o‘xshash hamda farqli holatlar aniqlangan.
Ushbu taqqoslash usuli hozirda zamonaviy auditning tekshiruv
uslubiyatlaridan biri hisoblanadi. Unga asosan korxonalar ma’lum
faoliyati yuzasidan auditor qisqa davr uchun qayta hisob-kitob ishlarini
amalga oshiradi va natijani shu korxona buxgalteriyasi taqdim etgan
ma’lumotlar bilan solishtiradi.
2. Qadim Yunoniston va Rimda audit. O‘zining yuksak
madaniyati, ilm-fani bilan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan
hissa qo‘shgan bu ikki imperiya audit sohasining taraqqiyotida ham
katta rol o‘ynagan. Ushbu davrdagi auditda asosiy e’tibor davlatning
yuqori organlarida faoliyat yuritayotgan shaxslarning moliyaviy
faoliyatiga qaratilgan. Xususan, ular ma’lum davrda, misol uchun
davlat ishidan bo‘shayotgan yoki chetlashtirilayotgan davrda o‘z
moliyaviy
faoliyatlari
bo‘yicha
hisobotni
davlat
tomonidan
belgilangan mustaqil shaxslarga topshirganlar. Ushbu mustaqil
shaxslar auditor vazifasini bajarganlar va taqdim etilgan ma’lumot-
larning ma’lum qonun-qoidalarga qanchalik mos tushayotganini
tekshirganlar.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: |